portal guldu uz Лазерлар ва оптика магистрлар учун маъруза
62- rasm. Prizmali teleskopdan tashkil topgan dispersiyali bo’yoq lazeri
Prizmaning chiziqli kattalantirish koeffisiyenti prizmaning sindirish ko’rsatkichiga proporsionaldir:
, (2.5.11)
yoki
, . (2.5.12)
Olti prizmaning kattalashtirishi esa
(2.5.13)
Prizmali kengaytiruvchiniig kattalantirishi 27,6 ga teng. Agar shu tipdagi rezonatorga Fabri-Pero interferometrini kiritsak, lazer nurlanishining spektri juda ham tor bo’ladi.
Demak, dispersiyali rezonatorlar bo’yoq lazeridan qisqa spektral kenglikdagi lazer nurlanishini hosil qilish imkoniyatiga ega.
Rezonatorga Fabri-Pero interferometri kiritilsa, plastinaning o’tkazish konturi bir-birida oraliqda joylashadi. Bo’yoq lazeri generasiyasining spektrini Fabri-Pero interferometri yordamida qisqartirish mumkin. Δvgen–generasiya spektral kengligiga Fabri-Pero plastinasining bitta o’tkazish konturi joylasha oladi va generasiya spektri juda qisqaradi, monoxromatikligi juda oshadi. Qњyidagi hisoblashdan spektral kenglik aniqlanadi: interferometr ko’zgularining qaytarish koeffisiyenti R1=R2=0,9 ko’zgular orasidagi masofa L=0,3sm, L =0,45sm. Fabri-Pero interferometrining o’tkazish spektral kengligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
. (2.5.14)
Demak, difraksion panjara va Fabri-Pero interferometri yordamida bo’yoq lazeri spektrini birmuncha qisqartirish va lazer nurlanishining monoxromaglik darajasini oshirish mumkin.
Dispersiyali rezonator yordamida bo’yoq lazeri nurlanishining chastotasini (to’lqin uzunligini) uzluksiz o’zgartirish mumkin. Buning uchun difraksion panjara va interferometr rezonator o’qiga nisbatan uzluksiz ravishda burchaklarga burilishi zarur. Dispersion elementlar burulganda rezonator o’qiga burchak hosil qilib qaytgan nurlar rezonatordan chiqib yo’qoladi va rezonator o’qiga parallel qaytganlari esa generasiyada ishtirok etib kuchayadi va lazer nurlanishini hosil kiradi. Shu usulda generasiya tulqin uzunligi uzluksiz o’zgarib boradi.
Bo’yoq lazerining ishlashini ta’minlash uchun avvalo bo’yoq eritmasining optimal konsentrasiyasini aniqlash zarur. 2-jadvalda ayrim bo’yoq lazerlarining qisqacha xarakteristikasi va eritmaning optimal konsentrasiyasi berilgan
2- j a d v a l
Buyoqning nomi
Konsentrasiya
Sopt mol
Optik damlash quvvati (Vt)
To’lqin uzunligini o’zgartirish sohasi (nm)
Energiyaning maksimumga mos kelgan to’lqin uzunligi (nm)