7-MA’RUZA:
Sulton Jo‘ra va Hakim Nazirlarning
hayoti va ijodi
Reja:
1. Sulton Jo‘ra hayoti va ijodi
2. Hakim Nazir hayoti va ijodi
3.
Xulosa
Adabiyotlar:
1.M.Jumaboеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil.
2.M.Jumaboеv. O’zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo’llanma. 1996 y.
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O’zbek yozma adabiyotida folklor an’analari
Toshkent – 2011
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012
1- 2 ilova
She’riyat bizni jamlashga qodir
1
.
Richard
Paul H. Fry.
Theory of literature
Sulton Jo’ra 1910- yilning 15- yanvarida Buxoro viloyatining SHofirkon
tumanidagi Qag’altom qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. Yetti yoshida ota-onasidan
yetim qolgan Sulton dastlab boshlang’ich maktabda o’qidi. U 1924-yilda Buxoroga
kelib erlar pedagogika bilim yurtiga o’qishga kirdi va uni 1930-yilda bitirdi.
Sulton Jo’ra 1931—1938- yillarda Buxoro pedagogika
insti-tutining ishchi
fakultetida o’qiydi. 1938—1941- yillarda Andijondagi o’qituvchilar instituti va
pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.
1942- yilda Sulton Jo’ra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi ham
qurol, ham qalam bilan mardonavor jang olib bordi. 1943- yilning 14-
noyabrida
Belorussiya tupro-g’ida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida
jangchi-shoir qahramonlarcha halok bo’ldi.
Sulton Jo’raning dastlabki she’rlari 1933-yilda Buxoro yosh shoirlarining
«She’rlar» to’plamida nashr etildi. Uning 1939- yilda «Fidokor», 1941-yilda
«Moskva» she’riy to’plamlari, 1942-yilda «Iroda» nomli pesasi nashr etildi. Iste’dodli
shoirning vafotidan so’ng 1951- yilda rus va o’zbek tillarida «Tanlangan asarlar»,
1
Richard Theory of literature Yale University- 2012 Chapter 6–Page 74
tinch qurilish yillari davrida «Havorang gilam», «Zangori gilam», «Bruno», «Parvoz»,
«Qaldirg’och», «Tanlangan asarlar» kitoblari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida yaratgan asarlarida fashist
gazandalarining butun
yovuzliklari ochib tashlandi, ularda yovga qarshi la’nat va nafrat tuyg’ulari davr
kishilarining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan hamohang yangradi. «To’pchi
Muhammad», «Pulemyotchi ovozi», «Chavandoz», «Uch og’ayni botirlar»,
«Nayzamiz» (1941), «Qahramon Qo’chqor» (1942), «Jahon seni olqishlar», «Berlin
aptekasida» (1943) she’rlari shular jumlasidandir.
Shoir-pedagog Sulton Jo’ra bolalar uchun yozgan asarlarida baxtli bolalik,
Vatanga
muhabbat va dushmanga nafrat, mehnat ahllariga eotiqod tuyg’ularini
ifodaladi. Ayni chog’da, u yaxshi va a’lo baholarga o’qish uchun kurashish, rostgo’y
va intizomli bo’lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv
malakasini egallash kabi ta’lim-tarbiyaviy masalalarni ham
badiiy vositalarda talqin
etdi. Bunday g’oyalar shoirning «Yozgi yomg’irdan so’ng» (1936), «Qizlar», «A’lo»
va «Yaxshi»ning maqtovi», «Zangori gilam» (1939), «Lola», «Oy nechta?», «Tinish
belgilarining majlisi», «Cho’ntak», «Sirkda» (1940), «Qarzdor», «Qaldirg’och»,
«Yolg’onchi», «Dengiz tagida» (1941), «Sog’inib» (1942), «Sog’inchli salom»,
«Salom xat» (1943) kabi asarlarida o’z ifodasini topdi.
Pedagog-murabbiy va jangchi-shoir Sulton Jo’ra o’zbek bolalar adabiyotining
xazinasiga o’zining ana shunday qimmatbaho asarlari bilan munosib hissa qo’shgan.