topshiriqni bajarish jarayonini toʻliq nazorat qilib boʻlmaydi. Topshiriqlarni bajarish va yakuniy imtihonga oʻquvchi shaxsan javobgar hisoblanadi. Tizimni aldash mumkin, ammo bundan kim ziyon koʻradi?
MOOCning asosiy imkoniyatlari:
— oʻquv materiallarini ta’lim oluvchiga optimal variantda taqdim etish;
— kursdan oʻtish usullari, vaqt tanlashning moslashuvchanligi;
— oʻqituvchining ishtirokisiz mustaqil ravishda kursdan kursga oʻtish;
— kurs oʻqituvchisi va kurs yaratuvchisi rollarining har xilligi;
— ta’lim jamoasini shakllantirish (kurs doirasida).
— ta’lim oluvchi reytingini shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻyinningturli elementlari (nishonlar, mukofot va boshqalar)dan foydalanish;
— baholashning turli usullari va teskari aloqa tizimidan foydalanish;
— rasmiy va maxsus ta’lim muassasalari doirasida kredit va reyting birliklari tizimini shakllantirish.
MOOC platformalarining turlari va vazifalari Inson borki, bir umr bilim olishga, olgan bilimlarini rivojlantirishga va ular tufayli egallagan hayotiy tajribalarini boyitishga harakat qiladi. Bu borada MOOC zamonaviy pedagogik tushuncha va texnologiyalar asosida yaratilgan, ommaga moʻljallangan, bepul (qoʻshimcha ravishda pullik funksiya va imkoniyatlari ham mavjud) tizim boʻlib, internet orqali faoliyat yuritadi. Shu bilan bir qatorda, u oʻzida norasmiy ta’limning yangi shakl va usullarini mujassam etgan holda aralash ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ham taqdim etadi. MOOC kurslari tarkiban boshqa ta’lim tizimlaridan farqli ravishda, asosan, videoma’ruzalar, matn, forum hamda bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlardan tashkil topgan.
Zamonaviy texnika taraqqiyotining natijasi oʻlaroq, oʻquvchilar qoʻlida mobil telefon, planshet, noutbuklarning mavjudligi ularga masofadan turib ta’lim olish imkoniyatini beradi. MOOC kurslari orqali oʻquvchi yil davomida yoki qisqa sessiyalarda ta’lim olishi mumkin. Hozirgi paytda dunyoga mashhur Garvard va Massachusets singari nufuzli ta’lim muassasalari MOOC platformalari orqali turli yoʻnalish va darajadagi onlayn kurslarni taqdim etmoqda. MOOC kurslari bir vaqtning oʻzida minglab oʻquvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan birga, yil davomida qat’iy belgilangan yoki xohlagan vaqtda kursga a’zo boʻlib, undan ta’lim olish imkonini beradi.