7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja


Tarix falsafasining tuzilishi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
7-Ma'ruza

Tarix falsafasining tuzilishi. Tarix falsafasining tuzilishini tavsiflar ekanmiz, 

bu  element  tarix  falsafasi  u  yoki  bu  yo’nalishi  namoyandalarining  metodologik 

mo’ljallari bilan uzviy bog’liq, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Ayni vaqtda, 

ahamiyatsiz  tafovutlarni  e’tibordan  soqit  etsak,  aksariyat  yo’nalishlar  doirasida 

o’rganiladigan  asosiy  muammolarni  qayd  etishimiz  mumkin.  Tarix  falsafasining 

asosiy tarkibiy qismlarini aytib o’tamiz va ularga qisqacha to’xtalamiz  

Tarix  falsafasi  ontologiyasi  –  bu  tarix  falsafasining  tarixiy  borliq 

muammolari,  chunonchi:  tarixning  mazmuni  va  yo’nalishi,  ijtimoiy  taraqqiyot, 

ijtimoiy determinizm, yagona tarixiy  makonning vujudga kelishi, jahon tarixining 

yagonaligi asoslarini, insonning koinotdagi o’rnini aniqlash, tarixiy vaqt masalasi 

va  hokazolarni  o’rganish  bilan  shug’ullanuvchi  tarkibiy  qismi.  Mazkur  bo’limda 

jamiyatning  rivojlanish  mantig’ini,  uning  turli  tomonlari  o’rtasidagi  aloqalar  va 

o’zaro bog’lanishlarni o’rganish ham muhim o’rin egallaydi.  

Tarix  falsafasi  gnoseologiyasi  asosiy  e’tiborni  tarixiy  bilish  muammolariga, 

aniqroq  aytganda,  tarixiy  faktlar  va  voqyealarni  o’rganish,  tahlil  qilish  va 

tushuntirish,  tarixiy  bilimning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  aniqlash,  shuningdek 

tarixiy bilishda haqiqatning tagiga yetishga qaratadi.  

Tarix  falsafasi  tarixi  tarix  falsafasining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi,  tarix 

falsafasi  predmetining  shakllanishi  muammolarini,  tarix  falsafasining  turli 

yo’nalishlar va oqimlar vujudga kelishiga sabab bo’lgan ichki differensiasiyalanish 

jarayonini  o’rganadi.  Tarix  falsafasi  mazkur  bo’limining  muhim  muammolari 

qatoriga  tarixiy  jarayonni  davriylashtirish,  boshqa  ijtimoiy  fanlar  orasida  tarix 

falsafasining o’rnini aniqlash masalalari ham kiradi.  

Tarix  falsafasi  antropologiyasi  insonning  tarixiy  jarayondagi  o’rnini,  bu 

jarayonda  tarix  subyektlarining  rolini  aniqlaydi  va  «Tarixni  kim  harakatga 

keltiradi?»,  degan  savolga  javob  beradi.  Odatda,  tarix  falsafasining  turli 

yo’nalishlari  tarixiy  jarayon  subyektlari  qatoriga  xalq,  millat,  omma,  olomon, 

ijtimoiy  sinflar  va  atoqli  shaxslarni  kiritadi  va  qo’yilgan  savolga  har  xil  javob 

beradi.  


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin