Elektronpochtaadresiadresatning «pochtaqutisi»ga bo’lgan yo’lni aniqlab beruvchi yozuv bo’lib, u @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat bo’ladi. Masalan,gulzahiraolim@gmail.com elektron pochtaning gmail.com xizmatidagi gulzahiraolim ning «pochta yashigi» dir. Elektron pochtaadresatsiyasiierarxik-yo’nalishli tuzilishga ega bo’lib, elektron pochta adresi o’ngdan chapga tartibida qo’iladi.
Ierarxikdegan so’z adresni aniqlashda adreslar tizimning yuqori bosqichidan quyisiga bir biri bilan bog’liq ravishda aniqlaniladi. Masalan, .com domeniga javobgar xizmat gmail.com domeniga qanday qilib murojaat qilishni bilishi kerak. O’z navbatida gmail.com domeni xizmati o’z ichidagi adreslarni bilishi kerak, ya’ni, u qanday qilib gulzahiraolim ning pochta qutisiga murojaat qilishni bilishi shart. Yo’nalishli degani adres ma’lumot jo’natilishining oxirgi punktini emas, balki marshrutini bildirishini anglatadi.
Pochtaqo’yilmalari(vlojenie) elektron pochta ma’lumotlari bilan birgalikda istalgan fayllarni uzatish mexanizmidir. Elektron pochta fayllarni uzatish uchun mo’ljallanmagan. Shuning uchun ham fayllarni jo’natish uchun ular maxsus programmalar yordamida matnli ma’lumotga aylantiriladilar va
undan so’ng bu kod elektron pochta ma’lumotiga qo’yiladi (yopishtiriladi). Ular bir nechta bo’lishi ham mumkin. Qabul qiluvchi ularni pochta ma’lumotidan ajratib oladi va alohida fayl ko’rinishida saqlab qo’yadi.
Blоglаr vа viki – sаytdаgi mаtеriаlgа izоh bеrish vа mа`lumоt qоldirish.
Blоg - bu tаrkibi mаtn, tаsvir vа multimеdiа mа`lumоtlаridаn ibоrаt bo`lgаn dоimiy rаvishdа qo`shilib turilаdigаn mа`lumоtlаr yoki izоhlаrdаn ibоrаt bo`lgаn sаyt. Blоglаr оdаtdа u yoki bu mаtеriаl web sаhifаsi tаrkibidа mаvjud bo`lib, mаtеriаlgа bеrilgаn izоhlаrni o`zidа mujаssаmlаydi.
Viki – bu sаytning o`zi tоmоnidаn tаqdim etilаdigаn uskunаlаr yordаmidа uning tuzilmаsini vа tаrkibini fоydаlаnuvchilаr o`zgаrtirа оlish imkоnigа egа bo`lgаn web sаyt.