7- mavzu: Iqtisodiy kategoriyalar, ularning tizimi va qoʻllanilishi



Yüklə 71 Kb.
səhifə2/3
tarix07.03.2023
ölçüsü71 Kb.
#86914
1   2   3
7- mavzu Iqtisodiy kategoriyalar, ularning tizimi va qo llanili

Iqtisodiy katеgoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va rеal hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.

Iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar tomonidan o’ylab topilmagan, balki rеal iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, krеdit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy katеgoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo’g’inlari, sohalari, bo’laklari orasidagi bog’liqlikni, ularning biri o’zgarsa, albatta ikkinchisi ham o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. Iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab dеgan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o’rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.


Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
Iqtisodiy kategoriyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
Umumiqtisodiy kategoriyalar – iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo’lgan, lekin ijtimoiy iqtisodiy tizimga aloqasi bo’lmagan umuminsoniy kategoriyalarni ifodalovchi kategoriyalardir:
Ishlab chiqarish omili, mulk, mehnat jarayoni, mahsulot, ish vaqti, mehnat taqsimoti, ehtiyoj, ishlab chiqarish, ayirboshlash, iste’mol, iqtisodiy manfaat, mehnat unumdorligi, samaradorlik kategoriyalari;
Formatsion maxsus kategoriyalar – iqtisodiy taraqqiyotning tarixiy muayyyan bosqichiga xos bo’lgan, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tabiatiga aloqador o’tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsusu kategoriyalardir. Bular ekspluatatsiya, renta, ekspansiya, ortiqcha aholi, qashshoqlanish, monopoliya, monopsoniya, oligapoliya kategoriyalari;
Davriy oraliq kategoriyalar – umuminsoniy harakterdagi bir necha iqtisodiy tizimlar sharoitida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi, ammo o’tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalardir. Masalan, Tovar, pul, talab, taklif, narx-navo, inflatsiya, marketing, menejerlik va boshqa kategoriyalar.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani jamiyatda sodir bo‘ladigan iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ulardagi o‘zgarishlarni iqtisodiy kategoriyalar yordamida tushuntirib beradi. Iqtisodiy kategoriyalar — bu real iqtisodiy voqelikning, iqtisodiy munosabatlarning muhim tomonlarini o‘zida ifoda etgan ilmiy-nazariy tushunchalardir. U yoki bu iqtisodiy munosabat, iqtisodiy qonun, iqtisodiy jarayon haqida iqtisodiy bilim hosil qilmoq uchun ularni ifodalovchi iqtisodiy tushunchalarga, ya’ni kategoriyalarga murojaat qilinadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy kategoriyalar orqali iqtisodiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur hosil qilish mumkin. Shuning uchun iqtisodiyot ilmini o‘rganish iqtisodiy kategoriyalarni bilib olishdan boshlanadi. Iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiyot ilmining «tili» deyish mumkin.
Har bir iqtisodiy kategoriya o‘z mazmuniga, amal qilish xususiyati va o‘ziga xos ifodasiga ega. Iqtisodiy kategoriyalar o‘ziga xos tizimdan iborat bo‘lib, bu tizimda har bir kategoriyaning o‘z o‘rni, mohiyati, mavqeyi bor. Masalan, ma’lum iqtisodiy davr iqtisodiyoti holati bir necha iqtisodiy kategoriyalar orqali ifodalanadi: jami ijtimoiy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, yalpi daromad kabilar. Ko‘rsatilgan iqtisodiy kategoriyalar tizimida ayrim kategoriyalar iqtisodiy holatni umuman aks ettirsa, ba’zilari nisbiy jihatdan tavsiflaydi. Agar sof mahsulot iqtisodiyot holatining buyum (mahsulot) tarzini, ijtimoiy sarfni ifodalasa, milliy daromad pul hisobidagi (taqqoslama yoki qat’iy baholardagi) holati haqida tushuncha beradi va h.k. Iqtisodiy kategoriyalar ham obyektiv, ham tarixiydir. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy munosabatlarning ifodasi bo‘lganligi uchun ham obyektivdir. Ularning mavjudligi ular ifodalaydigan iqtisodiy jarayonlarning mavjudligiga bog‘liq. Iqtisodiy jarayon doimo o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘lganligi uchun iqtisodiy kategoriyalar ham o‘zgarishda, rivojlanishda, ular abadiy emas, balki iqtisodiy qonunlar kabi tarixiydir. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning tarixiy xarakterda bo‘lishi iqtisodiy adabiyotlarda asoslab berilgan. Iqtisodiy kategoriyalarning tarixiyligi shundaki, ularni vujudga keltirgan iqtisodiy zamin, iqtisodiy sharoit o‘zgarishi bilan, boshqa iqtisodiy asoslar, sharoitlar, iqtisodiy munosabatlar vujudga kelishi bilan iqtisodiy kategoriyalar ham o‘zgaradi yoki barham topadi yoxud boshqacha shaklda namoyon bo‘la boshlaydi. Biz yashayotgan va faoliyat yuritayotgan hozirgi davr o‘z xarakteri bilan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, iqtisodiy vositalar bilangina xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan davrdir. Zero, bugun bu munosabatlarni ifodalaydigan iqtisodiy, taraqqiy etgan dunyoning axborot tizimini, radio va televideniye, matbuot materiallarini tushunish, idrok etish mumkin bo‘lmay qoldi. Buning ma’nosi shuki, davr bilan hamnafas bo‘lish uchun, samarali faoliyat ko‘rsatish va shaxsiy hayotini o‘z mo‘ljalidek tashkil etish uchun iqtisodiy tafakkur «kaliti» bo‘lmish iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni chuqur o‘rganmoq zarurdir. Iqtisodiy kategoriyalar ikki guruhga bo‘linadi: Umumiqtisodiy kategoriyalar — bular iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlarida mavjud bo‘ladi, masalan, ehtiyoj, mehnat, ishchi kuchi, iqtisodiy resurs, ishlab chiqarish, mahsulot, iste’mol, jamg‘arish kabi tushunchalar. Bu kategoriyalar iqtisodiyotning umumiy jihatlarini izohlab, barcha iqtisodiy tizimlarda ham mavjud bo‘ladi.
Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos kategoriyalar. Masalan, tovar, qiymat, pul, talab, taklif, narx, foyda, kredit, emissiya, inflatsiya kabi tushunchalar bozor tizimiga xos bo‘lib, bular shu tizim tahlilida qo‘llaniladi. Iqtisodiyot rivojlanib, iqtisodiy munosabatlarning takomillashib borishida ularning roli juda kattadir. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan ayrim iqtisodiy kategoriyalar eskirishi, boshqalari kirib kelishi mumkin. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy hodisalarning mohiyatini tushunib yetishda asosiy bazaviy tushuncha sifatida xizmat qiladi.


Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin