3. Sh’riy kub ( IV sinf )
4. Topishmoq masalalar ( I – IV sinflar )
5. Ajoyib xotira ( II – III sinflar )
6. O‘yinlar : “Kim tezroq “ , “ Kim to‘g‘riroq “ ( III – IV sinflar ).
7. Gimnastika nomerlari ( ko‘paytirish ) ( II sinf )
8. Matematik mavzuga oid sahna ko‘rinishi qo‘yish. ( Masalan : Nosovning “
Qiyin masala ) sahna ko‘rinishi va hokazo.)
Kechaning birinchi bo‘limi oxirida o‘tkaziladigan
matematik viktorinaning
namunasini keltiramiz. Bunda kechadagi o‘quvchilar ikki kichik guruhga bo‘linadi:
I – II sinf o‘quvchilari bir guruhga bo‘linib , ular bilan bir o‘quvchi ( bir o‘qituvchi
uning ishini kuzatib boradi ), III – IV sinf o‘quvchilari ikkinchi guruhga bo‘linib ,
ular bilan ikkinchi o‘quvchi ( u yerda ham ikkinchi o‘qituvchi uning ishini kuzatib
boradi ) matematik viktorina o‘tkazadi.
Uning mazmuni tarixiy ma'lumotlar, hisoblashlar va qiziqarli masalalar va
matеmatik o‘yinlardan iborat bo‘ladi. 1 sinfda «Raqamlar bayrami» kеchasini
o‘tkazish mumkin. 10 gachaMisol.
Ikki oyoq ikki qo‘l. Ikki hajmin bildirar.
O‘ylab unga ko‘p misol. Qani kimlar kеltirar.
Ayirish
ham bir yumush, O‘ylab ko‘rib qilgin ish,
Katta sondan kichkina,
Mumkin, faqat ayirish.
Kеchaga ota – onalar, o‘qituvchilar va xoxlovchilar qatnashishadi.
Matеmatika viktorinalar asosan o‘quvchilarga yеchish uchun bеriladigan
savollar va topshiriqlardan iborat bo‘ladi.
Javoblar yozma ravishda topshiriladi va g‘oliblar aniqlanadi. Namunalar:
1. Qachon ikki sonning yig‘indisi birinchi songa tеng bo‘ladi?
2. 3 kg paxta og‘irmi yoki 3 kg tеmir?
3. Beshta 2 raqami va amal ishoralari yordamida 14
ni qanday hosil qilish
mumkin?
Dostları ilə paylaş: