7-mavzu. Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalar va kasb
kasalliklari.
Reja
1. Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan jarohatlanishlar.
2. Ishlab chiqarishda yuzaga kasb kasalliklari
3. Kasb kasalliklarida beriladigan imtiyozlar
Tayanch so’z va iboralar: kasb kasalliklari, jarohatlanishlar, imtoyoz, tibbiy
ko’rik, harorayt, namlik, energiya, tanadagi namlik, imliy manba, mushaklar,
jarayon.
Avvalo shuni aytish lozimki, korxonalarning xodimlari O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz xodisalar va
kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urta qilinishlari shart (“Mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunining 22- moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish
beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni o‘z vaqtida tekshirish va hisobga
olib borishi shart.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil
6 iyundagi 286- sonli qarori bilan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va
xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish
to‘g‘risida” Nizom tasdiqlangan (kelgisida Nizom). O‘zbekiston Respublikasi
hududida mulkchilikning barcha shaklidagi korxona, muassasa, tashkilotlarda,
shuningdek mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat
faoliyati bilan bog‘liq holda xodimlar bilan ro‘y bergan baxtsiz xodisalarni
tekshirish va xisobga olib borish tartibi belgilab berilgan. Mazkur Nizom:
– sud hukmiga binoan jazoni o‘tayotgan fuqarolarga ishlab chiqarishdagi ish
davomida;
– ish beruvchilarga;
– pudrat va topshiriq shartnomalari bo‘yicha fuqarolik-huquqiy (kontraktlar)
bitimlar asosida ish bajarayotgan shaxslarga;
– tabiat xodisalari va texnogen xarakteridagi favqulodda xodisalarning
oqibatlarini tugatishda ishtirok etayotgan shaxslarga;
– yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga, basharti maxsus xalqaro
shartnomalarda o‘zgacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
– harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish, qishloq xo‘jaligi
va boshqa ishlarni bajarish uchun korxonalarga ishlashga yuborilgan harbiy
xizmatchilarga, shuningdek, muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga;
– korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va
o‘quvchilarga nisbatan tadbiq etiladi, tekshirib ko‘riladi.
Nizomga muvofiq, korxona hududida hamda uning chegarasidan tashqarida
mehnat vazifalarini bajarish vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish manfaatlarini
ko‘zlab qilingan harakatlar natijasida yuz bergan xodisalar, korxona transportida
ishga kelish va qaytish vaqtida yo‘lda, korxona territoriyasida (tanaffus vaqti ham
shunga kiradi), shanbaliklarni o‘tkazish vaqtida, ishlab chiqarish ob’ektlarida yuz
bergan avariyalar, vaxta usulida ish tashkil qilingan posyolka territoryasida yoki
smena tugagan, dam olish vaqtida, ish vaqtida o‘zining shaxsiy transportida, basharti
bunga ish beruvchi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lsa, yuz bergan xodisalar ish
beruvchining topshirig‘i bo‘yicha transportda yoki yayov kelayotgan xodim bilan,
shuningdek faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘rtasida qatnash bilan bog‘liq
xodimlar bilan ish vaqtida yuz bergan, shanbaliklar vaqtida uning joyidan qat’iy
nazar, otalikka olingan korxonalarga yordam ko‘rsatish vaqtida, o‘z xizmat
vazifalarini bajarayotganda xodimga boshqa shaxs tomonidan ish vaqtida etkazilgan
tan jarohati va boshqalar baxtsiz xodisalar sanaladi.
Tabiiy o‘lim, o‘z-o‘zini o‘ldirish, jabrlanuvchi o‘z sog‘lig‘iga qasddan
shikast etkazilganligi, shuningdek jabrlanuvchi jinoyat qilayotgan paytda olgan
jarohatlar kabi xodisalar tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Nizomga ko‘ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa tufayli xodim kamida bir
kun mehnat qobiliyatini yo‘qotsa yoki uni tibbiy xulosaga muvofiq boshqa engilroq
ishga o‘tkazish zarurati kelib chiqsa, bunday baxtsiz xodisa N-1 shaklidagi akt bilan
rasmiylashtiriladi.
Jabrlanuvchining talabiga binoan, tekshiruv tugagan kundan e’tiboran, uzog‘i
bilan 3 kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz xodisa to‘g‘risida dalolatnoma berishi
shart (Mehnat kodeksining 222-moddasi).
Ish beruvchining buyrug‘iga asosan, ish beruvchining vakillari hamda kasaba
uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi xodimlaridan iborat
tarkibda komissiya tuziladi. Komissiya 3 kun ichida tekshiruv o‘tkazib, uch nusxada
akt tuziladi va bunda baxtsiz xodisaning kelib chiqish sababi, kimning aybi bilan
ro‘y berganligi va uning oldini olish choralari ko‘rsatiladi. Akt ish beruvchi
tomonidan tasdiqlanadi va jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi
shaxsga, korxonadagi mehnat muhofazasi xizmati rahbariga (muhandis,
mutaxassis), barcha tekshirish materiallari bilan davlat mehnat-texnika
inspektsiyasiga yuboriladi.
Guruh tarzidagi (ikki va undan ortiq) xodimlar bilan roy bergan baxtsiz
xodisalar alohida tartibda tekshiriladi. Shuningdek, baxtsiz xodisa tufayli o‘lim sodir
etilgan yoki nogironlik kelib chiqqan bo‘lsa, shunday alohida tekshiruv o‘tkaziladi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha davlat inspektori zarur hollarda: shikoyatga
asosan, baxtsiz xodisa ochiq qolganda va boshqa sabablarga ko‘ra uning qachon
sodir bo‘lgan vaqtidan qat’iy nazar, mustaqil ravishda tekshiruv o‘tkazilishi
mumkin. Davlat inspektori tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosa tuzadi, bunda u
baxtsiz xodisa va unga oid holatlarga xarakteristika berib, baxtsiz xodisaning asosiy
sabablari va mehnat muhofazasi qoidalarini buzgan shaxslarni ko‘rsatib o‘tadi. Ro‘y
bergan baxtsiz xodisa tufayli besh va undan ko‘p bo‘lgan kishilar xalok bo‘lgan
bo‘lsa, bunday xodisa Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tuzilgan komissiya
tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi. Maxsus tekshiruv komissiyasi 15 kun ichida
baxtsiz xodisani tekshiradi, korxonada mehnat muhofazasining holati yuzasidan
tekshirish o‘tkazadi, maxsus tekshiruv yuzasidan akt tuzadi va uni barcha materiallar
bilan qo‘shib rasmiylashtiriladi. Davlat bosh mehnat texnika inspektori tomonidan
barcha tekshiruv materiallari prokurorga, Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligiga, tegishli vazirliklarga, kasaba uyushmalarining yuqori organlariga
yuboriladi.
Nizomga ko‘ra, barcha baxtsiz xodisalar hamma vaqt hisobga olinib, maxsus
jurnalda ro‘yhatdan o‘tkaziladi.
Mazkur nizomda:
1)
guruh tarzidagi baxtsiz xodisalar haqida xabar berish;
2)
ishlab chiqarishda ro‘y bergan baxtsiz xodisani ro‘yhatga olish tartibi;
3)
ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning oqibatlari haqida ma’lumot
berish;
4)
baxtsiz xodisa haqidagi N-1 shaklidagi aktni to‘ldirish tartibi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-
sonli qarori bilan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa to‘g‘risida xabar berish
sxemasi tasdiqlangan.
Bosh davlat texnika inspektori maxsus tekshiruv o‘tkazayotgan
komissiyaning xulosasi bilan kelishmasa, zarur deb topgan hollarda, o‘zining
xulosasini berishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlamoq lozimki, mehnat qonunchiligida baxtsiz xodisalar
yuzasidan tuzilgan xulosalar xususida kelib chiqqan nizolarning qaysi organ
tomonidan va qanday hal qilish tartibi belgilanmagan.
Ish beruvchi dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tmagan shaxslarning
ishlashiga ruhsat bergani, shuningdek tibbiy ko‘rsatmalarga zid holda ishga
qo‘ygani uchun javob beradi. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazishda xodimning ishga
yaroqliligi masalasi har bir alohida shaxsiy tarzda, tananing funkional holati,
patomantiqiy jarayon xarakteri va qanday ifodalangani, yoshi, kasb tayyorgarligi,
ish staji va mehnat sharoitlari hisobga olingan holda hal qilinadi. Kasbga yaroqlilik,
salomatligiga qarab vaqtincha yoki doimiy boshqa ishga o‘tkazish haqidagi xulosa
ish beruvchi tomonidan bajarilishi zarur.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganda kasb kasalliklari alomatlari aniqlansa,
xodimlar tashxis va kasallikning kasbga aloqadorligini oydinlashtirish maqsadida
maxsus tekshiruvga tegishli tibbiyot muassasalariga, jumladan sanitariya-gigiena va
kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tibbiyot oliy o‘quv
klinikalariga yuboriladilar.
Kasb kasalligi klinikasida tekshiruv davri ichida tekshiriluvchiga kasallik
varaqasi berilmasdan, amaldagi qonunchilikka binoan uning ish haqi saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi
300-sonli buyrug‘i bilan kasb kasalliklarini xabar qilish, tekshirish, qayd qilish, va
hisobga olish tartibi haqida Yo‘riqnoma ham tasdiqlangan. Mazkur yo‘riqnoma
barcha davolash profilaktika muassasalari uchun zaruriy va asosiy hujjat bo‘lib
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida kasb kasalliklarini hisobga olish tizimi
quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
– kasb kasalliklarini nazorat qiluvchi sanepidstantsiyalarga zudlik bilan xabar
qilish;
– kasb kasalliklari xodisalarining maxsus tekshiruvini o‘tkazish;
– zararli ishlab chiqarish omillarining odam salomatligiga ta’sirini bartaraf
etish va ularning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar o‘tkazish;
– O‘zbekiston Respublikasi kasb kasalligiga chalinish holatini tahlil etish va
kasb kasalliklarini profilaktika qilishning mukammal dasturlarini va nazorat etish
usullarini amaliyotga joriy etish;
– aholi salomatligi haqidagi ma’lumotlarning umumiy tizimida ayrim
xastaliklar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Xulosa, Mazkur yo‘riqnoma xodimlar va aholi orasida kasb kasalliklarini
tekshirish, qayd qilish va hisobga olishning umumiy tartiini belgilab beradi.
Bugun O‘zbekiston hududida kasb kasalliklari hodisalari maxsus ravishda
hisobga olinadi va tekshiriladi. Bu xastaliklar ro‘yxati yuqorida ta’kidlanganidek,
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300-
sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Yuqorida eslatilgan Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan kasb
kasalliklari ro‘yhatini qo‘llashga doir yo‘riqnoma ham tasdiqlangan.
Kasb kasalligiga tashxis qo‘yishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga
aloqadorligida, mehnat qobiliyatini aniqlash ekspertizasida, tibbiy va mehnat
qobiliyatini tiklash masalalarini hal etishda, shuningdek xodimlar sog‘lig‘iga
yetkazilgan zararni korxonalar va tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan qoplashga
aloqador masalalarni ko‘rib chiqishda ushbu ro‘yxat asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur ro‘yhatga noxush ishlab chiqarish omillari (pnevmokneozlar, tebranish
kasalligi, zaharlashnish va boshqalar) ta’sir ko‘rsatishi tufayli kelib chiqadigan kasb
kasalliklari, shuningdek muayyan noxush ishlab chiqarish omili-kasb omili ta’sir
ko‘rsatishiga aloqador ekanligi va organizmda huddi shunday o‘zgarishlar (bronxit,
allergik kasalliklar, katarakta va boshqalar)ning rostmana ta’siri keltirib chiqargan
boshqa xastaliklar kiritilgan. Mazkur xastalik kasbga aloqador ekanligi to‘g‘risidagi
masalani hal etishda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik klinik kechishi
shaklining tavsifi, etimantiqiy omil va bajariladigan ishlar turi, mehnat staji,
muayyan ishlab chiqarish sohasidagi aniq mehnat sanitariya-gigiena sharoitlari
hisobga olinishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi
300-sonli
buyrug‘i
bilan
kasb
kasalliklariga
chalingan
bemorlar
dispanserizatsiyasini o‘tkazish tartibi haqida nizom tasdiqlangan (9-ilova). Mazkur
Nizom bemorlarni amaliy sog‘lom va kasallanishga moyil no‘qsonlarni
ambulatoriya-poliklinika muassasalarida dispanserizatsiya o‘tkazishning bir qismi
hisoblanadi. Dispanser hisobiga kasb kasalliklari, jumladan, kasallikning
boshlang‘ich va klinik belgilari ham ifodalangan (kam ifodalangan) shakllari bilan
kasallangan bemorlarning dispanserizatsiyasi tizimida ularni mehnatga to‘g‘ri
joylashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bemorlarning sog‘lig‘ini qayta
tiklashning asosiy shartlaridan biridir.
Kasb kasalliklarining zo‘rayishi va asoratlarining oldini olish maqsadida kasb
kasalliklari ifodalangan turi bilan kasallangan barcha bemorlar kasb kasalliklari
klinikalarida har yili davolanadilar va ular butun umri davomida dispanser nazorati
ostida bo‘lishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |