7-MAVZU: IQTISODIYOT VA UNING REAL SEKTORINI RIVOJLANTIRISHDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNING O’RNI VA AHAMIYATI
Ma’ruzachi: B.B.Ochilov
Reja:
1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi, tarkibiy tuzilishi va shakllanishi.
2. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish omillari va unda investitsiyalarning tutgan o’rni.
3. Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari. Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi ahamiyati.
4. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari.
5. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlardan ko’zlangan maqsad va uning amalga oshirilishi natijalari.
6. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyati.
1. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo’lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o’xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funktsiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq qiladi.
2. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko’rsatish sohalarini o’z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi.
3. Iqtisodiyotning real sektori kapitalni spekulyativ harakatini istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o’sish jarayonlarini birlashtiradigan soha.
4. Iqtisodiyotning real sektori – kommertsiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik, o’rta va yirik korxonalar yig’indisidir