7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja


Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo’nalishi muammosi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix16.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#58149
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
7-Ma'ruza

Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo’nalishi muammosi. Tarixiy jarayon 

mazmuni  va  uning  yo’nalishi  muammosi  tarix  falsafasining  muhim 

muammolaridan  biri  hisoblanadi.  Uning  mohiyati  kishilik  jamiyati  o’zgaradimi, 

agar o’zgarsa, bu o’zgarish qaysi yo’nalishda yuz beradi va mazkur o’zgarishlarni 

qanday davriylashtirish mumkin, degan savollarga javob topishdan iborat.  

Mazkur  muammo  qadimgi  dunyo  mutafakkirlaridayoq  qiziqish  uyg’otgan. 

Antik  faylasuflar  chiziqli  tarix  falsafasining  uch  muhim  yo’nalishi:  progressiv, 

regressiv  va  siklli  yo’nalishlarni  farqlaganlar.  Shuni  qayd  etish  muhimki,  bu 




yo’nalishlarning  barchasi hozirgi vaqtda ham o’z izdoshlariga ega. Shu bilan bir 

qatorda,  XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshlarida  tarixiy  rivojlanishning  nochiziq 

konsepsiyasi ham asoslangan. Bu yo’nalishlarni batafsilroq ko’rib chiqamiz.  

Antik davr mutafakkirlarining aksariyati, shu jumladan Protagor va Demokrit 

jamiyatning  rivojlanishi  asosan  yovvoyilikdan  «oltin  asr»  sari  yuksalib  boruvchi 

yo’nalishda  kechgan  deb  hisoblagan.  Ularni  progressiv  yo’nalish  asoschilari  deb 

hisoblash mumkin. Boshqa mutafakkirlar (Gesiod, Seneka), aksincha, jamiyatning 

rivojlanishi regressiv yo’nalishga ega, ya’ni u «oltin asr»dan jamiyatning tanazzuli, 

axloqning buzilishi va hokazolar bilan tavsiflanuvchi «temir asr» sari rivojlanadi, 

degan  fikrni  ilgari  surgan.  Yana  bir  toifa  faylasuflar  (Platon,  Aristotel,  Polibiy) 

jamiyat yuksalib boruvchi yo’nalishda, lekin tutash doira bo’ylab harakatlanadi va 

har doim ortga, dastlabki bosqichga qaytadi, deb hisoblagan.  

O’rta  asrlar  faylasuflari,  tarix  muayyan  yo’nalishda  rivojlanuvchi  jarayon 

ekanligini  rad  etmagan  holda,  uning  yo’nalishini  Xudo  belgilaydi,  deb 

hisoblaganlar.  

O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va 

rang-baranglikning  o’zaro  nisbati  muammolarini  ayniqsa  to’la  qamrab  olgan 

dastlabki  tadqiqotchilardan  biri  italyan  faylasufi  Jambattista  Viko  (1668-1744) 

bo’lgan.  O’zining  «Millatlar  umumiy  tabiati  haqidagi  yangi  fan  asoslari»  deb 

nomlangan  risolasida  u  jahon  tarixining  barcha  xalqlar  uchun  yagona  bo’lgan 

tarixiy  aylanma  harakat  sifatidagi  dunyoviy  konsepsiyasini  ilgari  surgan.  Viko 

fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi (ibtidoiy 

varvarlik  («xudolar  asri»)dan  feodalizm  («qahramonlar  asri»)  orqali  demokratik 

respublika yoki konstitusiyaviy monarxiya («sivilizasiya asri») sari harakatlanadi). 

Har  bir  sikl  mazkur  jamiyatning  umumiy  inqirozi  va  parchalanishi  bilan  tugaydi. 

Sikl  yakunlangach,  rivojlanish  jarayoni  yangilanadi  va  ayni  shu  bosqichlardan, 

lekin  yuqoriroq  darajada  o’tadi.  Shunday  qilib,  Viko  g’oyalari  madaniyatlar  va 

sivilizasiyalarning  rivojlanishida  sikllilik  nazariyalari  (Danilevskiy,  Shpengler, 

Toynbi)ga asos bo’lgan.  

Hozirgi  zamon  tarix  falsafasida  tarixiy  jarayon  mantig’i  va  yo’nalishini 

tushuntirishga  nisbatan  ikki  asosiy  yondashuv:  formasion  va  sivilizasion 

yondashuvlar mavjud. Ularga batafsilroq to’xtalamiz.  

Formasion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. 

U  jahon  tarixini  ijtimoiy-iqtisodiy  formasiyalar  olinma-ketin  almashuvidan  iborat 

yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.  

Ijtimoiy-iqtisodiy  formasiyalar  haqidagi  ta’limotni  Karl  Marks  o’zining 

«Kapital»,  «Siyosiy  iqtisod  tanqidiga  doir»  kabi  asarlarida  ilgari  surgan.  Marks 

nazariyasining mohiyatini uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin: 

1)  ijtimoiy-iqtisodiy  formasiya  –  sifat  jihatidan  aniq,  yaxlit  ijtimoiy  tizim 

bo’lib, uning muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o’rtasida 

o’rnatiladigan  moddiy  (iqtisodiy),  ma’naviy  (mafkuraviy)  va  boshqa  aloqalar  va 

munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy munosabatlarning o’zaro aloqasida moddiy 

munosabatlar  yetakchi  rol  o’ynaydi.  Ularning  o’zagini  ishlab  chiqarish 

munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim 

faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi; 



2)  ijtimoiy-iqtisodiy  formasiya  turli  mamlakatlarda  ular  rivojlanishining 

muayyan bosqichida ijtimoiy hayotga xos bo’lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. 

Kapitalizmni  o’rganish  va  turli  mamlakatlardagi  moddiy  va  ma’naviy 

munosabatlarni  taqqoslash  jarayonida  bu  munosabatlarning  ko’pgina  tomonlari 

takrorlanishining  va  mazkur  mamlakatlar  ijtimoiy  rivojlanishning  bir  bosqichi  – 

kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan; 

3) ijtimoiy-iqtisodiy formasiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. 

Ko’p  sonli  ijtimoiy  aloqalar  orasida  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  farqlash, 

ularning bir necha turlari mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy 

organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo’lishi ham, har xil ijtimoiy-

iqtisodiy  tuzilishga  ega  bo’lishi  ham  mumkinligi  (ya’ni  har  xil  tipdagi  ishlab 

chiqarish 

munosabatlari) 

aniqlangan. 

Shunday 

qilib, 


ishlab 

chiqarish 

munosabatlarining  har  bir  tipi  rivojlanish  bosqichi,  tarixiy  davrni,  bu  ishlab 

chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o’zgarishi esa jamiyat rivojlanishining 

mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan.  

Bu  qoidalardan  kelib  chiqib,  ijtimoiy-iqtisodiy  formasiya  –  bu  jamiyatning 

muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy 

taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to’xtamga 

kelish mumkin.  

«Ijtimoiy-iqtisodiy  formasiya»  kategoriyasini  asoslash  tarixiy  jarayonni 

davriylashtirish  imkonini  bergan.  U  jami  formasiyalarning  besh  tipini  farqlagan: 

ibtidoiy  jamoa,  quldorlik,  feodalizm,  kapitalizm,  kommunizm.  Jahon  tarixiy 

jarayoni bir formasiyadan boshqa formasiyaga yuksalishdan iborat bo’lgan chiziqli 

jarayon sifatida tavsiflagan.  

XIX  asrda  ishlab  chiqilgan  formasion  yondashuv  o’zini  oqlamadi.  Bunda 

tarixiy rivojlanish jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, 

balki uni dogmaga aylantirish va mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar 

formasion  yondashuvni  tahlil  qilar  ekanlar,  uning  quyidagi  zaif  jihatlarini  qayd 

etadilar.  Birinchidan,  tarixning  har  qanday  bosqichida  jamiyat  hayotini  ijtimoiy-

iqtisodiy  munosabatlargina  belgilaydi,  deb  aytish  o’rinli  bo’lmaydi.  Ikkinchidan, 

bir formasiyadan boshqa formasiyaga tabiiy  yuksalish haqidagi  monistik tasavvur 

inson  erkinligiga,  insoniyat  rivojlanishining  muqobil  yo’llarini  tanlashga  o’rin 

qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib 

boruvchi chiziq bo’ylab formasion rivojlanishning tor doirasiga sig’maydi. Mazkur 

yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizasiyaning o’ziga xosligi va 

betakrorligi  yo’qoladi,  ular  ayni  holda  kelajak  barkamol  jamiyatining  sharti 

sifatidagina amal qiladi.  

Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy 

formasiyadan  iborat  bo’lgan  chiziqli  sxema  sifatida  talqin  qilishning  bir 

yoqlamaligi  ayniqsa  bo’rtib  namoyon  bo’ladi.  Jahon  tarixiy  jarayoni  mazkur 

nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan 

o’zgacha, nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. Sivilizasion yondashuv 

tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.  

Falsafani  tushunishga  nisbatan  sivilizasion  yondashuv  XIX-XX  asrlarda 

vujudga  kelgan.  U  asosan  ko’p  sonli  madaniyatlar  va  sivilizasiyalar  mavjudligi, 



ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu 

yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.  

Mazkur yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy 

(1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt 

muhim  shakli  yoki  sivilizasiyalar  «asosi»  -  diniy,  madaniy,  siyosiy,  ijtimoiy-

iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizasiyalar) 

haqidagi  konsepsiyani  ilgari  surgan.  Madaniy-tarixiy  tiplar,  biologik  organizmlar 

kabi, tashqi  muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga 

kelish,  voyaga  yetish,  qarish  va  halok  bo’lish  bosqichlaridan  o’tadi.  Jahon 

tarixining  mazmunini  Danilevskiy  o’zining  alohida  qonunlariga  binoan 

rivojlanuvchi  xalqlar  madaniy-tarixiy  tiplarining  o’z-o’zini  namoyon  etish 

xususiyatlarini  aniqlashdan  iborat  deb  bilgan.  Danilevskiy  madaniy-tarixiy  tiplar 

rivojlanishining  ayrim  qonunlarini  ta’riflagan:  1)  bir  tilda  yoki  o’xshash  tillarda 

so’zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip 

vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3) 

sivilizasiyaning  muvaffaqiyatlari  madaniy-tarixiy  tipning  turli  elementlariga 

bog’liq bo’ladi; 4) sivilizasiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning 

ravnaq  topish  davri  esa  qisqadir;  5)  sivilizasiyalar  alohida  va  berk  sharoitda 

rivojlanadi,  lekin  bu  ular  bir-biriga  ta’sir  ko’rsatmaydi,  degan  ma’noni 

anglatmaydi.  

