O‘rnatkich ko‘prik kranga o‘xshash, unga o‘rnatilgan tomyopma blokini vertikal ko‘chiradigan domkratlar bilan jihozlangan fazoviy konstruksiyadan iborat (10.8-rasm). O‘rnatkichdagi to‘rt domkratga ustunlardan yuqoriroqda o‘rnatilgan blok oraliq bo‘ylab ko‘chirilib hamma domkratlarni bir maromda ishlashida ish joyiga tushiriladi. Blok ustunlar boshiga tushirilib oldin montaj qilingan bloklar bilan birlashtiriladi. O‘rnatkichning konstruksiyasi urnatiladigan blokni plandagi holatini to‘g‘rilash va tekislashni ham bajarishga imkon beradi. Bo‘shagan o‘rnatkich navbatdagi blokni qabul qilish uchun oraliqni yon chetiga qaytib boradi. Oraliqni oxirgi yacheykasidan o‘rnatkich kran yordamida qushni oraliqqa ko‘chiriladi, oxirgi chetki blok bevosita montaj krani yordamida o‘rnatiladi. Bu bloklarni ko‘chirishni eng keng tarqalgan variantidir. Pastroq o‘rnatkichga o‘rnatilgan massasi 30...45 t tomyopma bloklarini loyiha holatiga chig‘ir yordamida ko‘chiriladi.
10.7- rasm. Tomyopma bloklarini montaji, ―montaj krani-o‘rnatkich‖ sxemasi:
1 – montaj krani; 2 – traversa; 3 – tomyopma bloki o‘rnatkich ustida; 4 – oldin o‘rnatilgan bloklar.
10.8-rasm. Bloklarni uzatuvchi va montaj qiluvchi o‘rnatkich :
1– o‘rnatkich; 2 – blok; 3 – blokni stropilaosti to‘sini; 4 – domkrat konstruksiyasi.
Tomyopma bloklari montaj kranining ish zonasiga uzatiladi. Relsda xarakatlanuvchi montaj krani uchta oraliqli binoning o‘rtadagi oralig‘ida xarakatlanadi (10.9-rasm). Kran tomyopma bloklarini ko‘tarish va o‘rnatishini ta’minlovchi texnik tavsiflari (xarakteristika) asosida tanlanadi.
10.9 –rasm. Tomyopma blokini o‘ziyurar kranlar yordamida montaj qilish.
1 – o‘rnatilayotgan tomyopma bloki; 2 – traversa; 3 – SKR-1500 rusumdagi montaj krani.
10.10–rasm. Tomyopma bloklarini montaji, ―Ko‘taruvchi moslama-o‘rnatkich‖ sxemasi:
1 – o‘rnatkichdagi tomyopma blok; 2 – ko‘tarish moslamasi (konstruksiyasi).
Blokni maxsus ko‘tarish uskunalari bilan ko‘tarib o‘rnatkichga qo‘yiladi (10.10-rasm). O‘rnatkich kranosti to‘sinlari bo‘ylab xarakatlanib, o‘rnatish joyida to‘xtab, blokni domkratlar yordamida loyihaviy joyga tushiradi.
Blok portalli yuklagich-to‘shirgich yordamida ko‘tarilib yerdagi o‘rnatkichga o‘rnatiladi, u oraliq bo‘ylab rels orqali xarakatlanib
tomyopma bloklarini montaj qiladi. (10.11-rasm).
Blok maxsus transport portaliga urnatilib , ishchi oraliqqa kuchirilib urnatuvchiga olib qo‘yiladi.
Bloklar maxsus stendlarda ko‘tariladigan joyda montaj qilinadi. Yiriklashtirilgan qurilishga to‘liq tayyor blok ko‘tarilib loyihaviy holatiga montaj krani bilan o‘rnatiladi, kerakli paytda u bilan stendni yangi joyga olib qo‘yiladi (10.12-rasm).
10.11− rasm. Yerdagi o‘rnatkich bilan tomyopma bloklarining montaji:
1 – portalli yuklagich-tushirgich; 2 – o‘rnatkichdagi tomyopma blok; 3 – yerdagi o‘rnatkich; 4 – konveyer aravachasidagi tomyopma blok.
10.12 –rasm. Joyi o‘zgartiriladigan stenddan foydalanib tomyopma bloklarini montaji: 1– stenddagi tomyopma blok; 2 – montaj krani.
Konveyer liniyasida faqat blok metallkonstruksiyalarini yig‘ish amalga oshiriladi, va ularni o‘rnatish oldingi to‘rt usullardan biri bilan amalga oshirilishi mumkin.
Blokni metall konstruksiyalari maxsus stendlarda yiriklashtirilib konveyerga yaqinroq yerga joylashtiriladi. Zaruriyatga qarab yiriklashtirilgan bloklar tom qoplamasini va montaj simlarini o‘rnatish uchun konveyerga ko‘chiriladi. Bu usulda montajchilarning ishi konveyerdagi notekis ishlashga bog‘liq bo‘lmaydi va uning kafolatli ravishda istagan ritm-maromni ta’minlaydi. Zaruriyat tug‘ilganda metallkonstruksiyalarni yig‘ish uchun stendlar soni oshirilishi ham mumkin.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan montaj usullaridan, vazifasi faqat bloklarni ko‘tarish va loyiha holatiga o‘rnatish bo‘lgan og‘ir montaj kranlarining bekor turishiga qaramay amalda 1 va 2 usullari keng qo‘llaniladi. Odatda bunday o‘rnatishga 1.5...2 soat sarf bo‘ladi. Konveyer ishining ritmi 3...4 soat bo‘lganda montaj krani ish vaqtining 50% dan ko‘proq bekor to‘radi. Undan tashqari kranni ko‘chirish, montaj va demontaji, kranosti yo‘llarini qurish, ham qimmat va ko‘p mehnat sarf qiladigan operatsiyalar bo‘lib, ular o‘zini ko‘p miqdordagi ish hajmlari bo‘lgandagina qoplashi mumkin. Shuning uchun bu maqsadlar uchun chorpoyali kranlar yoki boshqa usullar qo‘llash tendensiyalari-intilishlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |