Turmush tarzining qon aylanish organlarining ishiga ta’sirini kuzatish Yurak ishini muntazam kuzatish maqsadida har kuni quyidagi ishlarni bajaring: Normal holatda yuragingizning urishi (puls)ni sanang va qon bosimini o’lchang. Tinch holatda yuragingizning urishi (puls)ni sanang va qon bosimini o’lchang. Jismoniy ish bajarish yoki jismoniy mashqlardan so’ng yuragingizning urushi(puls)ni sanang, qon bosimini o’lchang va quyidagi jadvalni to’ldiring.
Kuzatishlaringiz asosida odamlarning turmush tarzi va salomatligi o’rtasidagi bog’lanishlarni tushuntiring Darsdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning o’z salomatligini asrash ko’nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida berilayotgan mashq o’quvchilar qad-qomatining shakllanishini kuzatish imkonini beradi.
Umurtqa pog’onasining normalligini aniqlash O’z qad-qomatingizning holatini bilish maqsadida quyidagilarni hisoblang. Elka tomondan o’ng va chap tomoningizdagi eng chekka nuqtalarni toping va ular orasidagi masofani o’lchang.
Xuddi shuningdek o’lchovni ko’krak tomondan amalga oshiring.
Ko’krak tomondan aniqlangan uzunlikni elka tomonning uzunligi miqdoriga bo’ling. UK : UE
Agar bo’linma miqdor jihatdan 1ga teng va undan katta bo’lsa, umurtqa pog’ona normal rivojlangan.
Agar bo’linma miqdor jihatdan 1dan kichik bo’lsa, umurtqa pog’onaning rivojlanishi va qad-qomatning shakllanishida o’zgarish vujudga kelgan bo’ladi.
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi bilan maslahatlashgan holda umurtqa pog’onaning normal rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan mashqlarni aniqlang.
Olib borilgan kuzatish natijalari yuzasidan xulosa yasang va tavsiyalar ishlab chiqing.
TALABALARNING BILIMLARINI NAZORAT QILISHSAVOLLARI Odam va uning salomatligini o’qitishda masala va mashqlardan foydalanishning ahamiyatini aniqlang.
Odam va uning salomatligini o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning mohiyatini aniqlang.
Masala va mashqlarni yechish jarayonida o’quvchilar tomonidan qanday ko’nikmalarni egallashlarini aniqlang.