Danilevskiyning  qarashlarini  nemis  mutafakkiri  Osvald  Shpengler  (1880-

1936)  rivojlantirgan.  U  ham  ijtimoiy  taraqqiyotning  bir  chiziqli  yevroposentristik 

sxemasiga  tanqidiy  yondashgan.  Shpengler  falsafasida  madaniyat  asosiy 

kategoriya  hisoblanadi.  Faylasuf  madaniyat  deganda  o’ziga  o’xshash  boshqa 

«organizmlar»dan  ajralib  turadigan  alohida  «organizm»ni  tushungan.  Bundan 

yagona umuminsoniy madaniyat yo’q va bo’lishi mumkin emas degan xulosa kelib 

chiqqan.  Shu  sababli  Shpengler  jahon  tarixining  yaxlitligi  va  yagonaligini,  unda 

«o’zgarmas  va  umumiy»  jihatlar  mavjudligini  rad  etgan.  U  insoniyat  tarixida 

sakkiz  madaniyat:  Misr,  Hind,  Bobil,  Xitoy,  Yunon-rim,  Sharq,  G’arbiy  Yevropa 

va  Mayya  madaniyatlarini  farqlagan.  Shpengler  fikriga  ko’ra,  har  bir  madaniy 

organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, 

shundan  so’ng  u  sivilizasiyaga  aylanadi  va  halok  bo’ladi.  Har  bir  madaniyat  o’z 

teran  mazmuniga  ega  bo’ladi  va  tarixiy  jarayonda  bir  xil  ahamiyat  kasb  etadi. 

Shpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab yetishdan 

iborat, deb hisoblaydi.  

Lokal  sivilizasiyalar  nazariyasining  yana  bir  tarafdori  ingliz  tarixchisi  va 

sosiologi  Arnold  Toynbi  (1889-1975)dir.  U  Danilevskiy  va  Shpenglerning 

tarixning siklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o’ziga xos 

va nisbatan berk sivilizasiyalar tarixlarining yig’indisi sifatida tushungan (dastlab u 

23 sivilizasiyani farqlagan, keyinchalik esa ularni 13 tagacha qisqartirgan). Toynbi 

sivilizasiyalarga  «evolyusion  tipdagi  faol  tuzilmalar»  sifatida  yondashib,  har  bir 

sivilizasiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, 

tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o’tgach, 

sivilizasiya, odatda, halok bo’ladi va uning o’rnini boshqa sivilizasiya egallaydi.  




Toynbi bu sivilizasiyalarda oldinma-ketin yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni 

o’xshash deb hisoblab, shunga asoslangan holda yaqin kelajakda dunyo miqyosida 

yuz  beradigan  voqyealarni  bashorat  qilish  imkonini  beruvchi  ijtimoiy  rivojlanish 

takroriyligining  ayrim  formal  empirik  qonunlarini  keltirib  chiqarishga  harakat 

qilgan.  U  jahon  tarixining  mazmuni  diniy  evolyusiya  hamda  insoniyatning 

ma’naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan.  

Shunday  qilib,  sivilizasion  yondashuv  nuqtai  nazaridan  tarixiy  jarayon 

hujumkor  xususiyati  «yuqori  -  quyi»  ko’rsatkichlari  bilan  emas,  balki  har  bir 

sivilizasiya  o’z  rivojlanish  va  o’z  taqdirini  o’zi  belgilash  jarayonida  insoniyat 

filogenetik yo’lining barcha asosiy bosqichlaridan o’tishi va o’z tarixi va betakror 

individualligiga  ega  bo’lgan  noyob  ijtimoiy  tuzilma  sifatida  qaralishi  bilan 

belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo’ladi.  

Formasion  va  sivilizasion  yondashuvlarni  taqqoslash  quyidagi  xulosalarga 

kelish imkonini beradi: 1)  formasion  yondashuv tahlil  jarayonida butun  jamiyatni 

qamrab  olishga  harakat  qiladi  va  asosiy  e’tiborni  uning  dinamikasiga  qaratadi; 

sivilizasion yondashuv esa jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizasiyani) o’rganadi, 

jamiyatni esa statik deb e’tirof etadi; 2) formasion yondashuv jamiyat hayotining 

iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizasion yondashuv asosiy e’tiborni 

ma’naviy omillarga qaratadi. 

Tarix  falsafasi  rivojlanishining  hozirgi  bosqichida  tarixning  shunday  bir 

talqini  vujudga  keladiki,  unda  mualliflar  bu  muqobil  yondashuvlarning  ijobiy 

g’oyalaridan  foydalanishga  va  ularning  kamchiliklari  o’rnini  to’ldirishga  harakat 

qiladilar. Mazkur yondashuv monadaga doir yondashuv degan nom olgan.  

Monadaga  doir  yondashuvning  o’ziga  xos  jihati  shundan  iboratki,  u  jahon 

tarixiy  jarayoniga  ko’p  sonli  tarixiy  individlar  (sosiumlar)dan  iborat  bo’lgan 

yaxlitlik  sifatida  qaraydi.  Bunda  monadaga  doir  yondashuvning  formasion 

elementi  tarixiy  rivojlanishning  ayni  bir  bosqichini  boshdan  kechirayotgan  turli 

mamlakatlar  uchun  umumiy  bo’lgan  jihatlarga,  sivilizasion  element  esa  ijtimoiy 

organizmlarning  xususiyatlariga,  ularning  betakrorligiga  e’tiborni  qaratadi. 

Shunday  qilib,  monadaga  doir  yondashuv  doirasida  formasion  yondashuvning 

umumlashtiruvchi 

imkoniyatlari 

va 

sivilizasion 



yondashuvning 

individuallashtiruvchi  imkoniyatlari  ularni  qarama-qarshi  qo’yish  asosida  emas, 

balki ularning yagonaligi va bir-birini to’ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi 

va ro’yobga chiqariladi.  

Yuqorida  qayd  etib  o’tilganidek,  tarixning  mazmuni  muammosi  tarix 

falsafasining aksariyat yo’nalishlarida ko’zga ko’rinadigan o’rinni egallaydi. Ayni 

vaqtda  shunday  konsepsiyalar  ham  paydo  bo’lganki,  ularda  tarixning  mazmuni 

muammosi  markaziy  muammo  hisoblanadi.  Bu  konsepsiyalarning  mohiyatiga 

qisqacha to’xtalib o’tamiz.  

Taniqli  nemis  faylasufi  Karl  Yaspers  (1883-1969)  yaratgan  nazariyaga 

muvofiq,  tarixning  mazmuni  tarixning  chegarasidan  tashqarida  yotadi.  Tarixning 

mazmuni  va  negizi  butun  insoniyat  uchun  umumiy  bo’lgan  e’tiqod  bilan 

belgilanadi.  Mazkur  e’tiqod  insoniyat  vakillarini  bir-biridan  ajratmaydi,  balki 

jipslashtiradi.  Insoniyatga  bunday  e’tiqodni  biron-bir  jahon  dini  yoki  milliy  din 

taklif qilolmaydi.  



Yaspers  jahon  tarixining  «vaqt  o’qi»  amal  qilgan  davrda  vujudga  kelgan 

falsafiy  e’tiqodgina  insoniyat  uchun  umumiy  e’tiqodga  aylanishi  mumkin,  deb 

hisoblagan. 

Faylasuf 

qadimgi 

yunon 


faylasuflari, 

yahudiy 


xalqining 

payg’ambarlari,  Eronda  zardushtiylik  dinining,  Xitoyda  –  konfusiychilik  va 

daochilikning,  Hindistonda  –  buddizm  va  jaynizmning  asoschilari  bir  vaqtda  ijod 

qilgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig’idagi davrni tarixning universal 

mazmunini namoyon etgan «vaqt o’qi» davri deb hisoblashni taklif qilgan. Mazkur 

davrda  majusiylik  o’rnini  egallagan  jahon  dinlari  paydo  bo’lgan  va  mifologik 

dunyoqarash o’rnida falsafiy tafakkur vujudga kelgan; jahonda deyarli bir vaqtda 

ichdan  o’zaro  mushtarak  bo’lgan  bir  nechta  qudratli  ma’naviy  markazlar  paydo 

bo’lgan.  «Vaqt  o’qi»  davri  insonga  o’zini  inson  sifatida  his  qilishga  yordam 

bergan,  uning  ma’naviyatini  uyg’otgan,  uni  madaniyat  va  axloq  asoslari  bilan 

oshno  etgan,  uning  oldiga  insonning  mavjudligi  va  hayotning  mazmuni  haqidagi 

masalalarni qo’ygan. Yaspers fikriga ko’ra, inson o’z-o’zini anglab yetishi, inson 

ma’naviyatining  uyg’onishi  shu  vaqtgacha  o’zaro  bog’lanmagan  lokal 

madaniyatlarga  bo’lingan  insoniyat  umumiy  tarixining  ibtidosiga  aylangan. 

Shundan  beri  insoniyat  umumiy  taqdir  va  yagona  e’tiqod  bilan  bog’langan.  Aks 

holda  uning  tarixi  halokat  bilan  tugashi  mumkin.  Yaspers  ta’limotiga  ko’ra, 

odamlarni  umumiy  ma’naviy  asoslarda  birlashtirish,  ular  o’zaro  til  topishini 

ta’minlashda  kommunikasiya  ulkan  rol  o’ynaydi,  shu  bois  uning  tarix  falsafasi 

ba’zan kommunikativ tarix falsafasi deb ham ataladi.  

Tarixiy  jarayon  mazmuni  va  uning  yo’nalishi  muammosi  bilan  amerikalik 

faylasuf  Frensis  Fukuyama  ham  shug’ullangan.  U  o’zi  yaratgan  «tarixning 

intihosi»  nazariyasini  taklif  qilgan.  «Tarixning  intihosi»ni  u  shunda  ko’rganki, 

insoniyat  oxir-oqibatda  jamiyat  va  davlatning  optimal  shaklini  albatta  topadi. 

Fukuyama liberal g’oyalar va qarashlarni umuminsoniy ideal sifatida e’tirof etgan, 

ularning  negizida  insonning  barcha  ehtiyojlari  qondirilishi  va  jamiyatdagi  asosiy 

ziddiyatlar hal qilinishi lozim, deb hisoblagan. Uning fikricha, liberalizm jamiyatni 

tashkil  etishning  oqilona  shakli  sifatida,  o’z  muqobiliga  ega  emas,  shu  sababli 

insoniyat  oldida  bu  mafkurani  boshqa  mamlakatlarga  yoyish  va  shu  tariqa 

umuminsoniy  davlat  –  siyosiy  jabhada  liberal  demokratiyani  yaratishdan  boshqa 

yo’l yo’q. Insoniyat tarixining mazmunini Fukuyama ana shunda ko’rgan.  

Tarixning  mazmunini  tavsiflashga  nisbatan  boshqacha  yondashuvlar  ham 

mavjud.  Masalan,  ayrim  faylasuflar  tarix  har  qanday  mazmundan  xoli,  odamlar 

uchun  jumboq  deb  hisoblaganlar  va  insoniyat  kelajagiga  pessimistik  baho 

berganlar  (Artur  Shopengauer,  Yakov  Burgxardt).  Ba’zi  bir  mutafakkirlar  tarix 

voqyealarning  oqilona  tushuntirish  mumkin  bo’lmagan  irrasional  oqimidir,  deb 

hisoblaganlar (Fridrix Nisshe, Eduard Gartman).  

Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g’oyasi ham muhim o’rin egallaydi.  

Taraqqiyot  rivojlanish  jarayonining  quyidan  yuksakka,  noraso  holatdan 

barkamol  holatga  o’tish  bilan  tavsiflanuvchi  yo’nalishini  anglatadi.  Taraqqiyot 

haqida jamiyatga tatbiqan (bu holda ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tutiladi) va uning 

ayrim elementlariga, jamiyatning tuzilishi yoki boshqa parametrlariga tatbiqan (bu 

holda fan-texnika taraqqiyotini, ma’naviy sohadagi, ta’lim, sog’liqni saqlash, atrof 

muhitni  muhofaza  qilish  sohasidagi  taraqqiyot  nazarda  tutiladi)  so’z  yuritish 



mumkin.  Taraqqiyotning  asosiy  konsepsiyalarini  biz  yuqorida  ko’rib  chiqdik. Bu 

yerda  shuni  qayd  etish  muhimki,  taraqqiyot  o’z  mohiyatiga  ko’ra  ziddiyatlidir, 

chunki  uning  teskari  tomoni  regress,  ya’ni  oliydan  tubanga,  barkamol  holatdan 

noraso  holatga  o’tishdir.  Insoniyat  biror  narsani  qo’lga  kiritar  ekan,  muqarrar 

tarzda  nimanidir  yo’qotadi.  Shu  sababli  insoniyatning  taraqqiyot  yoki  regress 

yo’lidagi harakati haqida faqat umumiy ma’noda so’z yuritish mumkin.  

Jamiyat tarixini tahlil qilar ekanmiz, shuni qayd etishimiz mumkinki, hozirgi 

davrgacha  u  asosan  taraqqiyot  yo’lidan  harakatlangan  va  bu  fikrga  hozirgi  tarix 

faylasuflarining  ko’pchiligi  qo’shiladi.  Ammo  ijtimoiy  taraqqiyot  g’oyasiga 

hamma  olimlar  ham  ishonavermaydi,  ayrimlar  hatto  taraqqiyotning  rivojlanishga 

shikastli  ta’siri  haqida  so’z  yuritadi.  Masalan,  Aurelio  Pechchei  taraqqiyot  xavfli 

jarayon ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, bu anarxik jarayonni 

sirtdan  turib  tartibga  solish  mumkin  emas  va  u  Yer  yuzida  hayotning  rivojlanishi 

uchun  shikastli  oqibatlar  kelib  chiqishi  mumkinligiga  e’tibor  bermay,  jamiyat 

ehtiyojlari  bilan  biron-bir  real  aloqasiz  olg’a  yangi  qadamlar  tashlashda  davom 

etadi. Bu fikrga Elvin Toffler (1928 yilda tug’ilgan) ham qo’shiladi. U taraqqiyot 

jamiyat  va  davlat  institutlarini  vayron  qiluvchi,  qadriyatlarni  o’zgartiruvchi  va 

bizning  hayot  ildizlarimizga  putur  yetkazuvchi  o’zgarishlar  oqimini  olib  kelishi 

haqida ogohlantiradi.  

Taraqqiyot  mezonlarini  aniqlash  ijtimoiy  taraqqiyot  nazariyasining  bahsli 

masalasi  hisoblanadi.  XVII  asr  mutafakkirlari  inson  aqlini  taraqqiyot  mezoni  deb 

hisoblaganlar.  Keyinchalik  ishlab  chiqarish  kuchlari  va  ishlab  chiqarish 

munosabatlarining  rivojlanish  darajasi  shunday  mezon  sifatida  e’tirof  etilgan. 

Hozirgi vaqtda taraqqiyotning asosiy mezonlari sifatida ko’pincha ijtimoiy-siyosiy, 

mafkuraviy, gumanistik va boshqa mezonlar qayd etiladi. Bu mezonlar yordamida 

u  yoki  bu  ijtimoiy  tizimlar,  siyosiy  rejimlar,  ijtimoiy  harakatlarning  progressivlik 

darajasini aniqlash mumkin.  

Ammo yuqorida zikr etilgan mezonlarning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim 

tomonlarinigina  tavsiflaydi  va  butun  jamiyat  taraqqiyoti  haqida  to’liq  tasavvur 

hosil  qilish  imkonini  bermaydi.  Jamiyatning  insonparvarlashuvi  darajasini, 

shaxsning undagi o’rnini, uning ma’naviy va ijtimoiy erkinlik darajasini, moddiy 

va  ma’naviy  ehtiyojlari  qondirilishining  sifatini  jamiyat  rivojlanishining  umumiy 

yoki umumfalsafiy mezoni deb hisoblash mumkin bo’lsa kerak. Bu mezon mazkur 

jamiyatda  inson  kamol  topish  uchun  imkoniyatlarga  qay  darajada  ega  ekanligini 

ko’rsatadi.  Mazkur  mezon  nuqtai  nazaridan  har  bir  jamiyatning  progressivlik 

darajasi u shaxs huquqlari va erkinliklari doirasini qay darajada kengaytirgani, o’z 

imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi, ehtiyojlarini rivojlantirishi va ularni qondirishi 

uchun qanday shart-sharoitlar yaratgani bilan belgilanadi.  

Insoniyat  azal-azaldan  jamoa  bo’lib  yashaydi.  Yer  sayyorasi  uning  abadiy 

makoni,  umumiy  Vatanidir.  Quyosh  tizimidagi  ana  shu  mitti  sayyorada 

yashayotgan  odamlar  oilasini  jamiyat  deb  atash  odat  tusiga  kirgan.  Demak, 

umumbashariy  ma’noda  jamiyat  odamzodning  umri,  hayoti  o’tgan  hamma  davri, 

joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan 

birga,  biror  davlat  xududidagi  odamlar  hayoti,  sivilizasiyaning  muayyan 

davrlaridagi  turmushga  nisbatan  ham  ushbu  tushuncha  qo’llanadi.  Har  qanday 



holda  ham,  u  umumiy  tushuncha  bo’lib,  ayrim  odam  va  alohida  shaxs  jamiyat 

a’zosi deb ataladi.  

  Tilimizdagi  jam,  jamoat  va  jamiyat  degan  so’zlar  bor.  Barchasining  o’zaro 

yig’ilgan,  to’plangan  degan  ma’noni  bildiruvchi  jam  iborasidir.  Masalan:  jamoat 

jam.  Odamlar  jam  bo’lishdi.  Jami  –  o’n  nafar.  Shuningdek,  jam  so’zi  qo’shuv 

ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror 

muassasa,  tashkilot  yoki  korxona  ahlini  bildiradi,  ya’ni  bir  joyning  bir  guruh 

kishilari deganidir. 

  Jamoa  atamasi  ma’nosi  jihatidan  jamoatdan  farqlanadi.  Jamoatda  turli 

qarashdagi  kishilar  bo’lsa,  jamoada  esa  bir  maqsad,  bir  xil  manfaat  yo’lida  jam 

bo’lgan  kishilar  tushuniladi.  Masalan,  jamoat  deganda  bir  masjidda  namoz 

o’quvchi  hammahalla,  hamqishloq  kishilar  nazarda  tutiladi.  Jamoat  so’zining 

jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo. 

  Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan 

ijtimoiy  munosabatlar  majmuidir.  Ijtimoiy  munosabatlar  ichida  eng  asosiysi, 

siyosiy  va  huquqiy  ustqurma  uchun  haqiqiy  bazis  bo’ladigan,  ijtimoiy  ong 

shakllarini  belgilaydigan  munosabatlar  –  iqtisodiy  munosabatlardir.  To’g’ri, 

jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir.

9

 

  Jamiyat  ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  asosida  shuurga-ongga  til  va  nutqqa  ega 



bo’lgan,  bir-birlarining  ijtimoiy  yordami,  ko’magiga  ehtiyoj  sezuvchi  insonlar 

ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir.  

  Jamiyat  –  tabiatning  bir  qismi,  ya’ni  ijtimoiy  borliqg’  bo’lib,  odamlar 

uyushmasining  maxsus  shakli,  kishilar  o’rtasida  amal  qiladigan  juda  ko’plab 

munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda 

rivojlanuvchi  takomillashib  boruvchi  murakkab  tizimdir.  Har  bir  yangi  davrda 

jamiyat  mohiyatini  bilish  zarurati  vujudga  keldadi.  Milliy  mustaqillik  tufayli 

jamiyat  mohiyatini  yangicha  idrok  etish  ehtiyoji  paydo  bo’ldi.  Prezident  Islom 

Karimovning  qator  asarlarida  jamiyat  mohiyatini  yangicha  tushunishning  uslubiy 

asoslari  yaratildi.  Jamiyat  moddiy  va  ma’naviy  omillar birligidan  iborat.  Hozirga 

qadar  adabiyotlarda  moddiy  va  ma’naviy  hayot  bir-biridan  keskin  farqlanar  edi. 

Holbuki, jamiyatning  tub  mohiyati  uni  tashkil etuvchi  inson  mohiyati  bilan uzviy 

bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning 

moddiy  va  ma’naviy  jihatlarini  ham  bir-biridan  ajratish  va  ularning  birini 

ikkinchisidan  ustun  qo’yish  mantiqqa  ziddir.  Insonning  moddiy  ehtiyojlari  oziq-

ovqatlar,  kiyim-kechak,  uy-joy,  transport  vositalari,  o’zini  himoyalash,  zurriyot 

qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlini angalsh, 

dunyoqarash,  donishmandlikka  intilish,  bilim,  san’at,  g’oya,  mafkura,  go’zallik 

bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy 

ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli 

mavjudot sifatida  moddiy  ehtiyojlarini  madaniy  shakllarda qondirish uchun  tabiat 

va  jamiyat  mohiyatini  bilishga,  moddiy  va  ma’naviy  olamni  uyg’unlashtirishga, 

tabiat  va  jamiyatni  o’z  maqsadlariga  mos  ravishda  o’zgartirishga  harakat  qiladi. 

Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, 

                                                                 

9

 Қаранг: Иброҳимов А., Султонов Х.,Жњраев Н. Ватан туйғуси. Т., 1996 й., 94-бет.



 


muhim  vositasi  bo’lib  xizmat  qiladi.  Inson  yuksak  ma’naviyat  tufayligina  o’z 

ehtiyojlarini  madaniy  shakllarda  oqilona  va  to’liqona  qondirish  imkoniga  ega 

bo’ladi.  

  Mamlakatimizda  ma’naviyat  masalalariga  alohida  e’tibor  berilayotganining 

sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy 

 hayoti  kishilarning 

moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi. 

  Jamiyat  ham  makro  va  mikro  jismlar  kabi  o’z-o’zini  tashkillovchi    va 

boshqaruvchi  tizimdir.  Binobarin,  bu  tizim  muayyan  qonunlar  asosida  mavjud 

bo’ladi va takomillashib boradi.  

  Ikki jins yakka nikohlikka asoslangan oila shaklida yashashga o’tishi, urug’, 

qabila,  elat  (xalq,  millatlarning  vujudga  kelishi  va  shu  birliklarda  o’z  moddiy  va 

ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlari qonuniy jarayonlardir. Jamiyat taraqqiyotining 

muayyan  bosqichida  davlatlarning  kelib  chiqishi,  mulkiy  munosabatlar,  ishlab 

chiqarish  munosabatlari,  har  bir  jamiyatning  o’z  bazis  va  ustqurmasi  bo’lishi, 

bozor  iqtisodi  munosabatlari,  (bularning  iqtisod  nazariyasi  va  sosiologiya  fanlari 

batafsil o’rganadi) – ana shu ijtimoiy hodisalar albatta ijtimoiy qonunlar ta’sirida 

tarixan o’z-o’zidan shakllangan.  

  Jamiyat  qonunlarining  amal  qilishi  odamlar  va  ular  uyushmalarining  ongli 

faoliyati bilan bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va 

xususiy  (juz’iy)  qonunlar  tipologiyasiga  ajratish  mumkin.  Falsafa  qonunlar  va 

kategoriyalarida o’z ifodasini topgan  o’zaro  aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy 

hayotda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, 

tamoyillarni  bilish  jamiyatni  ilmiy  boshqarish  imkoniyatini  tug’diradi.  Insoniyat 

tarixiy  takomilida,  sosial,  ealtlar,  millatlar  hayotida  o’xshash  shart-sharoitlarda 

birdek  amal  qiladigan  qonunlarni  umumiy  qonunlar  deb  atash  mumkin.  Masalan, 

moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi mutanosiblik 

qonuni  bozor  munosabatlarining  ikki  tomni  o’rtasidagi  yoki  ehtiyojlar  bilan 

manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi.  

  Muayyan  jamiyat  taraqqiyoti  va  tanazzulining  aniq  bir  bosqichlari,  holati 

to’g’risida  ravshan  tasavvurga  ega  bo’lish  uchun  xususiy  (juz’iy)  ijtimoiy 

qonunlarni  ham  anglab  olish  zarur.  Bunday  qonunlarning  amal  qilish  darajasi 

malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat 

ayrim  bosqichlarigagina  xos  aloqadorliklarni  ifodasi  bilan  farqlanadi.  Masalan, 

sobiq  Sho’rolar  davrida  amal  qilgan  planli  proporsional  deb  atalgan  qonunning 

harakati  yo’li  shu  davlat  tugashi  bilan  to’sib  qo’yildi.  Yoki  talab  va  taklif 

o’rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy 

qonunlar  O’zbekiston  sharoitida  o’ziga  xos,  betakror  amal  qilishi  u  qonunlarga 

xususiylik baxsh etadi. Islom Karimov asos solgan O’zbekistonda bozor iqtisodiga 

o’tishning  besh  tamoyili  barcha  qonunlarning  amal  qilishiga  o’ziga  xoslik  baxsh 

etadi.  Umuman  olganda,  eng  umumiy,  umumiy,  xususiy  qonunlar  bir-biri  bilan 

dialektik aloqadorlikda bo’lib, ular bir-birini ham iqror qiladi, ham istisno etadi.

10

 

  Falsafiy  tafakkur  tarixida  jamiyatning  mohiyati  va  rivojlanishiga  oid  turli 



nazariyalar mavjud. Bizlarga ma’lumki, jamiyat hayotidagi qarashlar juda qadimgi 

                                                                 

10

 Қаранг: Каримов И. Фалсафа фанидан ваъз (лекция) матнлари. Тошкент, 2003 йил, 115-116-бетлар.



 


davrlardayoq maydonga kelgan qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining 

muqaddas kitobi «Avesto» da, Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo 

etishni  olg’a  surgan,  shunday  jamiyatdagi  davlat  ideal  davlat  deb  ta’kidlangan. 

Qadimgi  turk  mifologiyasida  ham  adolatli,  faravon  jamiyat  va  davlat  haqida 

e’tiborga  sazavor  qarashlar  mavjud.  Qadimgi  yunon  faylasufi  Aflotun 

takomillashgan  kishilik  jamiyatini,  ideal  davlatni  barpo  qilish,  lozim  deb 

hisoblagan.  Markaziy  Osiyodan  yetishib  chiqqan  Abu  Nasr  Forobiy  o’zining 

«Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi, maqsadi va vazifalari 

haqida  ta’limot  yaratgan.  Abu  Rayxon  Beruniy,  Abu  Ali  Ibn  Sino  kabi 

mutafakkirlar  kishilik  jamiyati  paydo  bo’lishi  sabablarini  insonning  boshqa 

mavjudotlarga  nisbatan  ojizligi  birdamlik  hissining  rivojlanganligi  bilan 

izohlaganlar. 

  Falsafiy  tafakkur  tarixida  jamiyatning  mohiyati  va  rivojlanishiga  oid  turli 

nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant jamiyatning vujudga kelishini 

axloqning  shakllanishi  bilan  izohlagan.  G.Gegel  esa  jamiyatning  shakllanishi  va 

rivojlanishi  sabablarini  mutlaq  ruhning  rivojlanishi  bilan,  L.Feserbax  din  bilan 

bog’langan,  ijtimoiy  taraqqiyot  sabablarini  diniy  ong  taraqqiyotidan  izlagan. 

Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy 

taraqqiyotining  uch  bosqichi  (geologiya,  metafizik,  pozitiv  bosqichlar)  bilan 

izohlagan. K.Markas jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy 

o’zgarishlar  bilan  bog’lagan,  barcha  ijtimoiy  hodisa  va  jarayonlarni  sinfiy  nuqtai 

nazardan  tushuntirgan.  Ijtimoiy  ziddiyatlarni  sun’iy  ravishda  mutlaqlashtirgan  va 

ziddiyatlarni  hal  etishning  asosiy  usuli  sifatida  ijtimoiy  inqilobni  amalga 

oshirishni,  mulkdorlar  sinfini  tugatishni  taklif  etgan.  Ijtimoiy  amaliyot  bunday 

nazariyaning bir yoqlama ekanini ko’rsatadi.  

  Jamiyat  taraqqiyoti  ko’p  bosqichli  jarayon  ekani  to’g’risidagi  qarashlar 

AQSh  faylasufi  O.Toffler  tomonidan  ilgari  surilgan.  Bunday  qarashga  ko’ra, 

jamiyatlar  taraqqiyotiga  binoan  agrar  jamiyat,  industrial  jamiyat,  postindustrial 

jamiyatga  ajratilgan.  Adabiyotlarda  jamiyat  taraqqiyoti  borasida  sivilizasiyali 

yondashuv  g’oyasi  ilgari  surilmoqda.  Bunday  yondashuvga  ko’ra,  har  bir  xalq 

o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan 

holda,  boshqa  xalqlar  tajribalaridan  ijodiy  foydalanish  orqali  ijtimoiy 

taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.  

  Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga 

qo’ygan  maqsadlariga  erishish  uchun  osoyishtalik  va  tinchlikka  muhtoj  bo’lgani 

kabi jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy 

barqarorlikka  ehtiyoj  sezadi.  Barqarorlik  –  jamiyat  taraqqiyotining  tadrijiy 

rivojlanishi,  ijtimoiy  tizimning  muayyan  darajadagi  bir  tekis  faoliyat  ko’rsatish 

imkoniyatidir.  U  turg’unlik  tushunchasidan  keskin  farqlanadi.  Ijtimoiy-siyosiy 

turg’unlik  tushunchasi  jamiyatdagi  mavjud  siyosiy,  ma’naviy  tizimning  tanazzuli 

alomatidir.  

  Jamiyatda  barqarorlik  beqarorlik  bilan,  inqiroz  gullab-yashnash  bilan 

almashib turishi ham  mumkin. Jamiyatning  ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy 

sohalarida  muayyan  yutuqlarga  erishilgach,ijtimoiy  imkoniyatlar  ro’yobga 




chiqarilib bo’lgach bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi 

va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. 

  Beqarorlik  ichki  va  tashqi  jarayon  va  tahdidlar  natijasida  vujudga  keladi. 

Beqarorlik  bir  ijtimoiy-siyosiy  tuzumdan  boshqa  ijtimoiy-siyosiy  tuzumga  o’tish 

davrida  keskinlashish  mumkin.  Jamiyat  beqarorlikning  izdan  chiqishi  kishilar 

psixologiyasidagi  salbiy  o’zgarishlarda,    qonunlarning  ishlamasligida,  ijtimoiy 

burchning  ado  etilmasligida,  ijtimoiy  ideallarning  yo’qolishida,  g’oya  va 

mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida, 

ijtimoiy  adolat  mezonlarining  buzulishida,  davlat  idoralarining  aholini  boshqarish 

qobiliyati  kuchsizlanishida,  turli  ziddiyatlarning  keskinlashuvida  o’z  ifodasini 

topadi.  


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin