7-ma’ruza: Sulton Jo‘ra va Hakim Nazirlarning hayoti va ijodi Reja



Yüklə 22,94 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü22,94 Kb.
#179840
  1   2
7-ma’ruza Sulton Jo‘ra va Hakim Nazirlarning hayoti va ijodi Re-fayllar.org


7-ma’ruza: Sulton Jo‘ra va Hakim Nazirlarning hayoti va ijodi Reja



7-MA’RUZA: 

Sulton Jo‘ra va Hakim Nazirlarning 

hayoti va ijodi 

Reja: 
1. Sulton Jo‘ra hayoti va ijodi 
2. Hakim Nazir hayoti va ijodi
3. Xulosa 
Adabiyotlar: 
1.M.Jumaboеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 
2.M.Jumaboеv. O’zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo’llanma. 1996 y.
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O’zbek yozma adabiyotida folklor an’analari 
Toshkent – 2011
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012


1- 2 ilova 


She’riyat bizni jamlashga qodir

1

.

Richard
Paul H. Fry. Theory of literature


Sulton Jo’ra 1910- yilning 15- yanvarida Buxoro viloyatining SHofirkon
tumanidagi Qag’altom qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. Yetti yoshida ota-onasidan 
yetim qolgan Sulton dastlab boshlang’ich maktabda o’qidi. U 1924-yilda Buxoroga
kelib erlar pedagogika bilim yurtiga o’qishga kirdi va uni 1930-yilda bitirdi. 
Sulton Jo’ra 1931—1938- yillarda Buxoro pedagogika insti-tutining ishchi
fakultetida o’qiydi. 1938—1941- yillarda Andijondagi o’qituvchilar instituti va 
pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.
1942- yilda Sulton Jo’ra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi ham 
qurol, ham qalam bilan mardonavor jang olib bordi. 1943- yilning 14- noyabrida
Belorussiya tupro-g’ida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida 
jangchi-shoir qahramonlarcha halok bo’ldi.
Sulton Jo’raning dastlabki she’rlari 1933-yilda Buxoro yosh shoirlarining 
«She’rlar» to’plamida nashr etildi. Uning 1939- yilda «Fidokor», 1941-yilda
«Moskva» she’riy to’plamlari, 1942-yilda «Iroda» nomli pesasi nashr etildi. Iste’dodli 
shoirning vafotidan so’ng 1951- yilda rus va o’zbek tillarida «Tanlangan asarlar»,
1
Richard Theory of literature Yale University- 2012 Chapter 6–Page 74 


tinch qurilish yillari davrida «Havorang gilam», «Zangori gilam», «Bruno», «Parvoz»,


«Qaldirg’och», «Tanlangan asarlar» kitoblari bosilib chiqdi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida yaratgan asarlarida fashist gazandalarining butun
yovuzliklari ochib tashlandi, ularda yovga qarshi la’nat va nafrat tuyg’ulari davr 
kishilarining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan hamohang yangradi. «To’pchi
Muhammad», «Pulemyotchi ovozi», «Chavandoz», «Uch og’ayni botirlar», 
«Nayzamiz» (1941), «Qahramon Qo’chqor» (1942), «Jahon seni olqishlar», «Berlin
aptekasida» (1943) she’rlari shular jumlasidandir. 
Shoir-pedagog Sulton Jo’ra bolalar uchun yozgan asarlarida baxtli bolalik,
Vatanga muhabbat va dushmanga nafrat, mehnat ahllariga eotiqod tuyg’ularini 
ifodaladi. Ayni chog’da, u yaxshi va a’lo baholarga o’qish uchun kurashish, rostgo’y
va intizomli bo’lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv 
malakasini egallash kabi ta’lim-tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda talqin
etdi. Bunday g’oyalar shoirning «Yozgi yomg’irdan so’ng» (1936), «Qizlar», «A’lo» 
va «Yaxshi»ning maqtovi», «Zangori gilam» (1939), «Lola», «Oy nechta?», «Tinish
belgilarining majlisi», «Cho’ntak», «Sirkda» (1940), «Qarzdor», «Qaldirg’och», 
«Yolg’onchi», «Dengiz tagida» (1941), «Sog’inib» (1942), «Sog’inchli salom»,
«Salom xat» (1943) kabi asarlarida o’z ifodasini topdi. 
Pedagog-murabbiy va jangchi-shoir Sulton Jo’ra o’zbek bolalar adabiyotining
xazinasiga o’zining ana shunday qimmatbaho asarlari bilan munosib hissa qo’shgan. 



Yüklə 22,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin