1) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai nazaridan foydalanish; 2) ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar iste`dodlarni taqdirlashga intilish; 3) amerikaliklarni milliy ta`lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari. Inson erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va testlar bozorini vujudga keltirdi.
AQSHda toʻrt yuzdan ortiq markaz oʻzaro raqobat ostida turli-tuman testlarni ishlab chiqmoqdalar. Shuningdek, testlarni tuzish va ularni qoʻllash boʻyicha yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar. 1992 yilda ular AQSHdagi eng nufuzli 20 ta faoliyat yoʻnalishlari roʻyxatida 8-oʻrinni egallaganlar. Oʻta qadrlanadigan tizimlar boʻyicha tahlil, marketing, sog’liqni saqlash, ekologiya, oziq-ovqat maxsulotlarini taqsimlash va kompyuter texnologiyasi ixtisosliklari esa, tegishli tarzda 15-20-oʻrinlarga joylashtirilgan.
Sobiq Ittifoq davrida testlarga asoslangan fan pedalogiya deb yuritildi va testlardan foydalanishning dastlabki davrida jiddiy xatoliklarga hamda buzilishlarga yoʻl qoʻyildi.1936 yilda «Xalq maorif komissarligi tizimidagi pedagogik buzilishlar toʻg’risida»gi qarorida testlar «burjua» pedagogikasiga xos deb hisoblandi. Bu qaror fanni mafkuraviylashtirishga va uni majburan siyosiylashtirishga qaratilgan boʻlib, unda jahon psixologiyasi va pedagogikasi tajribasidan foydalanish inkor qilingan edi.Bu qarorga binoan, 1936 yildan testshunoslik boʻyicha ilmiy tadqiqotlar davlat miqyosida toʻxtatildi. Pedalogiyaning «idealistik va mexanistik» koʻrsatmalari, ularni «ilmiy asoslanmagan» «test»larga berilib ketganligi qoralandi.Pedalogiyani soxta fan sifatida qoralash jarayonida sovet pedagoglari va psixologlarining talabalar bilim-koʻnikmalarini baholashga qaratilganijobiy yutuqlari ham inkor etildi.SHuning uchun test sinovlari muammosi pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi. Yuqorida ta’kidlaganidek, mustaqil Oʻzbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi boʻlib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yoʻl ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab oʻrta ma`lumot yakunida, oliy oʻquv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qoʻllanila boshlandi. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, oʻlchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. Shuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik oʻlchovlar qurolli sifatida etirof etilmoqda. Pedagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri boʻlib, ta`lim jarayonining samaradorligini oshiradi.
Pedagogik testlar bilimlarga bahoberishning istiqbolli usuli hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:
test topshiriqlari oʻquv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti oʻzida nazorat qilinadigan oʻquv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos);
hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi;
talabalar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi;
test nazoratidaoldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil boʻlgan shkala yordamida, talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qoʻyishga imkon beradi (reyting);
oʻqituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;
boshlang’ich darajasini va har qanday vaqt oralig’ida bilimlarni oshirish imkoniyatini oʻlchashga sharoit yaratiladi;
test nazorati komp’terlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay.Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. Oʻquv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda oʻz ifodasini topadi.
Umuman olganda, test usuli birmuncha texnologik usul hisoblanadi. U bilimlarni oʻzlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-oʻqituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va oʻquv dasturini chuqur va har tomonlama oʻzlashtirilishini ta’minlaydi.Pedagogik testlashning bu afzalliklari AQSHda munosib baholangan. Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi.Pedagogik testlarni keng qoʻllash boʻyicha AQSH tajribasi Kanada, YAponiya, Turkiya va boshqa koʻpgina mamlakatlarga yoyilgan.
Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni murakkablashtiradi.Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. Shuning uchun ham, AQSHda testning yuqori sifatini ta`minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil qilingan. Bu tashkilot test oʻtkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, test oʻtkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini takomillashtirish masalalari bilan shug’ullanadi. Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash boʻyicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar boʻyicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar boʻyicha oʻqituvchilar xizmat qiladi.Testlar EHMda ishlanadi va sinaladi.Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga boʻysunadigan 5000 test shaxobchalari mavjud. Test oʻtkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test oʻtkaziladigan oʻquv yurtlari pedagoglariga) test materiallari va test oʻtkazish boʻyichayoʻllanmalar yuboradi.
Bu misoldan ma’lumki, testlashni samarali oʻtkazish pedagogik testlarning maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar boʻyicha nazariya va amaliyotni oʻzida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga bog’liq.