7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish


Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari



Yüklə 5,52 Mb.
səhifə10/15
tarix12.09.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#142786
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
7-ma\'ruza

Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari
Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qoʻllanilgan.Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi.XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yoʻnalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi.Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E.Torndayk tomonidan yaratilgan.Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi matematik uslublar ham qoʻllashni taqozo qildi.Bunday uslublar oʻz navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta`sir koʻrsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning oʻquv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yoʻnalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qoʻllash hamda talabalarning oʻqish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga moʻljallangan pedagogik testlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda ta`sirga javob berish vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini oʻrganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usuli boʻyicha amaliy ishlar olib borish lozimligiga olib keladi. 
Talabalar bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga ham urinib koʻrilgan. CH.Grin (1926) oʻzining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib koʻrilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi:

  • test sinovlari uchun moʻljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;

  • mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yoʻli bilan aniqlash;

  • talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari oʻrtacha tezligi toʻg’risidagi amaliy ma`lumotlarni e`tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;

  • test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining toʻg’riligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish;

  • topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, toʻg’ri va notoʻg’ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yoʻl qoʻymaslik.

CH.Rassel test sinovlarining natijalarini oʻrganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi toʻg’risidagi savolga javob berishga erishdi.Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi holatlarda: qaysi materialdan boshlab oʻrganish zarurligini ta`minlashda; talabalarni guruhlarga taqsimlashda; oʻqitish jarayonida sodir boʻladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli hududlaridagi oʻquv yurtlarida muayyan yosh davridagi yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qoʻllash mumkin.
Shuni ta`kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari assotsiatsiyasining test sinovi oʻtkazmasdan ta`lim berish mantiqsizlikdir, faqat testni qoʻllash natijasidagina nazoratdan ta`limgayoʻnaltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va soʻngra qanday yoʻnalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma’lumdir. Fransiya parlamenti 1989 yilda ta’limni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari haqida qonun qabul qildi.Unda xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli boʻyicha oʻqituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan oʻtishlari koʻzda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Fransiyada oʻqituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. Shunisi qiziqki, Fransiya toʻqson yillik test an’analariga ega boʻlgan davlatdir.
Oʻtgan asrning 70-yillari oxirida Pitterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir guruh sotsial-psixologlari AQSHda test oʻtkazishning zamonaviy ahvolini oʻrganishga bag’ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar.Aslida, tadqiqotchilarning maqsadioʻquv yurtlaridagi testlarni keng miqyosda qoʻllash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test boʻyicha sinovdan oʻtmasdan, boshqacha yoʻl bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga koʻtarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog’lanib ketganligi alohida qayd qilindi.
Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin