7-ma’ruza: didaktika ta’lim nazariyasi. Pedagogik jarayon. Ta’lim tamoyillari va qoidalari. (2 Soat)


L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari



Yüklə 96,11 Kb.
səhifə11/29
tarix28.11.2023
ölçüsü96,11 Kb.
#169254
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
7-ma\'ruza PVP

L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari. Lev Nikolaevich Tolstoy (1828. 28.8(9.9), Tula guberniyasi YAsnaya Polyana qishlog’i — 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; YAsnaya Polyanada dafn etilgan) — rus yozuvchisi, ma’rifatpari. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1873), faxriy akademigi (1900). 1844-47 yillarda Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida o’qigan. 1851-53 yillarda Kavkazda bo’lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yilda Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko’ra, qamaldagi Sevastopolga o’tkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Tolstoy 1855 yilda Peterburgga borib, N.A.Nekrasovnnng «Sovremennik» («Zamondosh») jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I.S.Turgenev, I.A.Goncharov, N.G.CHernishevskiy va boshqalar) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus vaarab xalq ertaklari, A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, YUsuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining to’rt davri» avtobiografik asari («Bolalik», 1852; «O’smirlik», 1852-54; «YOshlik», 1855-57; «Yigitlik», yozilmay qolgan). Urush lavhalari vaaskarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol hikoyalari» (1855) to’plamiga kirgan hikoya vaocherklarida o’z ifodasini topgan. 50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, hayotning axloqiy falsafiy asoslari tasviri bilan uyg’unlashtirishga harakat qiladi. Tolstoy ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil «Kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. Bu asarda o’z in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri Tolstoyning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi.
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o’rin olgan «Urush va tinchlik» (1863-69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. YOzuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o’z davrida ro’y bergan va o’zi shaxsan guvoh bo’lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805-1807 va 1812-1814 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko’plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg’unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o’rtalarida epik asarlar davri o’tdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo’laolmas edi. 1812 yillarda Rossiyaning Napoleon qo’shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelishaolmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu uyg’onishga murojaat etishi «Urush va tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o’tadi.
Tolstoyning 70-yillar ijodida «Anna Karenina» romani alohida mavqega ega. «Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar bo’lgan davrda Tolstoyning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik vaadolat to’g’risidagi orzu umidlari ro’yobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o’ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig’iga ega bo’lgan tarixi tasvir etilgan. Tolstoy aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo’ygan, hayotda ro’y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan.
70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o’z hayot yo’lini qayta nazardan o’tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo’li bilan bog’liq jamiyat qatlamining ma’naviy asoslari yolg’ongaasoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «E’tiqodim nimada?» (1884) asarlarida o’z ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari orasida «Ivan Ilichning ulimi» (1886), «Kreytser sonatasi» (1889) qissalari, ayniqea, e’tiborga loyiq.
Tolstoy 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, «Zulmat hokimiyati» (1886) dramasi va «Ma’rifat mevalari» (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko’rsatayotgan salbiy ta’siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan.
Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so’nggi yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—99)da o’z aksini topdi. Hayotda bo’lib o’tgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy ijtimoiy adolatsizlikkaasoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib tashlaydi.
Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi so’nggi kunlari ruhiy iztiroblar po’rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to’qigan ig’vo va fasod to’ridan qochib, 1910 yilda Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo’lda shamollab, vafot etadi.
O’zbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni ko’rsa ham tezdaaytaolmaydi» maqolalari 1887-1902 yillarda «Turkiston viloyatining gazeti»da o’zbek tilida nashr etilgan. Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» degan maqola esa 1889 yilda shu gazetada tanikli ma’rifatparvar Sattorxon Abdug’afforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi soniy», 1903), AbdullaAvloniy («Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o’quv qo’llanmalari va darsliklarida e’lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o’qitilgan.
Tolstoy nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar vaxalqparvar inson sifatida ham o’zbek jadidlarining e’tiborini o’ziga jalb etgan. Birinchi o’zbek advokati UbaydullaXo’jayev 1909 yilda Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o’sha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining taniqli arboblaridan biri Abduvohid Qoriev esa 1910 yilda Yasnaya Polyanaga maxsus borib, Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda bo’lgan.
Tolstoy 1859-1862 yillarda krestyan bolalari uchun maktab ochadi. Tosltoyning pedagogik kontseptsiyasi asosini “erkin tarbiya” g’oyasi tashkil etadi. Tolstoyning fikricha, ideal maktab – bu erkin hamkorlikkaasoslangan, ya’ni o’qituvchi bilimlarni taqdim etadi, o’quvchilar uni erkin tarzda idrok etishadi. Bunday maktabning asosiy funktsiyasi – erkin ta’lim berishdir. Tolstoy pedagogik kontseptsiyasidagi etakchi tamoyil bolalarning o’zigaxosligini hisobgaolishdir.

Yüklə 96,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin