2. MS Excelda formulalar ustida amallar bajarish Asosiy ma’lumotlar. Jadvaldagi hisoblashlar formulalar yordamida bajariladi. Formula matematik operatorlar, qiymatlar, katak va funksiyalar nomiga tayanishlardan tashkil topishi mumkin. Formulani bajarish natijasi sifatida formula joylashgan katak ichidagi muayyan bir yangi qiymat xizmat qiladi. Formula tenglik belgisi "=" dan boshlanadi. Formulada arifmetik operatorlar + - * / ishlatilishi mumkin. hisoblashlar tartibi oddiy matematik qonunlar bilan belgilanadi. Formulalar misollari: =(A4+V8)*S6, =F7*S14+B12. Konstantalar – katakga kiritiladigan va hisoblashlar vaqtida o‘zgarishi mumkin bo‘lmagan matn yoki son qiymatlari. Boshqa katak yoki kataklar diapazoni – yordamida aniq katak yoki bir necha katak ko‘rsatiladigan usul. Alohida katakga tayanish – uning koordinatalari. Bo‘sh katak qiymati nolga teng. Tayanishlar ikki turli bo‘ladi: nisbiy – kataklar formula yordamda katakdan nisbiy siljish bilan ifodalanadi (masalan: F7). absolyut – kataklar $ belgisi (masalan: $F$7) bilan birikmada kataklar koordinatalari orqali ifodalanadi. Oldingi turlar birikmalari (masalan: F$7). Formulalardan nusxa ko‘chirishda nisbiy tayanishlar ko‘chish kattaligiga o‘zgaradi. Kataklar guruhiga murojaat qilish uchun maxsus belgilardan foydalaniladi: : (ikki nuqta) – kataklar blokiga murojaat qilishni shakllantiradi. Ikki nuqta orqali blokning chap yuqori va o‘ng pastki kataklari ko‘rsatiladi. Masalan: S4:D6 –S4, S5, S6, D4, D5, D6 kataklariga murojaat qilish. ; (nuqtali vergul) – kataklar birlashmasini ifodalaydi. Misol uchun, D2:D4;D6:D8 –D2, D3, D4, D6, D7, D8 kataklariga murojaat qilish. Katakga formulani kiritish uchun '=' belgisini va hisoblash uchun formulani kiritish zarur. Enter klavishasini bosgandan so‘ng katakda hisoblash natijasi paydo bo‘ladi. Formulani o‘z ichiga olgan katakni belgilashda, formula taxrir qilish satrida paydo bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, hisoblash natijasi hosil bo‘ladigan katak yana shu katakga murojaat qilmaydigan bo'lishi kerak, ya'ni rekursiv bo‘lmasligi kerak. Aifmetik ifodalarda quyidagi arifmetik amallardan foydalanish mumkin: + - qo‘shish; - - ayirish; * - ko‘paytirish; / - bo‘lish; ^ - darajaga ko‘tarish; & - matnlarni birlashtirish. > < >= <= <> = - mantiqiy amallar.