7-ma'ruza: Multimedia tizimlari. Reja: Multimedia turlari va ularni ishlab chiqish. Multimedia yaratish uchun dasturlar



Yüklə 343,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.09.2023
ölçüsü343,33 Kb.
#148189
1   2   3   4   5
Animatsion roliklar
. Animatsiya – multimediali texnologiya; tasvirning 
harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketma-ket namoyishi. Tasvir 
harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta kadrdan ortiq videokadrlarning 
almashinishida hosil bo'ladi
2
.
1
Andersen B.B., Brink K. Multimedia in Education. – UNESCO IITE, Moscow 2013. 39-41. 
2
E. Vera. Using Flash. San Francisco: - Macromedia, Inc. pp. 17-187. 



O'yinlar
. O'yin dam olish, ko'ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, organizmdagi 
zo'riqishni yo'qotish hamda ma'lum malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishga 
yo'naltirilgan multimedia ilovalaridandir.
Videoilovalar
– harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi va 
namoyishi. Video tasvirlarni o'qish qurilmalari – videofilmlarni boshqaruvchi 
dasturlar.
Multimedia-galereyalar
. Galereyalar – tovush jo'rligidagi harakatlanuvchi 
suratlar to'plami.
Audioilovalar
. Tovushli fayllarni o'quvchi qurilmalar – raqamli tovushlar 
bilan ishlovchi dasturlar. Raqamli tovush– bu elektrik signal amplitudasining diskret 
sonlar bilan ifodalanishi.
Web uchun ilovalar
bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy qismlari 
(menyu, navigatsiya v.b.), ma'lumot uzatish uchun ilovalar, ko'p kanalli ilovalar, 
chatlar va boshqalar.
Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasini o'rganishda ularning qanday 
yaratilishini ifodalovchi ssenariy ishlab chiqiladi. Har bir multimedia ilovasi alohida 
tarkibiy qismlar (turli mavzular, mantiqiy bo'laklar)dan tashkil topadi. Multimedia 
ilovalarini yaratish quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi: 

yaratilayotgan multimedia ilovasi uchun mavzu tanlash, ish maydonini 
belgilash (masshtab va fon),

kadrlar, qatlamlardan foydalanish,

turli shakllar simvollarini yaratish,

dasturlash tilida o'zgaruvchilar kiritish va skriptlar yozish,

tovushli fayllar bilan ishlash,

matn qo'shish,

effektlar yaratish,

rasmlardan foydalanish va import qilish,

kutubxonadagi tayyor komponentlardan foydalanish,

navigatsiyani yaratish,

matn razmetkasi tillari va skriptlash tillaridan foydalanish.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bir necha bosqichda amalga oshiriladi, 
ulardan asosiylari quyidagilar:
1. Rejalashtirish.
2. Elementlarni ishlab chiqish.
3. Dasturiy ta'minot.
4. Tekshirish.
5. E'lon qilish. 
6. Reklama.
7. Kuzatuv.
Ushbu ishlarni bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz.
Rejalashtirish
. Rejalashtirish jarayonida o'quvchilarning erishishi lozim 
bo'lgan ta'lim natijalari, interfeys qanday bo'lishi kerakligi haqidagi masalalar ko'rib 



chiqiladi
3

Ushbu bosqichida quyidagi savollarga javob topilishi kerak:
1. Multimedia ilovasi nima uchun mo'ljallangan?
2. Multimedia ilovasi qaysi auditoriyaga yo'naltirilgan?
3. Multimedia ilovasiga qanday ma'lumot joylashtiriladi?
4. Auditoriya (foydalanuvchilar) bilan qaytaaloqa qay tartibdaamalga 
oshiriladi?

Yüklə 343,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin