7-ma’ruza. Metall karkasli bir qavatli sanoat binolarining montaji reja



Yüklə 36,46 Kb.
səhifə6/9
tarix13.12.2023
ölçüsü36,46 Kb.
#174497
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-ma’ruza. Metall karkasli bir qavatli sanoat binolarining monta-fayllar.org

KONVEYERDA YIG‘ISh
Ishlab chiqarishga oid binolarni tomyopma bloklarini konveyerlarda yig‘ishni mohiyati shundaki, alohida maydonchada, qurilayotgan ob’ektga yaqin joyda, maxsus uskuna va moslamalar bilan jihozlangan va yuk ko‘tarish mexanizmlari bilan metallkonstrutsiya elementlari operatsion ketmaketlikda yig‘ilib, ma’lum o‘lchamdagi bikir fazoviy tomyopma bloki xosil qilinadi.
Konveyerni birinchi to‘xtash – turish joyida (10.3−rasm) bikir qilib to‘rtta metall ustun o‘rnatilgan (ustunlarni yuqori qismi) bino uchun qabul qilingan to‘r asosida, masalan 12×24 m li o‘lchamlarda. Birinchi to‘xtash joyi stend bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘rnatilgan ikkita stropilaosti va stropila fermalarni yuqori aniqlikdagi geometrik o‘lchamlarini va bir – biriga bikir qilib o‘zaro maxkamlashni ta’minlaydi. Yig‘ilgan blok domkratlar yordamida 10…15 sm, balandlikka ko‘tarilib, nolinchi turish joyidan relslar bo‘yicha to‘rt g‘ildirakli balansirlovchi aravacha yoki ikki o‘qli mustaqil aravachaga keltirilib blok ostiga kiritiladi, blok unga tushirib maxkamlanadi. Keyinchalik blokni konveyer bo‘yicha siljitish shu aravacha yordamida amalga oshiriladi.
Konveyerning xamma aravachalari o‘zaro bir-biri bilan biriktirilgan bo‘lib, xamma bloklar bir to‘xtash joyidan ikkinchisiga rels bo‘ylab bir vaqtda, bir xil vaqt oralig‘ida, bir xil masofaga elektrchig‘irlari va polispastlar yordamida siljitiladi. Relsli yo‘llar, aravachalar, yig‘ish va bloklarni siljitish moslamalari xammasi birgalikda konveyer deyiladi.

10.3-rasm. Konveyerni birinchi turar joyida tomyopma bloklarini yig‘ish uchun konduktor:


1 – stropila osti to‘sini; 2 – stropila fermasi; 3 – konduktor ustuni; 4 – konveyer aravachasi; 5 – vintli domkrat; 6 – maydonchali montaj narvoni.
Konveyerdagi yig‘ish ishlarining aloxida bir etapi bajariladigan joyni konveyer to‘xtash joyi deyiladi.
To‘xtash joyi – ish o‘rni bo‘lib, unda ma’lum aniq belgilangan qurilish jarayoni bajariladi, u yerdagi ishlarni maksimal mexanizatsiyalashtirish uchun ular konduktorlar, so‘rilar, moslamalar, kichik mexanizatsiya vositalari, elektr bilan ishlaydigan yuqori unumdorli instrumentlar, asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi.
Tomyopma bloklarini konstruktiv yechimlariga qarab birinchi 3…6 to‘xtash joylarida tomyopma bloklarini ya’ni stropila va stropilaosti fermalari, bog‘lovchilar, progonlar, profil to‘shamalar, yorug‘lik – aeratsiya fonarlarini yig‘ish ishlari bajariladi. Keyingi to‘xtash joylarida ferma oraliqlari to‘ldirilib, konstruksiyalari bo‘yaladi, tomqoplamalari quriladi va sanoat kommunikatsiyalari, kabellar o‘tkaziladi.
Bajariladigan ish turiga qarab konveyer liniyasining to‘xtash joylari statsionar so‘rilar, o‘tish ko‘prikchalari bilan jihozlanadi. Har bir yig‘iladigan blok aravalarda siljitilib metallkonstruksiyalar yig‘ilishi va bo‘yoqlanishidan tashqari to‘xtash joylarida ketma-ket ravishda sanitar-texnik jihozlarni, elektroapparaturalarni va ventilyatsion quvurlarni montaji, hamda umumqurilish ishlari bo‘lgan tom qurish va oynalash ishlari bajariladi. Oxirgi to‘xtash joyida yiriklashtirilgan bloklarni qabul qilish amalga oshiriladi.
Bunday bloklar, konveyerdan tushgach o‘rnatishga to‘liq tayyor holatda bo‘ladi va ular qabul qilingach montaj qilish zonasiga tashiladi, u yerda mos yuk ko‘taruvchanlikka ega kranlar bilan loyihaviy holatiga o‘rnatiladi.
Bo‘shagan aravalar konveyer boshiga ko‘chiriladi.
Bloklarni konveyerda bo‘ylama joylashishi yig‘ishda kichik qulochli strelali kranlarni, ko‘ndalang joylashganda esa konveyer uzunligi kamaysada lekin yuk ko‘tarish qobiliyati katta va uzun qulochli kranlarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pincha metall konstruksiyalarni yig‘ishda va bo‘yashda bloklar konveyerda bo‘ylama joylashganda 8...10 ta gacha to‘xtash joyi, tomqoplamalarni yopish va kabellarni o‘tqazish uchun 6 ta to‘xtash joylari talab qilinadi. Shunday qilib konveyerni umumiy uzunligi o‘rtacha 16 ta to‘xtash joyidan iborat bo‘ladi.
Konveyerni joylashish o‘rni qurilayotgan binoga nisbatan uning konfiguratsiyasiga, bo‘sh maydonining borligiga, konveyer liniyasi yonida umumqurilish va maxsus ishlarni olib borish uchun temir konstruksiyalar va materiallar omborxonasini joylashtirish imkonlariga bog‘liq bo‘ladi.

10.4-rasm. ―Konveyer – blokli montaj‖ ishlarini tashkillashtirishning umumiy sxemasi


1 – montaj qilingan tomyopma bloklari; 2 – bloklarni o‘rnatuvchi yordamida
o‘rnatish joyiga siljitish; 3 – blokni aravachadan o‘rnatuvchiga olib qo‘yish uchun kran;
4– blokli o‘rnatilgan tashish aravachasi; 5 – oldindan montaj qilingan relsli kranosti to‘sinlari; 6 – binoning karkasining ustunlari; 7 – konveyerga konstruksiya va materiallarni yetkazish uchun yo‘l; 8 – konveyer; 9 – konveyerni to‘xtash joylari; 10 – konveyerga xizmat qiluvchi chorpoyali kran; 11 – konveyer yonidagi materiallar va konstruksiyalar omborxonasi.
Agar kompleks qurilayotgan bo‘lsa, unda konveyer bir nechta barpo etilayotgan binolarga xizmat qiladigan qilib loyihalanadi.
Konveyerda yig‘ishning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi (10.4-rasm):
  • blokning chidamliligi va geometrik o‘lchamlarni o‘zgarmasligini ta’minlovchi konduktorlar bilan jihozlangan, konveyerda yig‘ish zonasining yaratilishi;


  • yig‘ilgan bloklarni tashish uchun aravacha va kran yo‘llarini o‘rnatilishi;


  • yigishni qulayligi uchun so‘ri va boshqa uskunalar bilan ta’minlanganligi;


  • konstruksiyalarni saralash, oraliq yiriklashtirib va ularni konveyer yig‘ish zonasiga o‘zatish uchun parallel joylashgan omborxona


zonasi;

  • konveyer bo‘ylab bloklarni tashishda va loyixaviy holatiga o‘rnatishda maxsus asbob-uskunalar qo‘llanilishi;

  • bloklarni tayyorlashda kompleks ishlarni ya’ni montaj


umumqurilish ishlari va maxsus ishlarni alohida sikllarga ajratish;


  • texnologik quvurlar, uskunalarni, , ventilyatsiya shaxtalari, havo o‘tkazgichlar va ularni qutilari, ichki suv tarnov quvurlarini montaj qilish va elektrotexnik uskunalarni mahkamlash ishlarni maxsus ishlar sifatida bajarilishi.


Bloklarni konveyerda yig‘ishning afzalligi:


  • ish joylarini ixtisoslashtirilganligi, ishlarni murakkab va oddiy operatsiyalarga bo‘linishi hisobiga mehnat unumdorligini ahamiyatli o‘sishi;


  • ishlarni ritmli( maromli) va oqimli –uzluksiz ravishda bo‘lishi;


  • qurilish montaj ishlarining maksimal mexanizatsiyalashganligi;


  • bloklarni bir to‘xtash joyidan boshqa to‘xtash joyiga maxsus konveyer aravachasida siljitilishi.


Bloklarni konstruktiv yechimiga, texnologik jihozlar ko‘pligiga, to‘xtash joylarida bajarilayotgan jarayolarni taqsimlanishiga qarab oraliq to‘xtash joylari 7 dan 16 ta gacha bo‘lishi mumkin.


Konveyerda ishlar siklini alohida uchastkalar va to‘xtash joylarida taqsimlanishning asosiy prinsiplari:
  • bitta to‘xtash joyidagi maksimal ishchilar soni 10 ta;


  • bajarilayotgan ishlarning bir turliligi;


  • bir oraliq to‘xtash joyida belgilangan ishlarni konveyer xarakatlanishi davomida 2, 3 yoki 4 soat ichida bajarilish imkoniyati.


Metall mahsulotlarini qabul qilish, saralash va qisman yiriklashtirish uchun metall konstruksiyalarning omborxonalari konveyer liniyasi bo‘ylab joylashtiriladi. Konveyer bilan omborxona oralig‘iga maxsus yo‘l plitalaridan tashkil topgan yo‘l quriladi, bunda avtotransport va kranlar xarakatlanib konveyerda montaj ishlarini olib boradi. Odatda 2-3 ta chorpoyali kranlar omborda qushimcha ravishda xizmat qiladi. Bu kranlar juda sekin yurganligi sababli konveyerdagi montaj ishlarini bajarmaydi, ammo ortish-tushirish uchun bemalol qo‘llasa bo‘ladi.


Alohida materiallar va konstruksiyalarning omborlari avtomobil yo‘llariga bog‘lanadi va konveyerni to‘xtash joylariga yaqin joylarga joylashtiriladi.
Qurilayotgan binoning oraliqlaridan birida joylashgan konveyerda, bloklar oraliqda ensiz tomoni bilan ko‘chiriladi va unga bog‘langan omborning o‘lchamlari ham chegaralangan bo‘ladi.

Yüklə 36,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin