Texnologik jarayonlarda gidrolizning ahamiyati
Gidrоliz sanоatda va хayotda muhim ahamiyatga ega: sanоatda spirtlar, fеnоllar, o’simlik mоylari va хayvоn yog’idan yuqori alifatik kislоtalar оlinadi. Murakkab efirlar, glikоzid va amid bоg’lari gidrоlizi tirik оrganizmlar hayot faоliyatida muhim rоl o’ynaydi.
10. Kislоtа vа аsоslаrning zаmоnаviy nаzаriyalаri
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga asoslanish, yaqin vaqtlargacha kislota va asoslarga quyidagicha ta’rif berib kelingan edi.
Kislotalar – dissotsilanish natijasida vodorod ionini beruvchi, asoslar esa dissotsilanish natijasida, gidroksil ionini beruvchi moddalardir. Neytrallanish jarayoni kislota bilan asosning qo’shilishidan tuz va suvning hosil bo’lish reaksiyasidan iborat.
So’nggi vaqtlarda suvdan boshqa erituvchilardagi eritmalar: masalan spirt, efir, ammiak va boshqa eritmalar keng tekshirila boshlandi. Bu tekshirishlar yuqoridagidagi tushunchalarni faqat suvdagi eritmalargagina to’g’ri kelishini, lekin bu tushunchalarning chegaralanganligini ko’rsatadi. Natijada hamma xolatlarga to’g’ri keladigan kislota – asos tushunchasini topishga kirishildi.
Xozirgi vaqtda kislota – asos uchun ikki xil nazariya taklif qilingan: kislota-asoslardan protonolitik nazariyasi (Brensted) nazariyasi va umumlashgan kislota-asos nazariyasi (Lyuis nazariyasi). Bu nazriyalar barcha kashfiyotchilar tomonidan e’trof etilgan bo’lib, kimyo adabiyotida keng qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |