Elektron qavatlarning Bor nazariyasi bo’yicha tuzilishi.
Elektron qavatlarning Bor nazariyasi bo’yicha tuzilishi.
Daniyalik fizik Nils Bor o’z nazariyasida atomning yadro modelidan, nurlanishning kvant nazariyasi va nurlanishning uzluksizlik tabiatini hisobga olgan holda:
1. Elektronlar yadro atrofida har qanday orbitalar bilan emas, ma’lum aylanma orbitalar bilan aylanadi.Bu orbitalar “ruxsat etilgan” orbitalar deyiladi.
2. ”Ruxsat etilgan” orbitallar bo’yicha harakatlanishda elektronlarnur tarqatmaydi.
3. Elektronlar bir “ruxsat etilgan” orbitaldan ikkinchisiga o’tishda nur tarqatadi.Bu elektromagnit kvanti energiyasi atomning oxirgi holatdan boshlang’ich holatga o’tgandagi energiyalari farqidan topiladi.
h=E2 – E1
E2 va E1 atomdagi turli energetik holatlardagi energiyalar farqi.
1924 y.da fransuz fizigi de- Broyl korpuskulyar to’lqin dualizmi nafaqat fotonlar uchun, balki elektron uchun ham o’rinli degan fikrni ilgari surdi:
= h|m•v m –elektronning massasi va v- harakat tezligi.
Mikrojismlarning ikki yoqlama xossalarini 1927 y.da Verner Geyzenberg tomonidan ta’riflangan noaniqlik prinsipi tushuntiradi. Mikrojismlarning tezligi (yoki impulsi p=m•v) va fazoviy holatini (koordinatlarini) bir paytni o’zida aniqlash mumkin emas.Bu noaniqlik prinsipi quyidagicha formulaga ega: qv h|m
Holat noaniqligi (q) va tezlik noaniqligi ko’paytmasi h|m dan kichik bo’lishi mumkin emas. Noaniqlik prinsipi mikrojismlar uchun butunlay boshqacha qonunlar qo’llanishini ko’rsatadi.