7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish


Kurslar: kompyuter texnologiyalari, dasturlash tillari, matematika, fizika, dizayn, tadbirkorlik va boshqalar. Interfeys tili



Yüklə 5,52 Mb.
səhifə8/15
tarix12.09.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#142786
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
7-ma\'ruza

Kurslar: kompyuter texnologiyalari, dasturlash tillari, matematika, fizika, dizayn, tadbirkorlik va boshqalar.
Interfeys tili: ingliz tili
Kurs tili: ingliz va boshqa tillar
MOOC asosida masofaviy ta’lim olish
MOOClar yaratilganidan buyon shu kungacha koʻplab ijobiy fikrlarni toʻpladi hamda dunyo boʻyicha millionlab masofadan ta’lim oluvchilar armiyasini shakllantirdi. MOOС platformalari: oʻquv materialini qiziqarli, koʻngilochar (oʻyinli), interfaol shaklda taqdim etadi; ilmga qiziqishni uyg‘ota oladi; kelajagi porloq sohalar haqida fikrlarni shakllantiradi; oliy ta’lim muassasasini tanlashda yordam beradi; chet tillar (aksariyat hollarda ingliz tili)ni chuqur oʻrganish imkoniyatini beradi. Har tomonlama kamol topishga intilgan inson MOOC platformalarida oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirib boradi.
Khan Academy platformasida ta’lim olish
Khan Academy — ta’lim berishga yoʻnaltirilgan, internet orqali bepul va sifatli ta’lim beradigan notijoriy tashkilot. Asosiy maqsadi — dunyo aholisiga sifatli va bepul ta’lim berish. Loyiha Google, Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi va boshqa koʻplab tashkilot hamda shaxslarning xayriyalari hisobiga moliyalashtiriladi. Akademiya platformasining kurslari juda sodda, biroq qat’iy va oʻzini sinab koʻrish uchun juda koʻp interfaol xususiyatlarga ega. Platforma oʻzida ta’lim beruvchi videorolik, amaliy topshiriqlar va ta’lim olishning shaxsiy panelidan tarkib topgan. Boshqa MOOC platformalardan farqli ravishda, Khan Academy kurslari maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, platformada matematika, ingliz tili, kimyo va boshqa fanlar boʻyicha oʻquv materiallari joylashtirilgan. Shuningdek, ta’lim oluvchilar SAT, ACT, GRE, NCLEX-RN va Praxis imtihonlari standart testlariga tayyorgarlik koʻrish uchun materiallar bilan tanishishlari mumkin. Akademiya oʻqituvchi va ota-onalarga standart oʻquv materiallarini belgilash va ta’lim oluvchining oʻzlashtirishini kuzatib borish imkoniyatini taqdim etadi. Tarmoq vositalari yordamida ta’lim oluvchilar boshqa foydalanuvchi va oʻqituvchilar bilan oʻzaro aloqa oʻrnatishi mumkin.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin