7. Aholi toifalari (fuqarolar, apatridlar, bipatridlar, xorijiy shaxslar


Davlat hududidagi fuqarosizlarning holati



Yüklə 19,9 Kb.
səhifə5/5
tarix20.04.2023
ölçüsü19,9 Kb.
#100940
1   2   3   4   5
farqi yuq

Davlat hududidagi fuqarosizlarning holati. Davlat hududidagi fuqarosizlar qatoriga quyidagilar kiradi:
birinchidan, chet elliklar, ya’ni o‘zlari bo‘lib turgan mamlakat fuqarosi hisoblanmagan va boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslar. Chet ellik shaxs o‘zi bo‘lib turgan mamlakatning to‘liq hududiy yurisdiksiyasida va o‘zi fuqarosi hisoblangan davlatning shaxsan yurisdiksiyasida bo‘ladi. Bunda hududiy yurisdiksiya ustun sanaladi;
ikkinchidan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
uchinchidan, multipatridlar, ya’ni bir necha fuqarolikka ega shaxslar.
Xalqaro munosabatlarda davlatning fuqarosiz shaxslariga shart­noma yoki odat normasi asosida beriladigan bir nechta huquqiy maqom odatga aylangan. Bunday maqomlar chet elliklarga nisbatan ikki tomonlama shartnomalar orqali o‘rnatilsa, apatridlar va multipatridlarga nisbatan ko‘p tomonlama konvensiyalar asosida yoki odat bo‘yicha belgilanadi.
Bu maqomlar ichida nisbatan keng tarqalgani — milliy maqom bo‘lib, unga ko‘ra, fuqarosizlar, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, asosan, mahalliy fuqarolarga tenglashtiriladi. Ushbu maqom, masalan, Rossiya Konstitutsiyasida ham qayd etilgan, unda aytilishicha, chet ellik fuqarolar va fuqarosiz shaxslar «federal qonun yoki Rossiya Federatsiyasi xalqaro shartnomasida belgilanganidan tashqari barcha hollarda Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bilan teng ravishda huquq va majburiyatga egadirlar» (62-moddaning 3-qismi).
Alohida fuqarolarga tegishli bo‘lgan huquqlar ham borki, chet elliklar bunday huquqlarga ega emas.
Bu huquqlar sirasiga quyidagilar kiradi:
1) Rossiyaga moneliksiz qaytib kelish huquqi;
2) mitinglar, demonstratsiyalar, namoyishlar huquqi;
3) yerga xususiy egalik huquqi;
4) ehtiyojmand fuqarolarning davlatdan moddiy ko‘mak olish huquqi;
5) bepul tibbiy, tez yordamdan tashqari, xizmat ko‘magidan foydalanish huquqi.
Bundan tashqari, Rossiya fuqarosi Rossiya Federatsiyasidan tashqariga ko‘chirib yuborilishi yoki boshqa davlatga topshirilishi mumkin emas.
Fuqarosizning huquqiy maqomidagi eng muhim farq uning davlatni boshqarishda ishtirok etish bilan bog‘liq quyidagi huquqlari mavjud emasligidir:
birinchidan, davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylash va saylanish;
ikkinchidan, davlat xizmatida bo‘lish;
uchinchidan, armiyada va boshqa huquq-tartibot idoralarida xizmat qilish;
to‘rtinchidan, davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan mansab vazifalarida ishlash;
beshinchidan, dengiz kemasi kapitani va havo kemasi ekipaji a’zosi bo‘lish.
Shu bilan birga, chet elliklar faqat fuqarolar zimmasida bo‘lgan ayrim majburiyatlarni, avvalo, harbiy majburiyatni ado etishdan ozoddirlar.
BMT Bosh Assambleyasi 1985 yilda qabul qilgan O’zlari yashab turgan mamlakatlarning fuqarolari hisoblanmagan shaxslarga nisbatan inson huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiyada chet elliklar maqomining umumiy qoidalari qayd etilgan bo‘lib, unda jumladan qonuniy asosda mamlakat hududida bo‘lib turgan bunday shaxslarni ommaviy tartibda ko‘chirib yuborishga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatilgan.
Shartnoma asosida fuqarosiz uchun mumkin qadar qulaylik berish rejimi yaratilishi mumkin: bunda u tadbirkorlik, bojxona va soliq to‘lovlari va shu kabi boshqa masalalar bo‘yicha boshqa har qanday toifaga mansub shaxslardan kam bo‘lmagan huquqlardan foydalanadi. Shuningdek, fuqarosizlarga nisbatan alohida yengillik va imtiyozlar berishni ko‘zda tutuvchi preferensial rejim ham qo‘llanilishi mumkin.
Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin