7-bob. Mintaqalarda ekologik turizmni rivojlantirish resurslari va ulardan foydalanish


Mintaqadagi muqaddas ziyoratgohlar



Yüklə 68,97 Kb.
səhifə8/10
tarix25.09.2023
ölçüsü68,97 Kb.
#148096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-bob. Mintaqalarda ekologik turizmni rivojlantirish resurslari

8.2. Mintaqadagi muqaddas ziyoratgohlar
Darhaqiqat, O‘zbekiston turistik resurslarning boyligi bilan ajralib turadi. O‘zbekistonda diniy turizm, ya’ni aziz qadamjolarni ziyorat qilish maskanlariga juda boy hisoblanadi. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa jonajon O‘zbekistonimizda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyos ko‘p. Ko‘pgina avliyolarning dafn etilgan joylari va qabrlari qaytadan ta’mirlanib, asl holatiga keltirilmoqda. Ular qatoriga Bahoviddin Naqshbandiy, G‘ijduvoniy, Imom al-Buxariy, Mahtumi A’zam, SHohizinda, Motrudiy, Hakim at-Termiziy, Zangiota kabi aziz avliyolar va imomlar maqbaralari musulmon ahlining beqiyos, go‘zal ziyorat qiladigan va ma’naviy ruhlanadigan joylariga aylantirildi. Ayniqsa, Imom Al- Buxoriy majmuasini muhim ziyoratgohga aylantirish xalqaro ahamiyatga egadir. Chunki, bu ziyoratgoh musulmon olamida Makka va Madina shaharlaridan keyin eng muhim sajdagoh hisoblanadi. Shu sababli ziyorat qilish uchun qulay shart - sharoit yaratish, ya’ni infratuzilmani shakllantirish bugungi kunning muhim masalasi hisolanadi. Bu erda asosiy vazifa xorij mamlakatlar fuqarolarining ortiqcha qiyinchiliklarsiz ziyorat qilib ketishlariga erishishimizdir. Buning uchun Samarqand shahri aeroportini jahon andozalariga yarasha bo‘lishi, masalani asosiy yechimidir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda diniy turizmni hududiy tashkil etish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Xususan, Janubi – Sharqiy Osiyo va G‘arbiy Osiyo mamlakatlari ziyoratchilarni jalb etish maqsadida tadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun har bir viloyat, tuman va qishloqlardagi kishilar tomonidan muqaddas hisoblanib kelinayotgan ziyoratgohlarni aniqlash, umumlashtirish, respublika va viloyat diniy turistik kartalarini yaratish hamda ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, yo‘l qurish, transport imkoniyatlarni o‘rganish maqsadida muvofiq deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoni qabul qilindi. Prezidentimiz farmoniga asosan Respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yo‘nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash maqsadida bir qatot chora va tadbirlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasidagi yirik moddiy madaniy meros obyektlarida ichki turizm oqimlarini shakllantirish rejasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasida turistlar oqimini shakllantirish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining ziyorat turizmi salohiyatini manzilli targ‘ib qilish chora-tadbirlari rejaga muvofiq tasdiqlash belgilandi. Xorijiy aviakompaniyalarning Indoneziya, Bangladesh va Malayziya mamlakatlaridan xorijiy turistlarning O‘zbekiston Respublikasiga sayohatlarini tashkil etishga qaratilgan hamda “Umra+” dasturi doirasidagi O‘zbekiston Respublikasiga aviaparvozlari, qo‘nish va uchish xavfsizligi qoidalaridan tashqari, to‘sqinliksiz amalga oshirildi.
respublikaning turizm namoyishi obyektlarini keng targ‘ib qilish, fuqarolarni boy tabiiy, madaniy va tarixiy meros obyektlari bilan tanishtirish hamda ichki turizmni ommalashtirishga qaratilgan (tijorat maqsadlarni ko‘zlamagan) axborot ma’naviyat va ma’rifat masalalariga doir axborotga tenglashtirild.
2021-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasidagi yirik moddiy madaniy meros obyektlarida ichki turizm oqimlarini shakllantirish rejasiga asosan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – “Sulton Uvays bobo” ziyoratgohida - turistlar uchun yaratiladigan qo‘shimcha xizmatlarni amalga oshorishda obyekt ichida ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan ma’lumotlarni joylashtirish, obyekt atrofida asosiy yo‘llarda va yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkich va axborot belgilarini o‘rnatish. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln so‘mgacha kredit mablag‘larini ajratish. lozim. Amalga oshiriladigan targ‘ibot ishlari va ajratiladigan mablag‘lar ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish va keng targ‘ib qilish. Ziyorat odobi va tartibi haqidagi bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish. 2021-yilda targ‘ibot uchun 50 mln. so‘m mablag‘ ajratish kabi vazifalar belgilab berilgan.
“Qutayba ibn Muslim” maqbarasi – Ob’yekt ichida ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan ma’lumotlarni joylashtirish. Ob’yekt atrofida viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkich va axborot belgilarini o‘rnatish. “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln. so‘mgacha kredit mablag‘larini ajratish belgilab berildi. Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish va keng targ‘ib qilish, ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish kabi vazifalar belgilab berildi va bu vazifalarga 2021-yilda targ‘ibot uchun 50 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Buxoro viloyati - “Etti pir” ziyoratgohlariOb’yekt ichida ziyorat odobi, tartibi aks ettirilgan ma’lumotlarni joylashtirish. Ob’yekt atrofida viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkich va axborot belgilarini o‘rnatish, Naqshbandiylik tariqati va tasavvufga oid kitoblar va hunarmandchilik mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish, Halol turizm talablariga javob beruvchi ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln. so‘mgacha kredit mablag‘larini ajratish belgilangan. Naqshbandiylik tariqati, “Etti pir” ziyoratgohlari, “Bahouddin Naqshband” va “Buxoro-islom olami madaniyati poytaxti” nomli videoroliklar va bosma targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish, ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish ishlariga 2021-yilda targ‘ibot uchun 150 mln. so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
“Poi Kalon” majmuasi Ob’yekt ichida ziyorat odobi, tartibi aks ettirilgan ma’lumotlarni joylashtirish, tashrif marshrutini ishlab chiqish va majmua hududida ziyoratchilar uchun ibodat qilish joylari, jihozlar (minbar, mehrob, minora va boshqalar) va ularning vazifalari haqida ma’lumot taxtalarini o‘rnatish, ob’yekt atrofida viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkich va axborot belgilarini o‘rnatish, halol turizm talablariga javob beruvchi ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln so‘mgacha kredit mablag‘larini ajratish belgilandi.
Jizzax viloyati - “Novqa ota” ziyoratgohi va masjidi – Ob’yekt ichida ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan ma’lumotlarni joylashtirish, ob’yekt atrofida viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkich va axborot belgilarini o‘rnatish, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln. so‘mgacha kredit mablag‘larini ajratish belgilandi. Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish va keng targ‘ib qilish, ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatishga 2021-yilda targ‘ibot uchun 50 mln. so‘m mablag‘ ajratish belgilandi.
Qashqadaryo viloyati - “Abul-Muin an-Nasafiy, “Xo‘ja mkonagiy”, “Darvesh Muhammad Vaxshivoriy”, “Sulton Mirhaydar ota” ziyoratgohlarida Ob’yekt ichida ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan ma’lumotlarni joylashtirish, Ob’yekt atrofida viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkich va axborot belgilarini o‘rnatish, kitoblar va hunarmandchilik mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish, halol turizm talablariga javob beradigan ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln. so‘mgacha kredit mablag‘larini ajratish ko‘zda tutilgan. Ziyoratgohlar haqidagi bosma va elektron targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish va keng targ‘ib qilish, ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatishga 2021-yilda targ‘ibot uchun 150 mln so‘m mablag‘ ajratish belgilandi.
Navoiy viloyati - “Chashma” majmuasi - Ob’yekt ichida ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan ma’lumotlarni joylashtirish, Ob’yekt atrofida viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkich va axborot belgilarini o‘rnatish, qo‘shimcha xizmat turlari (ovqatlanish va esdalik sovg‘alarini sotish shoxobchalari)ni kengaytirish, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln so‘mgacha kredit mablag‘larini ajratish ko‘zda tutilgan. Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish va keng targ‘ib qilish, ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatishga 2021-yilda targ‘ibot uchun 50 mln so‘m mablag‘ ajratish belgilandi.
Namangan viloyatining “Sulton Uvays Qaraniy” majmuasida, Samarqand viloyatining “Imom Al-Moturidiy” va “Imom Al-Buxoriy” majmualarida, Surxondaryo viloyatining “Abu Iso Muhammad imom at-Termiziy”, “Hakim at-Termiziy”, “Alouddin Attor”, “Mavlono Muhammad Zohid” ziyoratgohlari, Toshkent viloyatining “Zangiota” majmuasi, “Shayx Umar Valiy” ziyoratgohi, Farg‘ona viloyatining “Burhoniddin Marg‘inoniy” yodgorlik majmuasi, Xorazm viloyatining “Pahlavon Mahmud” maqbarasi, Toshkent shahrining “Hazrati Imom” majmuasi jami respublikada 22 obekt kiritilgan bo‘lib, 2021-yilda targ‘ibot uchun jami 1180 mln so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Ushbu hududlarga tashrif buyuradigan turistlar soni ko‘rsatigan bubdan umumiy turistlar soni jami 7 491 166 shundan, jami 3121493 ziyoratchilar tashrifi ko‘zda tutilgan3.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, diniy turizm hamma vaqt sayohatning eng aktiv turi bo‘lib kelgan. Insoniyat borki, u e’tiqod qiladi, sig‘inadi, ruhan va ma’naviy jihatdan poklanishga harakat qiladi. Shuning uchun u diniy ziyoratni hoxlaydi. Buning uchun muqaddas ziyoratgoh bo‘lishi shart. Vaholanki, mamlakatimiz diniy ziyoratgohlarga boy mintaqa hisoblanib, kelajakda diniy turizmni rivojlantirishga yanada e’tiborni yanada kuchaytirish ham moddiy, ham ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 68,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin