10.2-rasm. Tomyopma bloklarini turlari (tiplari).
oqim-stend liniyasini qurish uchun kam miqdorda material va mehnat xarajati;
ishchilarni mahsulot ishlab chiqarishi 1,3 ... 7 barobarga oshadi;
montaj qilishda iqtisodiy samaradorlik elementlab montaj qilishga nisbatan yuqori bo‘ladi;
bloklarni yig‘ish uchun nisbatan arzon va yuk ko‘taruvchanligi kam montaj kranlarini qo‘llanilishi;
yig‘ishdagi yuqorida bajariladigan xavfli ishlarni mustasno bo‘lishi, chunki barcha ishlar yerda yoki surilar bilan jihozlangan stendlarda bajariladi;
bir marotaba ko‘tariladigan yuk massasi oshadi;
doimiy nazorat bemalolligi ishlar sifatini sezilarli darajada oshiradi;
umumiy ishlarni davomiyligi kamayadi.
asosiy yuk ko‘taruvchi montaj mexanizmidan samarali foydalaniladi va uning turib qolishi mustasno bo‘ladi.
Yig‘ish stendlarini soni asosan 2 ta dan 6 ta gacha, va shunga mos ravishda ( yarasha) bir sutkada 1 ta dan 5 ta gacha bloklarni yig‘ish mumkin.