7-Mavzu: elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari reja



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/6
tarix10.03.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#87202
1   2   3   4   5   6
Mavzu-6

Microsoft Excel fayli ish kitobi deb ataladi. Ish kitobi jadval bo‘lib, uning pastki qismida ko‘rsatilgan ish varaqlaridan tashkil topgan. Varaq nomini o‘zgartirish uchun uning yorligi ustida ikki marta bosish va yangi nomni kiritish lozim. Uning uzunligi 31 simvoldan oshmasligi lozim, va quyidagi simvollarni: \ / ? * : [ ] ) o‘z ichiga olishi mumkin emas.
Excel 2007 da Ishchi varaq 16384 ustun va 1048576 qatordan iborat bo‘lishi mumkin va unda jadval joylashtiriladi.

Jadval- har bir element boshqa elementlarga nisbatan tutgan o‘rni bilan aniqlanadigan ma’lumotlar majmuasi.
Katak – ustun va qator kesishgan joydir.
Jadvalning har bir katakchasi qator nomi va ustun nomidan tashkil topgan manzilga ega. Misol uchun, agar katak F ustuni va 7 – qatorda joylashgan bo‘lsa, uning manzili F7.
Diapazon - ba’zi-bir adabiyotlarda blok yoki maydon deb yuritiladi.
Diapazon — to‘g‘ri to‘rtburchak ichida joylashgan kataklar to‘plamidir.
Diapzonni ko‘rsatish uchun uning yuqori chap va o‘ng pastki kataklari ko‘rsatiladi va ular ikki nuqta bilan yoziladi, masalan B3 katagidan F4 katagigacha bo’lgan diapazon B3:F4 deb yoziladi. Misollar
B2:D4 – diapazonida 9 ta katak bo‘lib, ular B2, B3, B4, C2, C3, C4, D2, D3, D4 ;
B2:B5 - diapazonida 4 ta katak bo‘lib, ular B2, B3, B4, B5;
B2:E2 - diapazonida ham 4 ta katak bo‘lib, ular B2, C2, D2, E2.
 Umumiy holda Excel 2007 da quyidagi imkoniyatlar jamlangan:
  • katta hajmdagi fayllar bilan ishlashi;
  • katakga nisbatan formatlash soni ko‘paytirilgan;
  • formulada 64 tagacha ichma-ich joylashuv mumkin;
  • formulani avtotugatilishi;
  • diagrammaning tashqi ko‘rinishlari yaxshilangan;
  • ishchi kitob mavzulari;
  • qobiqlar;
  • betma-bet tasvirlash;
  • shartli formatlashning qo‘shimcha parametrlari;
  • “Параметры Excel” oynasining afzalligi;
  • birgalikda qayta ishlash imkoniyati;
  • kengaytirilgan SmartArt va WordArt;
  • umumlashtirlgan jadvallarni tuzish yengillashtirilgan;
  • faylni PDF formatda saqlash;
  • formula panelining imkoniyatlari kengaytirilgan;
  • shablonlar soni oshirilgan;
  • holatlar paneli orqali nazorat kuchaytirilgan.

  •  


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin