oshmasligi kerak.
Klassyor usulida paxta tolasining sifatini aniqlash
Paxta tolasining O‘zDSt 604- ga muvofiq sanoat navlari va sinflari
bo‘yicha tashqi ko‘rinishi namunalari yoki belgilangan tartibda
tasdiqlangan boshqa namunalar.
O‘lchash usullari
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini
aniqlash sinalayotgan
namunani tasdiqlangan namunalar tashqi ko‘rinishi bilan sun’iy (arbitraj
usul) yoki tabiiy yorug‘likda solishtirish yo‘li orqali bajariladi.
Operatorning malakasiga bo‘lgan talablar
Tajribalarni bajarishga paxta klassifikatsiyasi bo‘yicha maxsus kabi
tayyorgarligini o‘tgan kishilarga ijozat beriladi.
O‘lchash sharoitlari
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini
aniqlashni quyidagi
talablarga javob beradigan maxsus xonalarda (klassyor xonasida)
bajarish tavsiya qilinadi (11-rasm):
1-rasm. Klassyor usulida tola sifatini aniqlash.
-yorug‘likning zaruriy spektral tarkibini ta’minlash uchun Lumiluxe
36w11 va Lumiluxe Deluxe 36w22 yoki o‘xshash
spektral tavsifli
lyuminissent lampalar qo‘llanishi kerak;
—
ish stolining yoritilganligi 500-1200 lyuks oralig‘ida bo‘lishi
kerak;
—
ish joyida yorug‘lik bir tekis tarqalgan bo‘lishi kerak;
—
yorutgichlar klassyor stoliga parallel tartibda, poldan 2,5 - 3 m
balandlikda o‘rnatiladi;
—
devorlar rangi bo‘g‘iq
kul rang;
—
shipning rangi bo‘g‘iq oq rang;
—
klassifikatsiya stolining rangi bo‘g‘iq qora rang bo‘lishi kerak;
—
polning rangi qora-kulrang yoki qora bo‘lishi kerak;
—
xonaning ichkarisiga tashqaridan yorug‘lik tushmasligi kerak;
—
namunalarni o‘rash uchun mo‘ljallangan qog‘oz klassyorning
ko‘rish maydonida katta joy egallamasligi kerak.
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini tabiiy yorug‘likda
aniqlash
hollarida klassifikatsiya stolining usti tekis yoritilishi, yorig‘lik 500
lyuksdan kam bo‘lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: