7– amaliy mashg’ulot Uzluksiz ish rejimidа ishlаydigаn elektr yoyli qurilmаlаrning tizimlаrining stаtik tаvsiflаrini hisoblаsh vа grаfiklаrini qurish. Nazariy malumotlar



Yüklə 21,52 Kb.
səhifə1/3
tarix23.04.2023
ölçüsü21,52 Kb.
#101815
  1   2   3

7– amaliy mashg’ulot
Uzluksiz ish rejimidа ishlаydigаn elektr yoyli qurilmаlаrning tizimlаrining stаtik tаvsiflаrini hisoblаsh vа grаfiklаrini qurish.
Nazariy malumotlar: Qizdiruvchi elementlar - bilvosita qarshilik usulida issiqlik ishlovi beruvchi qurilmalarning asosiy ishchi qismi ‘isoblanib, elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib berish uchun xizmat qiladi. Qizdiruvchi elementlarga quyidagi talablar qo‘yiladi. Ular yuqori darajadagi haroratda turg‘un (yuqori haroratlarda oksidlanmaslik xususiyatiga ega), yuqori darajadagi haroratlarda bikirlik ( yuqori haroratlarda o‘z xossalarini yo‘qotmaslik xususiyatlariga ega ) va ular yuqori darajadagi haroratlarda ishlov beriluvchanlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak. SHuningdek, ular yuqori solishtirma qarshilikga ega bo‘lishlari, qarshilikning kichik harorat koeffitsientiga va o‘zgarmas elektr qarshiligiga ega bo‘lishlari kerak.
Haroratiga qarab qizdiruvchi elementlar quyidagilarga bo‘linadi:
- past harorat qizdiruvchi elementlari - 500 - 700 K;
- o‘rta harorat qizdiruvchi elementlari - 900 - 1200 K;
- yuqori harorat qizdiruvchi elementlari - 2500 - 3300 K.
Qidiruvchi elementlar asosasn tarkibiga bir necha metall kirgan qorishmalardan yasaladi. Misol uchun nixrom deb ataluvchi qorishma tarkibiga (75 - 85) % nikel, (22-27)% xrom va boshqa qo‘shilmalar kiradi, yoki fexral’ deb ataluvchi o‘tkazgich tarkibi 13% gacha xrom, 4% gacha alyuminiy va 83% gacha temirdan iboratdir. Titan, bor va boshqa legirlovchilar qo‘shish orqali qizdiruvchi elementlarning ishchi haroratini ancha ko‘tarish mumkin.
Konstruksiyasiga ko‘ra qizdiruvchi elementlar (keyinchalik q.e) - ochiq konstruksiyali q,e larga va yopiq konstruksiyadagi q,e larga bo‘linadi. O‘z o‘rnida ochiq konstruksiyadagi q,e lar - kesim yuzasi doira shaklidagi o‘tkazgichdan yasalgan spiralsimon va zig-zag ko‘rinishdagi hamda kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) lenta ko‘rinishdagi zig-zag simon q.e larga bo‘linadi.
Foydali issiqlikni agar vaqtga bog’liq bo’lmagan xolda ma’lum bir maxsulotni eritish bo’lsa, maxsulotni qizitish uchun sarflangan energiya ko’rinishida bo’lishi mumkin, agar maxsulotni ma’lum bir vaqt oralig’ida qizitilsa, ushbu issiqlikni quvvat qo’rinishida olishimiz xam mumkin.
Davriy rejimda ishlovchi pechlarni foydali issiqligi quyidagi formuladan aniqlanadi.
Wfoy= Gs (t - t0) (7.1)
G- foydali yukni massasi, kg; s- qizitish boshlanishi va oxiridagi xarorat diapazonidagi yuk maiyerialini o’rtacha solishtirma issiqliuk sig’imi; t- yukni qizitishdagi berilgan xarorat; t0- boshlang’ich xarorat.
Wfoy= G (jt - j0) (7.2)
jt - yukni solishtirma issiqlik sig’imi; j0 – yukni boshlang’ich xarorati.
Uzluksiz rejimdagi pechlarni foydali issiqligi ko’pincha quvvat ko’rinishida aniqlanadi.
Qfoy= g s (t - t0); Qfoy= g (jt - j0) (7.3)
g- yukni foydali massasi.

Yüklə 21,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin