7-ma’ruza. Metall karkasli bir qavatli sanoat binolarining monta-fayllar.org
O‘rta turdagi binolar montaji. Bunday binolarga prokat stanlar, blyuminglar (temir yoyadigan katta mashina), slyabinglar (prokat stanlarini bir turi), tayyorlov omborlari va boshqalar kiradi. Qurilish montaj ishlari ikki usulda olib boriladi – ochiq va yopiq. Usul tanlanishi ko‘p faktorlarga bog‘liq: bino karkasining konstruksiyasi, kerakli montaj mexanizmlari va poydevorlarni qurish va ularga texnologik jihozlarni urnatish montaji uchun kerakli ish hajmlarini mavjudligi.
Ochiq usulda avval uskuna va konstruksiyalarning poydevorlarini barpo etish bo‘yicha xamma ishlar bajariladi, shuningdek xamma yerosti kommunikatsiya ishlari, yerto‘la, tunnellar, boshqa barcha nolinchi sikl ishlari bajariladi. Bu ishlarni xammasi tugagach bino karkasini montaj qilishga kirishiladi.
Bu usul ishlarni parallel bajarilishini tashkil etishda yuqori aniqlikni talab qiladi, chunki uskunalar ostida turli xil ko‘p sonli yig‘ma va monolit poydevorlarning mavjudligi, yerto‘lalarni borligi , pol sathi balandligining farqi, ayrim hollarda oraliqlarda montaj mexanizmlarini nafaqat o‘rnatish hatto ko‘chish imkonini bermaydi. Ammo ochiq usulda keng front bo‘ylab ko‘p hajmli yer ishlarini, bino konstruksiyalari va texnologik uskunalar osti poydevorlarini barpo etishni, barcha muhandislik kommunikatsiyalarini o‘rnatishlarni bajarish mumkin.
Yopiq usulda dastlab binoning karkasi barpo etiladi, yer ishlaridan boshlab, karkas ostiga monolit va yig‘ma poydevorlarni barpo etilib, binoning barcha yer usti konstruksiyalarini montaj qilinadi, tomyopma konstruksiyalari va tomqoplamalarini barpo etish ishlari bajariladi. Yuqoridagi ishlar bajarilab bo‘lingandan so‘ng, kotlovanni qazib, texnologik uskunalarning poydevorlarini betonlash uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.
10.1 – rasm. Ikkita kran yordamida tomyopma bloklarini montaji.
1 – gusenitsali kran; 2 – traversalar; 3 – traversaning stroplari (ilgaklari); 4 – kanop arqonli tortqi; 5 – vaqtinchalik metall tayanchlar; І – ІІ – tomyopma bloklari.
Bu usulda ishni tashkil etishda montaj mexanizmlarini ishlashi va bino karkasini montaji uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi. Ammo qurilish tashkilotlari o‘z ishlarini ikkita bosqichda olib borishiga to‘g‘ri keladi – avval yer ishlari va binoni karkasi ostiga poydevorlar barpo etish, so‘ngra xuddi shunday ishlar texnologik uskunalar uchun amalga oshiriladi.