7-mavzu. Harakat xavfsizligi sohasini boshqarish. Reja


yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 41,05 Kb.
səhifə3/7
tarix03.11.2022
ölçüsü41,05 Kb.
#67280
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
yo‘l harakatini tashkil etish — yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma;
transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
4-modda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i muhofazasining, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari, shuningdek atrof muhit himoyasining ustuvorligi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarning ustuvorligi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatning tizimliligi.


10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati:
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yo‘l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yo‘l harakati qoidalariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi;
avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalariga rozilik beradi;
foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi, transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigini o‘tkazadi;
yo‘llarning va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarining saqlanishi, ularning yo‘l harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan yo‘llardan va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylaridan foydalanishni taqiqlaydi;
transport vositalarining, yo‘l harakati qoidalari buzilishining hamda yo‘l-transport hodisalarining hisobini va ro‘yxatini yuritadi;
transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalar beradi;
qonunchilikka muvofiq o‘zining vakolat doirasiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



Yüklə 41,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin