LABARATORIYA ISHI-5
Tezliklar variatorini o’rganish
I. Ishni bajarishda qo’yilgan asosiy maqsadlar; Variatorlarning vazifasi va kanstruksiyalari; sanoat texnikasida ishlatiladigan ixtiyoriy konstruksiyadagi variatorni qirqimdagi chizmasini tushirish, asosiy qisimlarni ajratib ko’rish va uni qaytadan yig’ish ishlash prinsiplari ; kinimatek sxemalarini chizib xarakatni o’zgartirib berish jarayonini uning naturoldan foydalanib o’rganishdan iborat.
II. Kerakli materiallar , asbob va uskunalar ; Sanoat korxonalarida ishlatiladigan ixtiyoriy konstruksiyadagi tezliklar variatorining natural ko’rinishi , o’lchov asboblari zaruriy kalitlar xamda atverkalar.
III. Student ushbu amaliy ishni bajarish uchun qanday nazariy materiallarni o’z ichiga oladigan savollarni bilish talab qilinadi;
a)Tezliklarni o’zgartiruvchi mexanizim va qurulmalarning turlari
b)Tezliklarni o’zgartirishning sanoat texnikasidagi axamiyati?
v)Tezliklar variatorlarining turli kanstruksiyalari va tezlikni o’zgartiruvchi asosiy omillar yoki faktorlar?
g)Ixtiyoriy tanlangan konstruksiyadagi variatorlarda mavjud asosiy qisimlar?
d)Variatorlarning uzatish nisbatini o’zgartiruvchi asosiy faktor yoki sabablar?
e)Variatorlar qisimlarini tayyorlashni foydalaniladigan asosiy konstruksiya materiallar.
j)Variatorlarni xarakatga keltiruvchi manbalarning turlarini aytib bering.
IV.Ishni bajarish ketma ketligi; Xozirgi zamon sanoat texnikasining turli soxalarida xar xil konstruksuyadagi variatorlar ishlatiladi. Ayniqsa stanoklar, preslar, konveyerlar, texnalogik mashinalar priorsozlik kabi sanoat tarmoqlarida mavjud xarakatlarni silliq o’zgartirishda ulardan keng foydalaniladi. Bunday variatorlar quyidagi turlarda bo’lishi mumkin.Bular jumlasiga to’g’ri konusli oddiy friksion sharli ko’p diskli ponasimon tasmali zanjirli kombinatsiyalari impulsli konstruksiyalarda bo’lishi mumkin.
Variatorlarni tanlashda ularni baxolash uchun asosiy ko’rsatkichlar: rostlash diapazoni (d).F.I.K. ( ), uzatadigan quvvat ( ), gabarit o’lchamlari kabilar hisoblanadi.
Variatorlar bir pog’onali aloxida mexanizimlar sifatida g’ildiraklari to’g’ridan to’g’ri tegib turadigan yoki oraliqda qo’shimcha diska (g’ildirak) o’rnatilgan holda bajarilishi mumkin anashunday variatorlarni konstruksiyalaridan (inkoniyatiga qarab) bazalarning natural ko’rinishlarini tanlab uning asosiy qisimlari, ishlash jarayonlari harakatni o’zgartirish tartibi bilan tegishli o’quvchilarni tanishtirish maqsadga muvofiqdir.