7-Mavzu: elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari reja


Funksiyalar. Microsoft Excel



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə4/6
tarix10.03.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#87202
1   2   3   4   5   6
Mavzu-6

Funksiyalar. Microsoft Excel da Funksiyalar deb muayyan vazifani yechish uchun bir necha hisoblash operatsiyalari birlashmalari ataladi. Microsoft Excel da funksiyalar bir yoki bir necha argumentlarga ega formulalarni ifodalaydi. Argumentlar sifatida son qiymatlari yoki kataklar manzillari ko‘rsatiladi. Argumentlar qavslar ichida ( ) yoziladi. Argumentsiz funksiyalarda ham qavslar qo‘yiladi.
Funksiyalar quyidagi vazifalarni bajarish imkonini yaratib beradi:
-formulalarni qisqartirish;
-murakkab hisob ishlarini bajarish;
-har xil jarayonlarni avtomatlashtirish.
Iqtisodiy va boshqa turdagi masalalarni yechishda eng ko‘p qo‘llaniladugan asosiy matematik, statistik va boshqa standart funksiyalarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
СУММ (argumentlar ro‘yxati) - argumentlar ro‘yxtidagi sonlarni qo‘shish;
СРЗНАЧ (argumentlar ro‘yxati) - argumentlar ro‘yxtidagi sonlarning o‘rta qiymatini hisoblash;
МИН (argumentlar ro‘yxati) - argumentlar ro'yxtidagi sonlarni minimal qiymati;
КОРЕНЬ(son) – manfiy bo‘lmagan sonning kvadrat ildizini hisoblash;
ФАКТР(son) – sonning faktorialini hisoblash;
СЛЧИС(tasodifiy son) - tasodifiy sonni chiqarish (0 va 1 orasidan);
СУММЕСЛИ(diapazon; shart; yig‘indi) – berilgan diapazondagi berilgan shartni qanoatlantiruvchi sonlar yig‘indisini hisoblash;
СЧЁТЕСЛИ(diapazon; shart) – berilgan diapazondagi berilgan shartni qanoatlantiruvchi kataklar sonini hisoblash;
ABS(son) – sonning absolyut qiymatini hisoblash;
LN(son) – noldan katta sonning natural logarifmini hisoblash;
EXP(son) – sonning eksponentasini hisoblash;
SIN(son) – sonning sinusini hisoblash;
COS(son) – sonning kosinusini hisoblash;
TAN(son) – sonning tangensini hisoblash;
ЕСЛИ( shart;1-ifoda; 2-ifoda) – agar shart rost bo‘lsa, u holda 1-ifoda bajariladi, aks holda esa 2-ifoda bajariladi;
И( 1-shart, 1-shart,…) – agar barcha shartlar rost bo‘lsa, u holda natija ham rost bo‘ladi, aks holda yolg‘on bo‘ladi;
ИЛИ( 1-shart, 1-shart,…) – hech bo‘lmaganda bitta shart rost bo‘lsa, u holda natija ham rost bo‘ladi, aks holda yolg‘on bo‘ladi;
Masalan:

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin