TARIX FALSAFASI
Ma’lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning
rivojlanish jarayonidagi o’rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga
bog’lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o’rganilgan taqdirdagina tushunish
mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo’lgan savollar
kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi
qaysi yo’nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu
savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo’limi
javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va
funksiyalarini yoritishga lozim darajada e’tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur
bo’limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz.
Dostları ilə paylaş: |