7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja


Tarix  falsafasining  hozirgi  konsepsiyalari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
7-Ma'ruza

Tarix  falsafasining  hozirgi  konsepsiyalari.  «Tarix  falsafasi»  atamasi 

nisbatan yaqinda paydo bo’lgan bo’lsa-da, dastlabki falsafiy-tarixiy g’oyalar qadim 

zamonlardayoq  vujudga  kelgan.  Shu  sababli  tarix  falsafasining  hozirgi 

konsepsiyalari  mohiyatini  yaxshiroq  anglab  yetish  uchun  tarixiy  o’zlikni 

anglashning  tadrijiy  rivojlanish  jarayoniga  nazar  tashlash  lozim.  Tarixiy 

jarayonning yagonaligi va rang-barangligi, uni davriylashtirish va uning shakllarini 

tizimga  solish  haqidagi  tasavvurlar,  shuningdek  insoniyat  tarixiy  rivojlanishini 

harakatlantiruvchi kuchlar va uning yo’nalishi haqidagi masala har doim yuqorida 

zikr etilgan jarayonning muhim tarkibiy qismlari hisoblangan.  

Tarixiy  harakat  yo’llarini,  tarixiy  jarayon  tendensiyalari  va  yo’nalishini 

anglab  yetish  muammosi  antik  davr  mutafakkirlari,  avvalo  Gerodot,  Fukidid, 

Aristotel,  Teofrast,  Pliniy  Katta  va  boshqalarda  kuchli  qiziqish  uyg’otgan.  Bu 

tarixchi  va  faylasuflarning  asarlarida  insoniyatning  o’tmishi  va  kelajagi  haqida 

muayyan  tasavvurlar,  odamlarning  qilmishlari  haqida,  tarixiy  voqyealarning 

yo’nalishi  va  mazmuni  to’g’risida  mulohazalar  mavjud  bo’lgan.  Kkeyinchalik 

bularning barchasi jamuljam holda «tarix falsafasi» deb nomlangan, lekin ular hali 

qarashlarning  mukammal  tizimini  tashkil  etmagan.  Bundan  tashqari,  qadimgi 

faylasuflar  va  tarixchilarning  aksariyati  diniy-mifologik  dunyoqarashga  amal 

qilgan. Bu dunyoqarashga ko’ra, jamiyatda, xuddi tabiatdagi kabi, aylanma harakat 

mavjud, odamlarning xatti-harakatlari taqdirga yoki xudolar irodasiga bo’ysunadi. 

Buyuk shaxslar – jamoa oqsoqollari, siyosiy arboblar, qahramonlarga xos bo’lgan, 

o’z  tabiatiga  ko’ra  o’zgarmas  sanalgan  ehtiros  va  iroda  inson  xulq-atvorini 

belgilovchi omil hisoblanadi.  

O’rta asrlarda falsafiy tafakkurining namoyandalari Avreliy Avgustin, Foma 

Akvinskiy  va  b.  Injil  va  yunon-rim  falsafiy-tarixiy  tafakkurini  sintez  qilib, 

tarixning  yangi,  teologik  konsepsiyasini  yaratdi,  tarixiy  voqyealarning  mazmuni, 

tarixiy  asarlarning  mohiyati  va  vazifalari  haqida  yangicha  tasavvurlarni  ilgari 

surdi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq, xristian mualliflari, tarix orqali ilohiy niyatni 

tushunib  yetishga  harakat  qilib,  aylanma  harakat  g’oyasini  rad  etdilar  va  tarixiy 



jarayonni o’tmishdan kelajak (bo’lg’usi panohga erishish, masihning kelishi) sari 

chiziqli harakat sifatida tasavvur qildilar.  

Markaziy Osiyo mutafakkiri A.R.Beruniy podsholiklar tarixi orqali o’tmishni 

davrlarga bo’lishni taklif qiladi. Tarix uning fikricha, fikr va tafakkur  manbai. U 

doimo  turli  fanlarning  o’zaro  ta’sirining  uzviyligi  va  uyg’unligi  natijasida 

takomillashadi. Shu bois, tarix har qanday olim uchun tadqiqotning muhim manbai 

bo’lib  xizmat  qiladi.  Beruniy  tarixiy  tadqiqotlarni  boshqa  turdosh  fanlarni 

o’rganish  bilan  uyg’un  holda  olib  borish,  muayyan  natijaga  olib  kelishini 

ta’kidlaydi.  Zero,  tarixiy  manbani  o’rganish,  uning  asosli  yoki  asossiz  ekanligin 

isbotlash  tarixiy  tadqiqot  uchun  mas’uliyatli  jarayondir.  Chunki  tarixiy  manba 

yaratganlar,  turli  hujjatlarni  bitganlar  yoki  o’z  manfaatlari,  maqsadlari  doirasida 

dalil  to’playdilar.  Shu  holat  nuqtai  nazaridan  Beruniy  “xabar-xabarchilar  tufayli 

rost  va  yolg’on  tusini  oladi”

1

,  deb  e’tirof etgan.  Tarixiy  haqiqatni  tiklash,  tarixiy 



tafakkur  va  tarixiy  ma’lumotlarni  yig’ish  Sharq  tarix  falsafasida  aniq  me’yorlar 

vositasida amalga oshirilgan.  

Feodalizmning 

inqirozi, 

kapitalistik 

munosabatlarning 

rivojlanishi, 

hurfikrlilikning  kuchayishi  ijtimoiy  ong  tarixga  nisbatan  teologik  yondashuvdan 

xalos  bo’lishiga  ko’maklashdiki,  bu  fanning  rivojlanishiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatdi. 

Uyg’onish  davri  (XIV-XVI  asrlar)  mutafakkirlari,  xristian  tarixchilaridan  farqli 

o’laroq, tarixiy jarayonni dunyoviy sharoitlardan, insonning tabiatidan kelib chiqib 

tushuntirishga  harakat  qildilar.  Masalan,  Nikkolo  Makiavelli  (1469-1527)  o’z 

asarlarida  moddiy  manfaat,  xususiy  mulkni  asrash  va  ko’paytirishga  intilish 

jamiyatning  rivojlanishini  harakatlantiruvchi  kuch  ekanligini  isbotlab,  siklli 

rivojlanish  g’oyasini  asoslashga  harakat  qildi.  Uning  ayrim  asarlarida  ijtimoiy 

hodisalarning  qonuniyatlariga  doir  farazlar  ham  mavjud,  lekin  u  mazkur 

qonuniyatlarni ta’riflashning uddasidan chiqmagan.  

XVII-XVIII  asrlar  Yevropa  uchun  burjua  industrial  sivilizasiyasi  vujudga 

kelishiga va ijtimoiy rivojlanish jarayonining jadallashuviga olib kelgan sanoat va 

ijtimoiy-siyosiy 

inqiloblar 

davriga 


aylandi. 

Yangi 


davr 

mutafakkirlari 

qarashlarining  shakllanishida  tabiiy  fanlar  ulkan  rol  o’ynadi.  Bu  davrda  ijtimoiy 

fanlarning  rivojlanishiga  tabiatshunoslik  shu  darajada  kuchli  ta’sir  ko’rsatganki, 

tarix aksariyat hollarda tabiiy ilmiy nuqtai nazardan tushuntirilgan.  

Ayni shu davrda yuqorida sanab o’tilgan sabablar ta’sirida tarix falsafasining 

bir  nechta  naturalistik  (lot.  naturalis  –  tabiiy,  natural)  konsepsiyalari  vujudga 

kelgan.  Mazkur  konsepsiyalarning  namoyandalari  tabiatga  butun  borliqni,  shu 

jumladan tarixiy jarayonni tushuntirishning universal tamoyili sifatida yondashgan. 

Bunda naturalizm tushunchasi turlicha talqin qilingani bois, quyidagi yo’nalishlar 

ajralib  chiqqan:  ijtimoiy  hodisalar  tabiiy  muhit  ta’sirida  tushuntirilgan  geografik 

naturalizm  (Sharl  Lui  Monteskye,  Iogann  Gerder  va  b.);  tarixiy  jarayonlarni 

demografik  determinizm  yordamida  tushuntirgan  demografik  naturalizm  (Tomas 

Maltus);  jamiyatdagi  o’zgarishlarni  avvalo  inson  tafakkuri  bilan  bog’lovchi 

idealistik naturalizm (Klod Gelvesiy, Jan Jak Russo).  

                                                                 

1

 Беруний А. Танланган асарлар. 1-жилд. -Т.: Фан, 1968 –Б.50



 


Tarixiy  o’zlikni  anglashning  rivojlanishiga  o’z  tadqiqotlarida  tarixni  inson 

aqlli  tabiatining  evolyusiyasi  va  rivojlanishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  alohida  borliq 

sifatida falsafiy jihatdan anglab yetishga urg’u bergan Volter (1694-1778) asarlari, 

shuningdek tarixiy jarayon g’oyasini birinchilardan bo’lib asoslab bergan Mari Jan 

Kondorse (1743-1794) tadqiqotlari ham kuchli ta’sir ko’rsatdi.  

G.V.F.Gegel  (1770-1831)  ijtimoiy  rivojlanishning  o’ziga  xosligini  obyektiv 

idealizm  nuqtai  nazaridan  anglab  yetish  yo’lida  yangi  qadam  tashladi.  U  tarixga 

har  bir  davr  betakror  tarzda  rang-barang  bo’lgan  holda,  ayni  vaqtda  insoniyat 

rivojlanishining  qonuniy  bosqichi  sanalgan  yagona  qonuniy  jarayon  sifatida 

yondashdi.  Bu  rivojlanish  tabiiy  qonuniyatlar  sohasi  bilan  taqqoslaganda 

boshqacha  xususiyat  kasb  etadi.  Bu  yerda  tarixiy  qonunlar  kishilarning  ongli 

faoliyati  vositasida  amalga  tatbiq  etiladi,  lekin  shu  bilan  birga  tarixda  muayyan 

obyektiv  mantiq  ham  amalga  oshiriladi  va  tarixiy  jarayon  dunyoviy  aql,  mutlaq 

g’oyaning  cheksiz  tarzda  o’z-o’zidan  rivojlanishi,  o’zini  o’zi  ro’yobga  chiqarish 

jarayoni sifatida namoyon bo’ladi.  

XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  –  XX  asr  boshida  tarixiy  bilim  sifat  jihatidan 

yangi  darajaga  ko’tarildi.  Turli  matnlarning  tarixiy  va  lingvistik  tahlili 

metodlarining 

takomillashishi, 

arxeologiyaning 

rivojlanishi, 

o’tmish 


guvohliklariga  yanada  tanqidiyroq  yondashish  natijasida  tarixiy  bilim  fan 

maqomini  qo’lga  kiritdi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  tarixiy  va  tabiiy  ilmiy  bilimlar 

butunlay har xil obyektlarga mansub bo’libgina qolmasdan, o’zlari ham bir-biridan 

butunlay farq qilishi yanada teranroq anglab yetildi.  

Tarixiy  o’zlikni  anglash  jarayoni  evolyusiyasining  keltirilgan  tavsifi  bizga 

tarix  falsafasining  hozirgi  konsepsiyalariga  nazar  tashlash  imkonini  beradi.  Bu 

konsepsiyalar  orasida  gnoseologik  yo’nalish  (tanqidiy  tarix  falsafasi),  ontologik 

konsepsiya,  aksiologik  konsepsiya,  tarixning  texnokratik  konsepsiyalari  alohida 

o’rin egallaydi.  

Tarix  falsafasining  gnoseologik  yo’nalishi  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan 

e’tiboran  mazkur  fanning  mustaqil  yo’nalishi  sifatida  shakllana  boshladi.  Bu 

yondashuv  namoyandalari  (Vilgelm  Diltey,  Benedetto  Kroche,  Georg  Zimmel, 

Robin  Kollingvud,  Raymon  Aron  va  b.)  tarix  falsafasining  asosiy  predmeti  – 

tarixiy o’tmishni o’rganishning mantiqiy-nazariy va metodologik muammolari, uni 

nazariy jihatdan rekonstruksiya qilish va tarixiy dalillarning haqiqiyligini aniqlash, 

deb hisoblaganlar.  

Tarix falsafasi mazkur yo’nalishining asoschisi sifatida haqli ravishda nemis 

madaniyat faylasufi Vilgelm Diltey (1833-1911) e’tirof etiladi. Uning nazariyasida 

inson  borlig’i  usuli,  madaniy-tarixiy  voqyelik  sifatidagi  hayot  tushunchasi 

markaziy  o’rinni  egallaydi  (shu  sababli  Diltey  nuqtai  nazari  ko’pincha  «hayot 

falsafasi»ning  istorisistik  varianti  deb  ataladi).  Olim  fikriga  ko’ra,  inson  o’z 

tarixiga  ega  emas,  lekin  uning  o’zi  tarixdir  va  aynan  shunda  uning  mohiyati 

namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, Diltey uchun hayot va tarix ayniydir.  

Dilteyning tarix falsafasiga ijtimoiy va tabiiy fanlarni bir-biriga qarama-qarshi 

qo’yish xos. U inson tabiatni tushuntiradi, ijtimoiy hayotni esa faqat tushunadi, deb 

hisoblagan.  Uning  fikricha,  mazkur  tushunish  har  xildir,  chunki  har  bir  inson 

tarixiy voqyealarga o’z nisbiy mushohadalari nuqtai nazaridan yondashadi. Bundan 



xulosa  shuki,  ilmiy  haqiqatning  tagiga  yetish,  tarixiy  jarayonni  ilmiy  nuqtai 

nazardan xolisona bilish amalda mumkin emas.  

Xo’sh, bu holda tarix falsafasi nimani o’rganishi lozim? Dilteyning izdoshi – 

Kollingvud  fikriga  ko’ra,  tarix  falsafasi  tarixchining  fikr-mulohazalarini  va  shu 

bilan  bir  vaqtda  mazkur  fikr-mulohazalarning  obyektini  o’rganadi.  Shu  sababli 

tarixiy jarayonni o’z holicha o’rganish tarix falsafasi vazifalari qatoridan chiqarib 

tashlanadi:  tarixiy  jarayon  faylasufga  unda  hodisalarning  tarixiy  bilim  mohiyatini 

belgilovchi xususiyatlari to’g’risida so’z yuritilgani uchungina tegishlidir.  

Gnoseologik yo’nalish, ba’zan tanqidiy tarix falsafasi deb ham ataladi. Bu hol 

shu  bilan  bog’liqki,  mazkur  yo’nalish  vakillari  tarixni  tanqidiy  o’rganishgina 

insoniyat tarixi  modelini yaratish, tarixiy  dalillarning haqqoniylik darajasiga baho 

berish  va  tarixiy  voqyelik  manzarasini  nazariy  jihatdan  gavdalantirish  imkonini 

beradi,  deb  hisoblaganlar.  Mazkur  yondashuv  kurtaklarini  tarixiy  bilishning 

metodologik muammolari, insoniyat tarixining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish 

bilan  shug’ullangan  neokantchilik  Baden  maktabidan  izlash  lozim.  Aksariyat 

tadqiqotchilar  tomonidan  bu  maktabning  asoschisi  sifatida  fransuz  faylasufi 

Raymon  Aron  (1905-1983)  e’tirof  etiladi.  Uning  asarlaridan  biri  «Tanqidiy  tarix 

falsafasi» deb ataladi.  

Ontologik  konsepsiya  namoyandalari  tarix  falsafasining  predmeti  deganda 

ijtimoiy hodisalar, jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan 

tadqiqotlar  majmuini  tushunganlar.  Mazkur  tadqiqotlar  shunday  umumfalsafiy 

ontologik  muammolar  bilan  bog’liqki,  ularni  yechishda  jamiyat  tarixining  qolgan 

ijtimoiy  hodisalardan  farqini  hisobga  olish  lozim.  Ushbu  yondashuv 

namoyandalari  (R.Mel,  R.Ramon,  E.Kallo  va  b.)  tarix  falsafasining  diqqat 

markazida avvalo ontologik muammolar, chunonchi: insoniyat tarixining mazmuni 

va  vujudga  kelishi,  tarixiy  jarayonning  mohiyati  kelajakni  bashorat  qilish 

imkoniyatlari, tarixiy jarayonda insonning o’rni va roli muammolari turishi lozim. 

Masalan,  ijtimoiy  rivojlanishni  harakatlantiruvchi  kuchlar  to’g’risidagi  masalani 

o’rganish jarayonida inson ongi, erkinligining tarixiy jarayondagi roli to’g’risidagi 

masala  yuzaga  keladi.  Ammo,  insondan  boshqa  rivojlangan  ongga  ega  bo’lgan 

mavjudotlar fanga ma’lum emasligi tufayli, jamiyatning rivojlanishida ongning roli 

to’g’risidagi masalalar jamiyat, tarixiy jarayonlar haqidagi masalalar hisoblanadi.  

Tarix  falsafasining  aksiologik  konsepsiyasi  tarixning  qimmati  muammosiga, 

shuningdek tarixiy bilimning ayrim hodisalarini qimmatga ega yoki ega emas deb 

e’lon  qiluvchi  mulohazalar  uchun  oqilona  asoslarni  aniqlashga  alohida  e’tibor 

beradi.  

Mazkur  konsepsiyaning  rivojlanishiga  nemis  faylasuflari  –  neokantchilik 

Baden maktabi namoyandalari Vilgelm Vindelband (1848-1915) va Genrix Rikkert 

(1863-1936)  salmoqli  hissa  qo’shgan.  Bu  tadqiqotchilar  falsafani  qadriyatlar 

haqidagi  umumiy  fan  sifatida  tavsiflaganlar.  Rikkert  qadriyatlar  «subyekt  va 

obyektning  narigi  tomonida  joylashgan  butunlay  mustaqil  saltanat»ni  tashkil 

qiladi, deb  hisoblagan.  Vindelband  va  Rikkert  nazariy  va  amaliy  aqlning  kantcha 

tafovutidan kelib chiqib, qadriyatlar haqida mulohaza yuritish va joizlikni bilishga 

asoslangan normativ ta’limot sifatidagi tarix falsafasini nazariy mulohaza yuritish 

va  «borliq»  haqidagi  empirik  ma’lumotlarga  tayanuvchi  tajribaga  asoslangan 



fanlarga  qarshi  qo’ygan.  Ular  qonuniyatni  tarixiy  bilishning  asosiy  tamoyili 

sifatida  rad  etib,  uni  «qadriyatlarga  mansub  deb  topish»  tamoyili  bilan 

almashtirgan.  Vindelband  va  Rikkert  fikriga  ko’ra,  qadriyatlar  tarixdan  ustun 

xususiyat  kasb  etadi  va  jamuljam  holda  odamlarga  bog’liq  bo’lmagan  ideal 

transsendental  (narigi)  dunyoni  tashkil  qiladi.  Bu  dunyodan  tegishli  g’oyalar, 

avvalo transsendental joizlik g’oyasi kelib chiqadi. U mazkur qadriyatlarning vaqt 

va  makon  bilan  cheklanmagan  shak-shubhasiz,  mutlaq  ahamiyatiga  ishora  qiladi. 

Odamlar  ularni  anglab  yetishlariga  qarab  qadriyatlarga  tegishli  munosabat  va 

talablarni  yaratadilar  va  ularga  hayotda,  xulq-atvorda,  kundalik  va  tarixiy 

faoliyatda amal qiladilar.  

Vindelband va Rikkert ijtimoiy borliq va ma’naviy hayotning o’zaro nisbatini 

o’rganib, jamiyat tarixida ma’naviy hayot borliqqa nisbatan yetakchi rol o’ynaydi, 

degan  xulosaga  kelgan  va  shu  bois  ular  K.Marks  taklif  qilgan,  jamiyatning 

rivojlanishida iqtisodiy omil (ya’ni borliq)ning hal qiluvchi ahamiyati asoslangan 

tarixni materialistik tushunishga tanqidiy ko’z bilan qaragan. Rikkert fikriga ko’ra, 

mazkur yondashuv noilmiydir, chunki u proletariat g’alabasini «mutlaq qadriyat» 

deb e’lon qiluvchi marksizm siyosiy dasturi bilan belgilanadi.  

Bu  mulohzalardan  kelib  chiqqanda,  tarix  falsafasi  qadriyatlarning  tabiati  va 

mohiyatini,  shuningdek  ularning  odamlar  hayoti  va  faoliyatidagi  ahamiyati  va 

tajassumini yoritib beruvchi qadriyatlar haqidagi fan sifatida amal qiladi.  

Hozirgi  zamon  G’arb  ijtimoiy  falsafasi  va  tarix  falsafasida  texnokratik 

konsepsiyalar  ijtimoiy  tafakkurning  ijtimoiy  hayotda  va  jamiyat  taraqqiyotida 

texnika  hal  qiluvchi  rol  o’ynaydi  deb  hisoblovchi  va  sanoatlashishgina  jamiyat 

hayoti  va  shaxsni  oqilona  tartibga  solish  va  kamol  toptirishga  qodir, degan  fikrni 

asoslashga harakat qiluvchi yo’nalishlaridan biridir. Mazkur konsepsiyalar qatoriga 

postindustrial  jamiyat  yoki  axborot  jamiyati  konsepsiyasini  (Daniyel  Bell,  Olvin 

Toffler),  texnotron  jamiyat  konsepsiyasini  (Zbignev  Bjezinskiy),  yangi  industrial 

jamiyat konsepsiyasini (Jon Gelbreyt)ni kiritish mumkin.  

Mazkur  texnologik  determinizm  jamiyat  rivojlanishining  asosiy  omillari 

qatoriga  avvalo  ishlab  chiqarish  kuchlari,  texnika,  fan  va  informatikaning 

rivojlanish  darajasini  kiritadi.  Masalan,  postindustrializm  konsepsiyasi  hozirgi 

zamon  jamiyatida  iqtisodiyotning  birlamchi  sohasi  qishloq  xo’jaligi,  ikkilamchi 

soha  sanoat  emas,  balki  axborot  hal  qiluvchi  rol  o’ynaydigan  uchlamchi  soha 

(xizmatlar  sohasi)  yetakchilik  qilishidan  kelib  chiqadi.  Postindustrial  jamiyatda 

sodir  bo’layotgan  mikroelektron  inqilob  mehnatni  emas,  balki  axborotni 

jamiyatning  rivojlanishi  zamirida  yotuvchi  fundamental  ijtimoiy  omilga 

aylantirishi qayd etiladi.  


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin