7-Amaliy mashg’ulot. Dasturni testlash



Yüklə 37,04 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2022
ölçüsü37,04 Kb.
#71185
  1   2   3
7-Amaliy mashgulot as


7-Amaliy mashg’ulot. Dasturni testlash


Testlash ma’lumotlari. Dasturiy mahsulotning u yoki bu modulini testlash uchun ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlash, undagi xatoliklarni aniqlash masalasini ko‘p jihatdan yengillashtirishi mumkin. Eng birinchi test maksimal jihatdan juda sodda bo‘lishi zarur, chunki boshlang‘ich testlashning asl maqsadi shundan iboratki, umuman olganda, dastur ishlayaptimi, ana shu tekshiriladi. Bunday tekshirish, odatda, tutunli test deb nomlanadi, ya’ni bu testni shunga o‘xshatish mumkinki, aytaylik yaratilgan texnik qurilmani shundayligicha tok manba’iga uladik va qarayapmiz undan tutun chiqmayaptimi?
Sodda test ma’lumotlari natijani qo‘lda nazorat qilishni engillashtiradi, nazorat misollari esa dasturning to‘g‘ri ishlashini tekshirish uchun mo‘ljallanadi. Qo‘lda tekshiradigan misol har doim ham yaxshi hisoblanadi, albatta imkoniyat bo‘lsa. Biroq, bunday imkoniyat hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Test ma’lumotlarini murakkablashtirish asta-sekin amalga oshirilishi zarur.
Har qanday dasturni teslashdan maqsad test ma’lumotlarining har xil, turli kombinatsiyalarida ishlaydimi, buni tekshirish emas, balki dasturning to‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qilishdan iborat. SHuning uchun ham test ma’lumotlari shunday tanlab olinishi zarurki, dasturchi testni o‘tkazishni boshlaguncha dasturning to‘g‘ri y echimini qo‘lda hisoblab chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Test ma’lumotlarining tiplari. Testlash ma’lumotlarining uchta tipini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. dasturchilar tomonidan yaratiladigan;

  2. haqiqiy modifikatsiyalangan;

  3. haqiqiy to‘liq hajmda.

Dasturni testlashda, birinchi navbatda, dasturchilar tomonidan yaratilgan test ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunday testlar, o‘z navbatida, nazorat qiluvchi va tasodifiy ma’lumotlarga bo‘linadi. Nazorat qiluvchi ma’lumotlar dasturning umumiy ish faoliyatini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Tasodifiy test ma’lumotlari shunday bir afzalliklarga egaki, u dasturdagi xatoliklarni ketma-ket bartaraf etish imkoniyatini yaratadi.
Haqiqiy testlash ma’lumotlarini maqsadli yo‘naltirilgan tarzda tarkibini o‘zgartirish yo‘li bilan dasturni testlashning bir qator maxsus rejimlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Dasturlovchilar tomonidan yaratilgan testlash ma’lumotlari o‘rniga haqiqiy ma’lumotlardan foydalanish, maxsus rasmiylashtirilgan, ayrim hollarda, hajm bo‘yicha juda katta bo‘lgan axborot massivlaridan foydalanishdan chetlashish imkoniyatlarini yaratish.
Har bir keyingi, navbatdagi testda oldingilaridan farq qiladigan ma’lumotlar sinfidan foydalanish zarur.
Biror aniqlangan sinfdagi test ma’lumotlaridan foydalanish testlashning iqtisodiy samaradorlik talablariga to‘liq javob beradi.
Testlash natijalarini tahlil qilish. Har doim, test ma’lumotlaridan foydalanilgan paytda, kompyuter bergan natijalarning to‘g‘riligini tekshirishning qandaydir usullariga ega bo‘lmoq zarur. Bunday usullarning bir qanchalari mavjud:

  1. kompyuterdan olingan natijani qo‘lda tekshirib chiqish;

  2. ro‘yxatdan o‘tgan kitoblardan, hujjatlardan, jadvallardan yoki ularning majmuasidan natijalar olinadi;

  3. bu natijani boshqa birorta dastur yordamida olish (imkoni bo‘lsa boshqa kompyuter yordamida).

Testlash bosqichlari. Dasturni, dasturiy vositalarni teslash jarayonini quyidagi uchta bosqichga bo‘lish mumkin:

  1. normal sharoitlarda tekshirish;

  2. ekstremal (chegaraviy) sharoitlarda tekshirish;

  3. ayrim, cheklangan holatlarda tekshirish. (isklyuchitelnqy)

Normal sharoitlarda tekshirish. Dasturiy vositalarni normal sharoitlarda tekshirish , real sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotgan dasturga xarakterli, taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar asosida testlashni nazarda tutadi.
Ekstremal sharoitlarda tekshirish. Bu bosqich dasturni normal sharoitlarda tekshirish bosqichidan keyin boshlanishi zarur. Bu bosqichdagi test ma’lumotlari kirish ma’lumotlarini ng o‘zgarish sohasini ng chegaraviy qiymatlarini o‘z ichiga oladi, bu ma’lumotlar dasturiy vosita tomonidan to‘g‘ri mahlumot deb olinishi zarur. Estremal qiymatlarga tipik misollar bo‘lib juda katta sonlar, juda kichik sonlar va axborotning yo‘qligi hisoblanadi. Agar birorta dastur, dasturiy mahsulot chegaraviy sharoitlarda to‘g‘ri ishlasa, odatda, bu shundan dalolat beradiki, dastur o‘zgaruvchilarning soha ichida olingan barcha qiymatlarida ham normal, to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi.

Yüklə 37,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin