7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish


Test turlari va test topshiriqlari shakllari



Yüklə 5,52 Mb.
səhifə12/15
tarix12.09.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#142786
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
7-ma\'ruza

Test turlari va test topshiriqlari shakllari


Agar testlarni turkumlashda ularning qoʻllash maqsadi va vazifalariga asoslanadigan boʻlsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin:

  • intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar;

  • pedagogik testlar;

  • muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar.

Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda biz faqat pedagogik test haqida toʻxtalamiz.Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi:

  • birdan-bir toʻg’ri javobi boʻlganyopiq topshiriqlar;

  • bir necha toʻg’ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar;

  • bitta soʻz (yoki soʻzlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkiltopgan ochiq topshiriqlar;

  • toʻg’ri ketma-ketlikni aniqlash uchun topshiriqlar;

  • oʻzaro bog’liqlikni (muvofiqlikni) aniqlovchi topshiriqlar;

  • ayrim fanlar boʻyicha bilimlarning chuqurligini aniqlash boʻyicha topshiriqlari;

  • sonni toʻldirishga moʻljallangan topshiriqlar, bunda sonlar seriyasini topish usulini aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash talab qilinadi;

  • qarama-qarshi munosabatlarni aniqlash testlari;

  • masalalar echishga qaratilgan (matematik, fizik va b.) topshiriqlar;

  • chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;

  • shakllar nisbatini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar;

  • olingan axborotni oʻzlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari;

  • sinonimlar va antonimlarni farqlashga oid topshiriqlar;

  • analogiya (aynan oʻxshashlik)ga oid topshiriqlar;

  • oʻqilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar;

  • koʻrsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar;

  • bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar;

  • tafakkurni aniqlovchi testlar;

  • orfografik testlar;

  • til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar.

Mutaxassislik (umumtexnik) fanlardan test topshiriqlari tuzishda yopiq (bir yoki bir necha toʻg’ri javobli), ochiq, muvofiqlikni va toʻg’ri ketma-ketlikni aniqlashga oid test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bir oʻquv maqsadiga erishganlikni turli test topshiriqlari yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin