Ekologiya huquqining tushunchasi Tabiat
va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik
turli yo`nalish
va shakllarda uzoq vaqt
davomida amalga oshirilib kelinmoqda.
Asrlar
davomida
insoniyat
tabiat
qonuniyatlariga moslashib, o`zining
turli
ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatdan
foydalanib, unga ta'sir o`tkazmoqda. Shuni
alohida ta'kidlash kerakki, jamiyat a'zolari
ongining
tobora takomillashishi, yangi
mehnat qurollarining ixtiro etilishi o`z
navbatida, insonning
turli ehtiyojlarining
rivojlanishiga olib keldi. Inson o`z ehtiyoj-
larini qondirish uchun tabiiy resurslardan
foydalanib salbiy ta'sir ko`rsata boshladi.