7-Amaliy Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash uchun asosiy hujjat turlari bilan tanishish. Loyiha-smeta hujjatlarini tuzish. Loyihalash uchun boshlang‘ich hujjatlar


Loyihalarga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 32,55 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü32,55 Kb.
#186216
1   2   3
7-amaliy

Loyihalarga qo‘yiladigan asosiy talablar
Loyihalar quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) fan va texnikada erishilgan yutuqlar va to'plangan tajribalarni
amalga oshirish kerak. Qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan korxonalar
ishga tushirish vaqtida yetakchi texnikalar bilan jihozlangan bo'lishi
hamda mehnat, xomashyo, materiallar va boshqa resurslar bo'yicha ilmiy
asoslangan me’yorlarga muvofiq mahsulotlarning yuqori sifatini
ta’minlashi lozim;
b) kapital sarmoyalarning yuqori samaradorligini ta ’minlashi kerak.
Bunga quyidagilar hisobiga erishiladi:
- amaldagi korxonalarni texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish
yo‘li bilan quvvatlarni doimiy oshirib borish;
- yuqori unumdorli uskunalar, katta quvvatli agregatlarni joriy qilish;
- ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
hamda qo‘l mehnatini kamaytirib borish.


Ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Ishlab chiqarish binolari quyidagi asosiy talablarga javob berishi
kerak:
44
1. Ishlab chiqarishning loyihalangan hajmiga, texnik jihozlanish, texnika
va texnologiyaning rivojlanish is'tiqbollariga hamda korxonada ishlab
chiqarishni tashkil qilish sharoitlariga mos bo‘lishi kerak:
2. Uskunalarni qulay joylashtirish va xizmat ko‘rsatish, uskunalar
atrofidagi texnologik zaruriy maydonlar va o ‘tish yo‘llarini ta ’minlashi
kerak;
3. Texnik jihozlanish va yong‘indan xavfsizlikka mos keluvchi yetarlicha
mustahkamlik va chidamlilikka ega boTishi kerak;
4. Korxonaga kirish joylari, sanitar-maishiy xonalari, zinapoyalar, shuningdek,
umummuhandislik inshootlari qulay joylashgan boTishi kerak;
5. Tashqi transport vositalarining kirishi va yuklash, yuk tushirish ishlarini
tashkil qilish uchun qulay kirish yoTlariga ega boTishi kerak;
6. Binoda ishlashning yaxshi sharoitlarini ta ’minlashi kerak;
7. Binoning ichki va tashqi arxitektura va tuzilish elementlari ishlab
chiqarish jarayonini murakkablashtirmasligi kerak; qurilishdagi tuzilish
elementlari titrashlarning tarqalishiga to ‘sqinlik qilishi kerak, yirik
uskunalar o ’rnatilganda titrashlar kichik maydonning o ‘zida susaytirilishi
kerak;
8. Bino tabiiy va sun’iy yoritilganlik va tabiiy shamollatish uchun
oqilona sharoitlarga ega bo‘lishi kerak;
9. Qurilish va foydalanishda tejamkor boTishi kerak;
10. Yangi texnikadan foydalanishda muhandislik inshootlarini moslashtirish
uchun katta xarajatlar talab qilmaydigan sharoitlarga ega bo‘-
lishi kerak.
Ishlab chiqarish binolari mehnatni ilmiy tashkil qilish talablariga
muvofiq loyihalanishi kerak. Korxonalarda mehnat unumlorligini va ishlab
chiqarish madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi maksimal komfort
sharoitlarni yaratish kerak.
Korxonaning ishlab chiqarish ko‘lami va texnik jihozlanishiga bog‘liq
holda ishlab chiqarish binolari turli qavatli va turli ustunlar to‘riga ega bir
va bir necha binolardan tashkil topishi mumkin.
Varaqli bosma uskunalari bilan jihozlangan kichikroq matbaa
korxonalarini bir qavatli binolarga joylashtirish maqsadga muvofiq.
Mahalliy va markaziy davriy nashrlarni ishlab chiqaruvchi viloyat va
respublika miqyosidagi kichikroq korxonalarni turli qavatli 2-3 binolardan
iborat aralash binolar tizimiga joylashtirish kerak.
45
Yirik korxonalarni loyihalashda. agar qurilish maydoni imkon bersa,
bosish va pardozlash boiimlarini bir va ikki qavatli binolarga joylashtirish
kerak. 0 ‘rta va yirik korxonalarda ma’muriy boiimlar va sanitariyamaishiy
xizmatlar alohida binolarga joylashtirilishi kerak.

Yüklə 32,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin