Chetki qismi tekislanib, o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich
barmoqlari bilan taramchadan uchlari 2-3 mm chiqib turgan tolalar
tortiladi. Taramcha sekin-astalik bilan tortiladi, natijada tolalar
to‘g‘rilanadi. Taram tayyorlash uchun asosan uch-to‘rt taramcha
tortiladi, bunda tola chekkalari bir chiziqda yotishi kerak.
Chap qo‘ldagi tolalar tashlab yuboriladi va shu qo‘l bilan o‘ng
qo‘ldagi taram tolalar silliqlanib, qisilmagan erkin tolalar olib
tashlanadi.
So‘ngra o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga tola uchlari tekislangan holatda
taram olinadi.
Tayyorlangan taramning shtapel uzunligi shu operator tomoni-dan
standart namunalardan tayyorlangan taramlar bilan solishtirib aniqlanadi
yoki taramning o‘rtasidan chizg‘ichda o‘lchanadi.
Klassyor usulida uzunlikni aniqlash uchun ikki marta shtapel
tayyorlanadi va uzunligi o‘lchanadi, agar natija bir-biridan farqli chiqsa,
uchinchi bor o‘lchanadi va yakuniy natija qilib uchta o‘lchashning
o‘rtachasi olinadi.
Dostları ilə paylaş: