2. Hajmiga ko‘ra: a) sodda, b) murakkab hukmlar
Sodda (oddiy) hukm deb tarkibida bittadan sub'ekt va predikati bo‘lgan hukmlarga aytiladi.
Murakkab hukm deb tarkibida bir necha sub'ekt va predikati bo‘lgan hukmlarga aytiladi.
3. Bog‘lovchining mazmuni (safati)ga ko‘ra hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo‘linadi.
Tasdiq hukm deb buyum va hodisada biror belgi mavjudligini ifodalovchi hukmga aytiladi. Masalan: AliSher Navoiy buyuk o‘zbek mutafakkiri va shoiridir. S-P dir.
Inkor hukmbuyum va hodisada biror belgi mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan: Bizning universitetimizda o‘quv maydoni etarli emas. S-P emas.
4. Sub'ektning hajmi (miqdori)ga ko‘ra hukmlar uchga bo‘linadi: yakka, juz'iy va umumiy.
Yakka hukmda alohida, ayrim buyum va hodisaga xos belgi tasdiq yoki inkor shaklida ifodalanadi. Masalan: G‘afur G‘ulom «Ko‘kan» poemasining muallifidir. S-P dir. G‘ayrat intizomli talaba emas. S-P emas.
Juz'iy hukmda buyumva hodisalar sinfining ma'lum qismiga xos belgilar ifodalanadi. Masalan: Talabalarning ba'zilari a'lochilardir. Ba'zi S-P dir. Ba'zi hayvonlar sut emizuvchilar emas. Ba'zi S-P emas.
Umumiy hukmda bir guruh buyum va hodisalarga taalluqli bo‘lgan belgi tasdiq yoki inkor shakllarida ifodalanadi. Masalan: O‘zbekistonning barcha fuqarolari bilim olish huquqiga egadir. Barcha S-P dir. Barcha talabalar ham imtihondan yaxshi va a'lo baholar olavermaydilar. Barcha S-P emas. Hech bir ezgu niyatli kishi urushni istamaydi. Hech bir barcha S-P emas.
5. Son va sifat jihatidan birgalikdahukmlar to‘rtga bo‘linadi: umumiy tasdiq, juz'iy tasdiq, umumiy inkor va juz'iy inkor hukmlar.
P Umumiy tasdiq hukmson jihatidan umumiy, sifat jihatidan tasdiqiydir. U lotincha AFFIRMO – tasdiq so‘zining birinchi unli harfi A bilan beligilanadi. Masalan: Barcha a'lochilar talabalarning ilg‘or qismidir. Barcha S-P dir. Bunda sub'ekt bo‘lingan (keng ma'noda olingan), predikat esa bo‘linmagan (1-surat).