Dаvlаt zаkаzniklаri muhоfаzа xududlаrini 39% izini tаshkil qilаdi. Bu zаkаzniklаrgа tаshrif burаyotgаn turistlаrning tаshrifi yildаn yilgа оrtib bоrishi kuzаtilmоqdа. Bu esа ulаrning mоddiy tеxnik bаzаsini yanаdа rivоjlаntirishgа xizmаt qilmоqdа.
Ekologik turizm nuqtai-nazaridan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tayanch hududlar sifatida qaralmog‘i lozim. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘zlarining tabiiy landshaftlaridan allaqachon mahrum bo‘lganliklari sababli, yildan- yilga boshqa mamlakatalrning tabiatiga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Shuning uchun turistik resurslardan samarali foydalanishda tabiat muhofazasining o‘rni katta.
Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan turizm sohasiga aylandi. O‘zbekistonda ekoturizm rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni vatanimizga jalb etish, noyob o‘simliklar va hayvonot dunyosini saqlash, ko‘paytirish muammolarini hal qilishga, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlab iqtisodiyotimizni rivojlantirishiga katta hissa qo‘shadi. Ekoturizm faoliyatidan kelib chiqib alohida muhofaza etilayotgan tabiiy hududlarda amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Mahalliy, aholini ehtiyojini qondirish ko‘proq tabiatdan foydalanish turlariga borib taqaladi.
Tabiiy resurslardan ishlab chiqarishda tobora ko‘proq foydalanish, jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish, inson hayoti va faoliyatini ta’minlash uchun tabiiy muhitdan foydalanishning kuchayishi tabiatning ayrim hududlarini tabiiy holatda saqlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bunday uchastkalar alohida muhofaza qilinadigan hududlar (akvatoriyalar) bo‘lib, ular ekologik, genetik, asrash, muhofaza qilish, sanitariya-gigiena, sog‘lomlashtirish, madaniy-maorifiy funksiyalarni bajaradi va ular faol xo‘jalik o‘zlashtirilishidan chiqariladi. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar ekologik balansni qo‘llab-quvvatlash, tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish, ekotizimlar va organizmlar genofondlari etalonlarini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va saqlash, rekreatsiya va tabiat muhofazasi ta’lim–tarbiyasi, shuningdek, ham tabiiy sharoitlarda, ham inson ta’sirida kechadigan mahalliy, mintaqaviy va global tabiiy jarayonlarni o‘rganish maqsadlariga xizmat qiladi.
Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun obyektlar bo‘lib, quyidagilar xizmat qiladi:
• milliy bog‘lar, davlat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari;
• botanik bog‘lar;
• davolash-sog‘lomlashtirish joylari va kurortlar;
• qo‘riqxonalar.
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar statusi, funksiyasi, rejimi va boshqarishni tashkil etishdagi farqlari hisobga olinib, quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi (tasniflanadi):
1. Davlat tabiat qo‘riqxonalari, shu jumladan, biosfera qo‘riqxonalari.
2. Milliy parklar.
3. Davlat milliy tabiat parklari (bog‘lari).
4. Davlat tabiat buyurtma qo‘riqxonalari (zakazniklar).
5. Davlat tabiat yodgorliklari.
6. Alohida muhofaza qilinadigan boshqa tabiiy hududlar: suv muhofazasi mintaqalari, kurort-sog‘lomlashtirish tabiiy hududlari, rekreatsiya zonalari, botanika bog‘lari, dendrologiya bog‘lari, qo‘riqlanma (oraliq) tegralari, o‘rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, hayvonot bog‘lari, baliqchilik xo‘jaligi tegralari.
Bundan tashqari alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning boshqa shakllari - yashil zonalar, shahar o‘rmonlari, shahar parklari, bog‘-park san’ati yodgorliklari, muhofaza qilinadigan qirg‘oq liniyalari, muhofaza qilinadigan daryo tizimlari, muhofaza qilinadigan landshaftlar, biologik stansiyalar, mikroqo‘riqxonalar va boshqalar ham tashkil etilishi mumkin.
Mamlakatimizda ham bir qancha qo‘riqxonalar, buyurtmalar tashkil etilgan. Biz bu alohida qo‘riqlanadigan hududlardan faqatgina ilmiy maqsadlarda emas, ekoturizm maqsadida foydalanishimiz katta iqtisodiy samara beradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ekoturizm yo‘nalishlari «Ekosan» xalqaro jamg‘armasining ekoturizm binom‘lasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Yo‘nalishlar hozircha Zomin milliy bog‘i va Nurota qo‘riqxonalariga uyushtirilgan xolos. Albatta, bu mavjud imkoniyatlardan yaxshi foydalanmayapmiz.