7-Amaliy Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash uchun asosiy hujjat turlari bilan tanishish. Loyiha-smeta hujjatlarini tuzish. Loyihalash uchun boshlang‘ich hujjatlar
7-Amaliy Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash uchun asosiy hujjat turlari bilan tanishish. Loyiha-smeta hujjatlarini tuzish.
Loyihalash uchun boshlang‘ich hujjatlar Ishlab chiqarish korxonasini loyihalash va uning tarmoqni rivojlantirishdagi
ahamiyatini asoslash uchun korxonani loyihalashni, qurishni,
rekonstruksiya qilish yoki texnik qayta jihozlashning maqsadga
muvofiqligini aks ettiruvchi zaruriy texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarga
ega materiallar ishlab chiqiladi. Loyihaning texnikaviy-iqtisodiy asoslanishi
quyidagi ma'lumotlarga ega bo‘lishi kerak:
1. Rekonstruksiya qilinayotgan yoki kengaytirilayotgan korxonaning
batafsil tavsifnomasi, uning faoliyatini baholash;
2. Korxona mahsulotiga bo'lgan talabni asoslash hamda korxonaning
ishlab chiqarish quvvati va ixtisoslashuvini ko‘rsatish;
3. Korxonani xomashyo, materiallar, yarimmahsulotlar, elektr energiyasi.
yonilg‘i materiallari, suv va boshqa resurslar bilan ta ’minlash;
4. Yangi korxonani qurish va amaldagi korxonani kengaytirishda quvvat
birligiga keltirilgan minimum xarajatlar bo‘yicha korxonaning rivojlanishini
asoslash;
5. Asosiy texnologik yechimlami asoslash; unda quyidagi masalalar
ko‘rib chiqiladi:
a) ishlab chiqarishning texnologiyasi, fan va texnikaning yaqin kelajakdagi
rivojlanish istiqbolidan kelib chiqqan holda uning zamonaviy
texnologik jarayonlarga muvofiqligi;
b) uskunalarni tanlash: xorijiy uskunani o ‘matishda istiqbolli ishlab
chiqarish rejasining qanday darajada hisobga olinganligi, uskunani sotib
olish zaruratining sababi;
d) maxsus buyurtmalar bo'yicha tayyorlanishi kerak bo‘lgan yangi uskunalarga
qo‘yiladigan asosiy talablar;
g) korxonaning ishlab chiqarish texnologik tuzilmasi, asosiy va
yordamchi bo‘limlaming tarkibi va ularning quvvatlari;
d) korxonaning ta'mirlash va yordamchi bo‘limlarining kooperatsion
aloqalari tizimi;
e) atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar;
6. Yangi korxonani qurish va amaldagi korxonani kengaytirishda
rejalash va konstruktiv yechimlarni asoslash, maydonning o‘lchamlari;
15
7. Loyihalangan ishlab chiqarishda erishilishi kerak bo'lgan asosiy
texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Loyihalash jarayoniga asos bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy hujjatlar
quyidagilardan iborat: tegishli iboralar tomonidan tasdiqlanadigan loyihalash
va qurilish bo‘yicha m e’yoriy hujjatlar; davlat standartlari; tarmoq
talablari va mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar;
texnologik loyihalash me’yorlari; uskuna va qurilmalar bo‘yicha
kataloglar va boshqalar.