7- mavzu: Iqtisodiy kategoriyalar, ularning tizimi va qoʻllanilishi


Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy munosabatlar mazmunini xarakterlovchi ularning ilmiy intikosi ekanligi



Yüklə 71 Kb.
səhifə3/3
tarix07.03.2023
ölçüsü71 Kb.
#86914
1   2   3
7- mavzu Iqtisodiy kategoriyalar, ularning tizimi va qo llanili

Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy munosabatlar mazmunini xarakterlovchi ularning ilmiy intikosi ekanligi.
Iqtisodiy munosabatlar o’zgarib turganligi tufayli birining o’rniga boshqasi kelishi, ayrimlarining yangilanib turishi, boyib borishi, yangi qirralarining paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli iqtisodiy kategoriyalar xam o’zgarib turadi, ilgari bo’lmaganlari o’rnida yangilari paydo bo’ladi. Masalan: integratsiya, diversifikatsiya, infrastruktura, konversiya, xususiylashtirish, tasarrufdan chiqarish va boshqalar.
Iqtisodiy kategoriyalar o’ziga xos tizimlardan iborat bo’lib, unda
xar bir kategoriyaning o’z urni va mavqei bor. Masalan, maʼlum iqtisodiy davr iqtisodiyotining xolati bir necha iqtisodiy tushunchalar orqali ifodalanadi. Jami ijtimoiy maxsulot (JIM), yalpi milliy maxsulot (YaMM), sof maxsulotlar (SM), zarur maxsulot (ZM), qo’shimcha maxsulot (KM), yalpi daromad (YaD), milliy daromad (MD), iqtisodiy tushunchalarning ayrimlari iqtisodiy xolatni umuman aks ettirsa, boshqalari nisbiy ravishda ifodalaydi. Аgar sof maxsulot iqtisodiyotning xolatini buyum, maxsulot shaklida ijtimoiy mexnat sarfini ifodalasa,
milliy daromad qiymat xisobi (qiyosiy, qatʼiy o’zgarmas narxlar) dagi xolatini aniqdaydi.
Iqtisodiy tushunchalar xam iqtisodiy qonunlar kabi obyektiv xarakterda bo’lib, ularning mavjudligi ular ifodalanadigan iqtisodiy
jarayonlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Maʼlumki, iqtisodiy
jarayonlar doimo o’zgarib, rivojlanishda bo’lganligi tufayli iqtisodiy
kategoriyalar xam o’zgaradi, rivojlanadi. Аmmo ular iqtisodiy qonunlarsingari abadiy bo’lmay, o’tkinchi, tarixiydir. Iqtisodiy qonunlar, kategoriyalarning o’tkinchi, tarixiyligi shundaki, ularni vujudga  keltirgan iqtisodiy zamin, iqtisodiy muxit o’zgarishi tufayli yangi  iqtisodiy asoslar, sharoitlar, iqtisodiy munosabatlarning kelib chiqishi
bilan iqtisodiy qonunlar va kategoriya-tushunchalar xam o’zgaradi yoki
barxam topadi yoxud boshqa shaklda maydonga keladi.
Bugungi davrbozor iqtisodiyotiga o’tish, bozorga xos iqtisodiy dastaklar bilan xujalik yuritish davridir. Shuning uchun ushbu munosabatlarni  ifodalaydigan iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni o’rganish va
ulardan mexnat faoliyatida samarali foydalanish zarur.
Xar bir fanning uziga xos bilish usuli, uslubiyati mavjud. Uslubiyat ilmiy va aniq xodisa bo’lib, obyektiv borliqni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir.
Uslubiyat umumiy xususiyatlarga ega bo’ladi. Ammo xar bir fan o’z predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullari asosida ish kuradi.
Uslubiyat umumilmiy va xususiy buladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatidagi xo’jalik mexanizmining asosiy mazmunini tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Biroq, bu kategoriya ishlab chiqarish munosabatlari doirasidan tashqariga chiqib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro ta’sirida hosil bo’luvchi munosabatlarni (kooperastiya, mehnatning ixtisoslashuvi va taqsimoti va h.k.), shuningdek, iqtisodiy ustqurma (iqtisodiy ong; iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi muassasalar; xo’jalik huquqi; iqtisodiy siyosat)ni ham o’z ichiga oladi. Jamiyat uchun samarali amal qiluvchi xo’jalik mexanizmi zarur. Buning mezoni sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar resurslaridan tejamli foydalanish maydonga tushadi. Iqtisodiyot nazariyasi rastional xo’jalik munosabatlarini tarkib toptirishga ko’maklashishga qaratilgan. Buni u individlar va jamoat tashkilotlari iqtisodiy xulq-atvori prinstiplarini ishlab chiqish yordamida amalga oshiradi.
Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin