7-ma’ruza: Sulton Jo‘ra va Hakim Nazirlarning hayoti va ijodi Reja



Yüklə 22,94 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü22,94 Kb.
#179840
1   2
7-ma’ruza Sulton Jo‘ra va Hakim Nazirlarning hayoti va ijodi Re-fayllar.org

Hakim Nazir o’zbek bolalar nasrining otaxon ijodkorlaridan, kichkintoylarning
sevimli adiblaridan biridir. U bolalar uchun o’ndan ziyod qissa, roman, pesa, son-
sanoqsiz hikoyalar yaratdi. «So’nmas chaqmoqlar», «Yonar daryo», «Kenjatoy»
qissalari, «Lochin qanotlari» romani, o’nlab hikoyalari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima 
qilinib, chet ellarda ham o’z o’quvchisini topdi.
Zahmatkash adib 1915- yilda Toshkent shahrida mahsido’z-kosib oilasida 
dunyoga keldi. Onasi Malika otinning maktabida boshlang’ich ma’lumot olgandan
keyin, poyabzal fabrikasiga kirdi, shu bilan birga kechki ishchilar dorilfununi 
(industrial texnikum)da o’qishni davom ettirdi.
Hakim Nazir bolaligidan kitobxonlikka juda o’ch bo’ldi, gazeta va jurnallarda 
bosilgan asarlarni chanqoqlik bilan o’qib chiqardi. Undagi o’qish-yozishga bo’lgan
qiziqish uni hozirgi «Tong yulduzi» gazetasi tahririyatida ishlashga olib keldi. 1934 — 
1935-yillardan dastlabki hikoya, ocherklari gazetada, «Yosh kuch» jurnalida bosilib
chiqdi. Bular havaskorlik mashqlari edi. Adib jiddiyroq asar yozish uchun hayot 
taassurotlaridan tashqari chuqur nazariy ma’lumot ham zarur ekanligini angladi.
Kunduzi tahririyatlarda ishlab, kechki Toshkent davlat pedagogika institutida o’qidi va 
til-adabiyot fakultetini muvaffaqiyatli bitirdi. Biroz vaqt o’qituvchilik qildi. Adabiy
ishga astoydil berildi. 1942-yildan boshlab o’n bir yil davomida O’zbekiston radio 
qo’mitasida bo’lim boshlig’i, bosh muharrir bo’lib ishladi. So’ng Badiiy adabiyot
nashriyotida bosh muharrir, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida kotib, adabiy 
maslahatchi vazifalarini bajardi. Mazkur vazifalarni yozuvchi ijodiy ish bilan qo’shib
olib bordi. 
Qunt, chidam bilan o’z ustida ishlashi, tinimsiz ijodiy izlanishi tufayli Hakim
Nazir bolalar yozuvchisi sifatida kitobxonlarga tanildi. 1940-yilda «Kenja» (yangi 
nomi «Quyosh qachon tutiladi?»), 1946- yilda «Salim ota» nomli hikoyalari respublika


tanlovlarida sovrindor bo’ldi. 1951-yilda esa rus tilida chiqqan «Malchiki iz kishlaka»


