4.Blokli montaj usullari. Usulning afzalligi va qullanilishi.
Konveyerli yig‘ish va yirik blokli montaj har-xil usullar bilan bajarilib bo‘lib, konveyer liniyasini joylashishi va ishlatilayotgan asbobuskunalar bilan farqlanadi.
To‘liq tayyor bo‘lgan blok uzatadigan aravacha yordamida konveyerga ko‘ndalang yo‘l bo‘ylab uzatiladi va elektr chig‘irlari yordamida siljitilib suriladi.
Yuk ko‘tarish-tashish transport mexanizmlarlari bilan bloklarni oraliq bo‘ylab, o‘rnatish joyigacha tashishga quyidagi faktorlar ta’sir etadi:
blok massasi;
binoning yer ostki qismining barpo etish davridagi texnologik uskunalar poydevorlarining, kommunikatsiyalarini ko‘pligi va
ularni barpo etish usullari va boshqalar (ochiq yoki yopiq).
Shu asosiy mezonlardan kelib chiqqan holda bloklarni konveyerdan ko‘chirishni ikkita asosiy sxemasi ishlab chiqilgan:
blok yuk ko‘taruvchi–transport mexanizmlari, uskunalar va konstruksiyalar yordamida o‘rnatiladigan joyiga yerdagi yo‘llar orqali ko‘chirilib va u yerda ko‘tarilib loyiha holatiga o‘rnatiladi;
blok konveyerdan ko‘tarilib, bino karkasining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari – kranosti to‘sinlari yoki stropilaosti fermalariga tushirilib va loyiha holatiga surilib ko‘chiriladi.
Tayyor bloklarni oraliq bo‘ylab ko‘chirishni quyidagi usullari ishlab chiqilgan va qo‘llaniladi:
kranosti to‘sinlari usti bo‘ylab harakatlanadigan past bo‘yli o‘rnatgichlar bilan;
o‘ch oraliqni o‘rtasida relsli yo‘llarda harakat qiluvchi og‘ir minorali kran yoki og‘ir yuk ko‘taruvchi o‘ziyurar gusenitsali kran bilan;
maxsus yuk ko‘taruvchi konstruksiya bilan;
har bir oraliqda o‘zining rels yo‘llarida harakatlanidigan baland o‘rnatuvchilar bilan;
pnevmog‘ildirakli baland o‘rnatuvchi yordamida;
oldindan montaj qilingan stropilaosti to‘sini yoki ferma bo‘yicha harakatlanadigan past bo‘yli o‘rnatgichlar bilan;
bloklarni o‘ch oraliqda o‘rnatuvchisiz montaj qiladigan keng oraliqli chorpoyali kran bilan.
10.6- rasm. Tomyopma bloklarini konveyerdan o‘rnatkichga uzatish sxemasi: a – yiriklashtirilgan blokni konveyerdan pastki o‘rnatkichga uzatish; b – blokni
stroplarga ilish; 1 – tayyor tomyopma blok montaj zonasiga uzatishdan oldin; 2 – blokni o‘rnatkichga ko‘chirib o‘tkazish; 3 – blokni prolyot bo‘ylab o‘rnatish joyiga uzatish.
Bloklarni konveyer aravachasidan ko‘tarish balkali tirgaklitraversa yordamida kran bilan amalga oshiriladi. Blok ikki tarmoqli stroplar bilan boshmoqlardan ilinadi, boshmoqlar stropilaosti fermasini yuqoridagi belbog‘iga boltlar bilan mahkamlangan bo‘ladi (10.6-rasm). To‘liq tayyor tomyopmasi bloklarini montajini asosiy sxemalarini tushuntiramiz.
Tomyopma bloklari konveyerda yiriklashtirilib, konveyer relslari bo‘ylab montaj qilinadigan oraliqqa uzatiladi. Aravachadan blok montaj krani bilan ko‘tariladi, o‘rnatkichga ko‘chirilib o‘rnashtiriladi, o‘rnatkich kranosti to‘sinlaridagi temir yo‘l bo‘ylab harakatlanib o‘rnatish joyiga keladi va ustunning tayanch maydonchalariga o‘rnatiladi (10.7-rasm). Blok loyihaviy holatiga o‘rnatkichning domkrat uskunalari yordamida tushiriladi.
Dostları ilə paylaş: |