7 -mavzu. Falsafaning qonun va kategoriyalari



Yüklə 44,28 Kb.
səhifə13/16
tarix07.10.2023
ölçüsü44,28 Kb.
#153009
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
7 (3)

7. Zarurat va tasodif. Obyektiv olamni bilishda zarurat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zarurat - narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa - zaruratning namoyon bo‘lish shaklidir.
Zarurat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi. Shu nuqtayi nazardan, zaruratni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruratni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish kerak. Zarurat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, “milliy tiklanishdan –milliy yuksalishga” o‘tishi tarixiy ob’ektiv zaruratdir, uning «Harakatlar strategiyasi» asosida amalga oshirilishi zaruratning konkret namoyon bo‘lishidir. Bunda tasodif «subyektivlashtirilgan» jarayon sifatida ko‘zga tashlansa ham, obyektiv hodisadir. Chunki, O‘zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, milliy yuksalishga o‘tishning xarakterini belgilab beradi.
Zaruratlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning ob’ektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy o‘zgarib turadi. Zaruratlarning tasodiflar tarzida namoyon bo‘lishi, o‘z navbatida, boshqa hodisalar uchun zarurat maqomiga ega bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, zarurat va tasodif o‘rtasidagi bog‘lanishlar sabab-oqibat munosabatlari xarakteriga mos keladi.
Zarurat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan subyekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, ob’ektiv qonuniy xarakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech qanday imperiyaning abadiy bo‘lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruratni ko‘rib turibmiz.
Zarurat va tasodifning aloqadorligi, bog‘lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, ya’ni zaruratning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligi, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar g‘ayriilmiydir.

Yüklə 44,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin