7- mavzu: Iqtisodiy kategoriyalar, ularning tizimi va qoʻllanilishi.
Reja:
1. Iqtisodiy kategoriyalar xaqida tushuncha.
2. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy munosabatlar mazmunini xarakterlovchi ularning ilmiy intikosi ekanligi.
3. Iqtisodiy kategoriyalar tizimi va ularning ijtimoiy shakllari.
4. Iqtisodiy kategoriyalarning real iqtisodiy faoliyatda qoʻllanilishi.
Iqtisodiy kategoriyalar haqida tushuncha.
Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik ne’matlari ishlab chiqarishni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o’z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Qamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne’matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga bog’liq holda yuz beradi.
«Iqtisodiyot» so’zi odatda ikki va hatto uch ma’noda ishlatiladi.
B i r i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu xo’jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne’matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar
hayotini ta’minlash va yaxshilash tizimi.
I k k i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu resurslar va jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo’jaliklari orasidagi uzluksiz
doiraviy harakati.
U ch i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, xo’jalik
yuritish jarayonida odamlar o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui.
«Iqtisodiyot» so’zining o’zagini «iqtisod» so’zi tashkil etadi. Iqtisod so’zining o’zbek tilidagi lug’aviy ma’nosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir.
Mashhur ma’rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iqtisodga shunday ta’rif beradi.
«Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz erga bir tiyin sarf
qilmas, o’rni kelganda so’mni ayamas».
Bu — jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida,iqtisodiyotni aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar amal qiluvchi qonunlardir. Ular odatda,
jamiyatning olg’a qarab rivojlanish jarayonini ifodalaydi. Masalan, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, vaqtni tejash, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va boshqalar.
Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o’rtasidagi aloqalar o’rganilayotganda ma’lum mantiqiy tushunchalar—kategoriyalarga tayaniladi. Iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiy qonunlardan farq qilish zarur.
Qamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi nazariy (mantiqiy) tushunchalar iqtisodiy kategoriyalar deb ataladi. Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir. Masalan, talab va taklif, bozor, kreditva hokazolar.
Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy qonunlarga o’xshash maxsus alohida (davriy-oraliq) umumiy kategoriyalarga bo’linib, ayrimlari iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo’lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrga xos, boshqalari barcha bosqichlarga xos. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga boshqasi keladi. Boshqa bir munosabat tubdan yangilanmasa-da, u boyib boradi, uning yangi qirralari paydo bo’ladi. Shu sababli iqtisodiy nazariyada yangi kategoriyalar paydo bo’ladi. Qo’llanilayotgan kategoriyalarning mazmuni kengayadi.Masalan,diversifikatsiya, infrastruktura, integratsiya va hokazo.
Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat’i nazar yaxlitlikda olib o’rganadi. Kategoriya va qonunlar tizimi iqtisodiyotga xos bo’lgan barcha bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan bog’liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha)larni ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib bеradi.
Dostları ilə paylaş: |