hikoyalar to’plami Moskvada bo’lib o’tgan tanlovda mukofot oldi. 
Sevimli yozuvchimizning ijod yo’liga sinchiklab nazar tashlasak, uning dastlabki
ijodiy izlanishlari hikoyachilikdan boshlanganini ko’ramiz. Uning birinchi kitobi 
«Qishloqdagi jiyanlarim» ham hikoyalardan jamlangandir. «Qishloqdagi jiyanlarim»
(1948), «Besh baho» (1955) «Cho’l havosi» (1958), «Yaxshi ism» (1962), «Meni 
taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964) nomli hikoyalar to’plamlari birin-ketin
e’lon qilinib, bolalar va o’smirlarning ma’naviy mulkiga aylandi. 
Hakim Nazirning ko’pgina hikoyalari bog’cha yoshidagi yoki endigina birinchi
sinfga qadam qo’ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag’ishlangan. Buni adibning 
«Bir og’iz so’z», «Rasmli kitobcha», «Davronning qushchasi», «Qaysargina ukam»,
«Yaxshi ism», «Ikki o’rtoq», «Bulbul», «Qanddon», «Igna», «Bir tup g’o’za» kabi 
hikoyalari misolida aytish mumkin. Bu hikoyalarda bolalar o’rtasidagi o’zaro do’stlik,
axloq-odob, a’lo o’qish, jamoat ishlarida faollik ko’rsatish, kattalarning yumushlariga 
ko’mak-lashish, qushlar va jonivorlarga g’amxo’r bo’lish, orzu-umidlar qanotida
yashash va boshqa masalalar aks etganini ko’ramiz. 
Muallif «Qishloqdagi jiyanlarim» to’plamidagi «Valijonning dadasi» hikoyasida
bolalarning jangchilarga hurmat va muhab-batini tasvirlaydi. Buni ikkinchi jahon 
urushidan qahramon bo’lib qaytgan Valijonning dadasini butun qishloq ahli zo’r
hurmat va katta tantana bilan kutib olganini ko’rsatish orqali ochadi. 
«Boshoq» hikoyasi bolalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarida ota-onalarga yordam
berishlarini Azimjon, Mamat, Salimjon, Toshtilla obrazlarida gavdalantiradi. 
«Jiyanimning toychasi» hikoyasi kitobxonni qishloq bolalarining xarakterlari va
hayoti bilan tanishtiradi. Mahmudjon bilan Omonning otasi paxtadan mo’l hosil olish 
uchun kim o’zishga kirishadi. Bolalar o’z otalarining g’olib chiqishi uchun kuyib-
pishib harakat qiladilar. Mahmudjon jonidan aziz toychasini aravaga qo’shib, paxta 
tashishga kirishadi. Bu bilan yozuvchi qishloq bolalarining o’ziga xos xususiyatini
yaratadi. Kichik bir parcha orqali katta bir voqeani — bolalarning ulug’ ishlarga qo’l 
urganligini haqqoniy ko’rsatadi.
Hakim Nazirning «Yonar daryo» qissasi o’zbek bolalar adabiyotining katta 
yutug’idir. «Gazqaynar» manzarasini yorqin bo’yoqlarda gavdalantirgan bu asarda
o’sha davrda Qizilqum sahrosi kishilarining jasorati, jo’shqin hayoti, qahramonligi 
hamda bir-biriga chin mehribonligi tasvirlanadi, shuningdek, oiladagi bola tarbiyasi,
bunda ota-onaning tutgan o’rni ko’rsatiladi. Asarda voqea o’n ikki yoshli o’quvchi 
Damir tilidan hikoya qilinadi. Bundan ikki yil avval otasi vafot etib, singlisi Popuk
ikkovi onasining qaramog’ida qolishgan. Ko’p vaqtlari ishda o’tadigan ona bolalar 
tarbiyasiga kam e’tibor bergan. Damir esa keksa buvisining o’ta mehribonligi,
yumshoqligi tufayli o’yinqaroq, o’qishga kamhafsala, o’jar bo’lib qolgan. Natijada, u 
onasiga bo’yin egmaslikka harakat qiladi.
Damirlarning uzoq qarindoshlari Sulton amaki ularning uylariga tez-tez kelib 
turadi, shuning uchun bolalar unga o’rganib qolishgan. Keyinchalik ota sifatida shu
oilaga kirgan Sulton amaki Damir xarakterining shakllanishida muhim o’rin tutadi. 
Damir xarakterida iz qoldirgan ikkinchi muhim voqea uning Qizilqumga safari bo’ladi.
Bu uning ko’z o’ngida yangi olam ochadi, uni mehnat quchog’ida chiniqtiradi. 

Gazchilarning «G’ildirab yuradigan posyolkasi», «Cho’pon boboning


boshchiligida» ochilgan «Mo’’jiza quduq», bemorligiga qaramay Sulton amaki 
ko’rsatgan fidokorlik, umuman, gazchilarning afsonaviy qahramonligi Damir ruhida
keskin burilish yasaydi. 
Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1.

Shoirlarning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?


2.

S. Jo’raning vatanparvarlik mavzusida yozilgan asarlaridan qaysilarini


bilasiz? 
3.
Hakim Nazirning maktabgacha ta’lim va kichik yoshdagi bolalarga 

bag’ishlangan qaysi asarlarini bilasiz?



Mustaqil o`qish uchun asarlar: 
1 .S. Jo’ra asarlari o`qish 
2. Hakim Nazir hikoyalari o`qish



http://fayllar.org
Yüklə 22,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin