7-mavzu. Korreksion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim


Iklyuziv ta’lim va uning o‘ziga xosliklari



Yüklə 298,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.03.2023
ölçüsü298,65 Kb.
#87386
1   2   3   4
Mavzu. Korreksion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim

Iklyuziv ta’lim va uning o‘ziga xosliklari.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korrektsion ishlar 
tamoyillari va metodlari. Rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar maxsus, 
korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaga muhtoj bo’ladilar. Anomal 
bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, 
tuzilishi, bolani tcgishli muassasaga joylashtirish, korrektsion ishlarni amalga 
oshirishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan sonli va sifatli ko’rsatkichlarini 
aniqlash muhimdir. 
Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o’qitish va tarbiyalash, shuningdek, 
umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion- rivojlantiruvchi sinflami tashkil 
etish masalasi bilan psixologik-tibbiy- pedagogik komissiyalar (PMPK) 
shug’ullanadilar. Bu borada mutaxassislaming quyidagi tamovillarga amal 
qilishlari maqsadga muvofiqdir: 
Insonparvarlik tamovili har bir bola uchun o’z qobiliyatlarini maksimal 
darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o’z vaqtida yaratib berishdan iborat 
bo’lib, u bolani izchil va batafsil o’rganish, uning yo’lida uchraydigan 
qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llari va vositalarini izlashni talab etadi. 
Bolalarni kompleks o’rganish tamovili bolaga tashhis qo’yishda zarur 
mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo’yicha olingan 
ma’lumotlarga tan ish ni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va 
pedagoglarning fikrlari turlicha bo’lsa, bola qayta tekshiruvdan o’tkaziladi. 
Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish tamovili bolaning idrok etish, 
emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko’zda tutadi. Unga ko’ra 
bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati 
ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish uning o’quv, 
mehnat va o’yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi. 
Bolani dinamik o’rganish tamoyiliga binoan tekshirish davomida ular 
biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o’qitishdagi 
imkoniyatlarini ham hisobga 
olish 
muhim 
ekanligini nazarda tutadi. 
L.S.Vigotskiyning «yaqin rivojlanish zonasi» - bolalarning o’qishdagi mavjud 
imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi. 
Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamovili bola bajargan topshiriqni baholashda 
yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani echish uchun tanlangan yo’lning 
ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma- ketligi, maqsadga erishishdagi 
qat’iylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi. 
Ma’lum turdagi patologivali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan airatish 
tamovili har bir maxsus ta’lim muassasasi o’zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi. 
Rivojlanishida 
maviud 
bo’lgan 
chetlanishlar 
daraiasiaa 
ko’ra 
differensatsiyalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin 
darajasiga ko’ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o’qishlarini nazarda 
tutadi, binobarin, ulami o’qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, 


ko’zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo’yicha), yomon ko’ruvchilar esa 
ko’rish asosida o’qitiladi). 
Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul 
qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni 
tekshirish va ularga korrektsion yordam ko’rsatish malakali mutaxassislar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko’rsatadilar: pcdagog, 
psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar, 
oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped. PMPK ishlariga 
defektologik ta’lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega 
mutaxassis rahbarlik qiladi. 
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil 
etiladi: 
Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o’rnatish vositasi bo’lib, anomal 
bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi 
chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to’plashga inikon beradi. Agarda 
bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo’lsa, yoki munosabatga qiyin 
kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani 
qiziqtiradigan ko’rgazmali materialdan foydalanish mumkin. 
Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval 
boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o’tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish 
har doim aniq maqsad asosida o’tkaziladi. Bolani o’yin faoliyatini tashkil etish 
jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o’matishga 
imkon beradi. Ayrim hollarda o’yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar 
o’tkaziladi. 
Rasmlarini o’reanish metodi. Rasmlar bolani o’lganishda muhim 
difTerensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya 
etilgan rasmlar xavotir uyg’otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga 
muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish 
jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar 
odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy 
predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar. 
Tajriba-psixoloeik tadaiaotlar mctodlari. Ular maxsus o’rganilishi kerak 
bo’lgan psixik jarayonni qo’zg’atuvchi ma’lum vaziyatlarni yaratishni ko’zda 
tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va 
mexanizmlarini ochib ko’rsatish mumkin bo’ladi. 
Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda 
tekshirishda qo’llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test 
ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik tekshirishlami 
o’tkazishda bola haqida zarur qo’shimcha ma’lumotlami olishga imkon beradi. 
Aqliy va psixik rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan o’quvchilarni korrektsion 
o’qitish. Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik 
tavsifnomalari. Tadqiqotlar predmetlarni o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar 
orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan. yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, 
intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy 


nerv tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya diafunktsiyalari ekaniligini 
ko’rsatadi. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni o’zlashtira 
olmaydigan o’quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi. 
PROQni bolalar rivojlanishini ko’rsatuvchi anomaliya sifatida o’rganish XX 
asrning 50-yillarining oxirida boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi. 
Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov, K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi 
to’rt variantini keltiradilar: 
- konstitutsional kelib chiqish; 
- somatogen kelib chiqish; 
- psixogen kelib chiqish; 
- serebral-organik kelib chiqish. 
Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’ladilar. Ular maktabda o’qishga to’la tayyor emaslar, ularda 
maktabda o’qish uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarshakllanmagan, dastur 
talablarini o’zlashtirish uchun layoqati etarli emas. Ular maxsus yordamsiz 
hisoblash, o’qish va yozishni, shuningdek, maktabdagi tartibni o’igana olmaydilar. 
Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Ularda ruhiy toliqish 
kuzatilib, tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini 
bajarmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Ko’pincha boshlari og’riydi. 
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o’ziga xos. Maktabda 
ular o’zlarini maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o’qishga 
nisbatan qiziqish yo’q yoki juda past bo’lib, maktabga nisbatan ijobiy munosabat 
kuzatilmaydi. O’zyin ular uchun asosiy faoliyat bo’lib qoladi. 
PROQli bolalarni ko’pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni 
o’zaro farqlashda ayrim omillar qo’l keladi. Chunonchi, PROQ bolalarda oddiy 
bilimlarni o’zlashtirish, hisoblash ko’nikmalarini egallab olishda qiyinchilik 
ko’zga tashlanishi bilan birga she’r yoki ertaklarni eslab qolish qobiliyati va idrok 
etish faolligi ancha yuqori bo’ladi. Bunday xususiyatlar aqli zaif bolalarda 
kuzatilmaydi. 
Ko’pchilik hollarda PROQ (ZPR) o’quvchilar ommaviy umumiy o’rta ta’lim 
maktablarida o’qitiladilar. Ular bilan individual korrektsion ishlar olib borilmaydi, 
shu bois ular amalda o’quv jarayonidan chetda qoladilar va prcdmetlami 
o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar qatoriga kiritiladilar. Ular maxsus tashkil 
etiluvchi korrektsion-rivojlantiruvchi ta’limga muhtojlar. Ularga alohida e’tibor 
ko’rsatish talab etiladi. 
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korrektsion ishlar olib 
borishning xususiyatlari. O’zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik 
rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga 
oshirilgan. 
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab 
intematlar va maxsus ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular 
ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan korrektsion-
rivojlantiruvchi sinflarda ham o’qitishlari mumkin. 
Ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
Boshlang’ich umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati — 4—5 yil). 


Asosiy umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil). 
Bolalarni korrektsion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi 
bo’yicha ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko’ra 
amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o’quvchidan iborat bo’ladi. Ular rivojlanishidagi 
nuqsonlarning bartaraf etilishiga ko’ra ommaviy umumiy o’rta ta’lim 
muassasalariga o’tkazilishlari mumkin. 
Ikkinchi bosqichda ta’lim 5-9 sinflar) ayrim o’zgartirishlar (muayyan o’quv 
mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy 
o’rta ta’lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korrektsion-
rivojlantiruvchi sinflarda, ta’limning 1- bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki 
hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin. 
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi 
bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o’quv 
faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va 
amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat. 
Bunday o’quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni 
korrektsion o’qitish davolash-sog’lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga 
oshirilishi zarur. O’zquv materiali hamda ta’lim metodi PROQ bolalarning 
rivojlanish darajalariga mos holda tanlanishi zarur. 
Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo’lishi 
sahablari. Aqli zaiflikni o’rganish bilan bog’liq masalalar korrektsion 
pedagogikada (defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi. 
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash, ijtimoiy 
moslashtirish va o’rganish muammolari korrektsion (maxsud) pedagogikaning 
muhim sohasi — oligofrenopedagogika tomonidan o’rganiladi. «Oligofreniya» 
(yunoncha olygos — kam va phren - aql) termini 19 asrda mashhur nemis psixiatri 
Emil Krepelin tomonidan qo’llanilgan. 
Oligofreniya — bu natal (tug’ilish payti) yoki postnatal (hayotiy
rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi 
natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik. 
Oligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen 
(tashqi) va endogen (ichki) otShag bo’lishi mumkin. Ekzogen omillarsirasiga 
onaning homiladorlik davrida turli infeksion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli 
kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning 
ona organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmod) hamda turli 
tug’ma shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar 
kasalliklari bilan og’rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori- darmonlarni 
qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlami olishi, 
ayo’llarning zararli ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon 
sharoitlari, chekish, alkogolizm, ota-onalari giyohvand moddalami is’temol 
qilishlari ham chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo’ladi. 
Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: 
Ona qornida miyasi shikastlangan bolalar. 


Tuglishi paytida yoki tug’ilgandan keyin uch yil davomida miyasi 
shikastlangan bolalar. 
Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994-yilda aqli zaiflikning 
quyidagi to’rt darajasini e’tirof etgan: sezilmas (kam). o’rtacha og’ir va chuqur 
darajalar. 
Kam darajadagi aqli zaiflik o’quvchilar maktabni bitirish davrida o’zlarining 
psixometrik va klinik namoyon bo’lishi bilan normal rivojlanayotgan odamlardan 
kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar. 
Aqli zaiflik tuzatib bo’lmaydigan hodisa sifatida e’tirof etilsa ham, uni 
korreksiya qilib bo’lmaydi degan ma’noni anglatmaydi. Aksariyat tadqiqotlarda 
maxsus (korrektsion) ta’lim muassasalarida metodik jihatdan to’g’ri yo’l tutilishi 
aqli zaif bolalarning rivojlanishida ijobiy natijaga erishish mumkinligini 
ko’rsatmoqda. 
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar. Aqli zaif bola 
bilan korrektsion ishlami erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va 
ikkilamchi chetlanishlaming oldini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni 
psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o’z vaqtida o’tkazish juda muhimdir. 
Aqli zaif bolalar oila yoki sog’liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus 
yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan 
korrektsion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog’chalarida amalga 
oshiriladi. Aqli zaif bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar 
bog’chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o’qitish 
maxsus bolalar bog’chasidagi kabi maxsus dastur bo’yicha olib boriladi. 
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korrektsion) maktablarda 
o’qitiladilar, bu erda o’qitish davlat ta’lim standarti asosida maxsus dastur bo’yicha 
olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o’rta ta’lim fanlari (ona tili, o’qish, 
matematika, geografiya, tarix, tabiat, jismoniy tarbiya, rasm, musiqa, chizmachilik) 
bilan birga maxsus korrektsion fanlar ham o’qitiladi. Maxsus maktablarda mehnat 
ta’Iimi muhim o’rin egallaydi. Mehnat ta’limi 4 sinfdayoq professional 
xususiyatga ega bo’lib, bolalar o’zlari bajara oladigan kasbni o’zlashtiradilar. 
Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiyatga ega bo’lib, asosiy maqsad 
tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy sifatlarini tarbiyalash, 
atrofdagilar va o’zlariga to’g’ri baho bcrishga o’rgatiladilar. Ayni vaqtda 
respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablarning 90 % ini maktab-
internatlari tashkil etadi. 
Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning ommaviy umumiy o’rta 
ta’lim maktabiga jalb etilish holati ko’zga tashlanadi. Bunday holatda bolaning 
taqdiri, uni o’qitish va tarbiyalash mas’uliyatini ota-onalar o’qituvchi-defektologlar 
bilan kelishib olishlari zarur. Nonnal rivojlanuvchi bolalar bilan bir sinfda 
o’qiydigan aqli zaif bola alohida munosabatni talab etadi. Bola kuchi etganicha, 
darsning borishiga xalaqit qilmay sinf faoliyatida ishtirok etishi kerak. Unga biror 
narsaning tushunarsiz bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emas. Bu holat keyin o’quv 
materialining mutlaqo tushunmasligiga olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy 
umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qitish ota-onalarining bevosita ishtiroklarini talab 
etadi. 


Nutqida nuqson bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Nutqiy 
buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq faqatgina insonga xos bo’lgan muhim 
psixik funktsiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks 
ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to’ldirilib va boyitib boriladi. 
Nutqiy nuqsonlarni o’rganish, oldini olish va korreksiya bilan korrektsion 
pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi — logopediya (yunoncha logos — 
so’z va paideia — tarbiyalash) shug’ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan 
nutqiy buzilishlar o’z-o’zidan yo’qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan 
korrektsion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va 
endogen (ichki) omillar asosiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, 
morfologik), funktsional (psixogen), ijtimoiy- psixologik (atrof-muhitning salbiy 
ta’siri), psixonevrologik (psixik funktsiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki 
diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo’ladi. 
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning niarkaziy nerv tizimi va uning 
organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli 
akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug’ilishning cho’zilib ketishi yoki tcz sodir 
boMishi, yo’ldoshga o’ralib qolishi, bolaning noto’g’ri joylashishi va boshqalar), 
malakali akusherlik yordamining ko’rsatilmasligi, chala tug’ilish kabi holatlar 
sabab bo’ladi. 
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi: 
- tibbiy-psixologik nutqiy buzilish: 
- psixologik-pedagoeik nutqiv buzilish. 
Tibbiy-psixologik turda ko’riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi 
ikki yirik guruhga ajratish mumkin: 
- og’zaki nutqning buzilishi: 
- yozma nutqning buzilishi. 
Og’zaki nutqning buzilishi o’z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi: 
- nutq ifodalanishi fonatsion tuzilishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi; 
- fikr 
strukturali-semantik 
(ichki) 
tuzilishi 
(nutqning 
tizimli 
yoki 
polimorf)ning buzilishi 
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik 
jarayonda qo’llashga yo’naltirilgan bo’lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni 
tuzatishga yo’naltirilgan korrektsion-rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatish metodlarini 
ishlab chiqishga xizmat qiladi. 
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko’ra nutqning 
buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi: 
- Muomala 
vositalari 
(fonetik-fonematik 
va 
nutqning 
umumiy 
rivojlanmaganligi)ning buzilishi. 
- Muomala vositalarini qo’llashdagi buzilishlar. 
Maktab o’quvchilarida nutqi buG’.ilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy 
buzilishi bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilish, 
nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va tuzilishi 
uning oldini olish, maxsus (korrektsion) o’qitish va tarbiya masalasi bilan 
logopediva shug’ullanadi. «Logopediya» terminining yunonchadan tarjimasi 


«to’g’ri nutqni tarbiyalash» ma’nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli 
mutaxassislar — fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan 
o’rganiladi. 
Nutqiy buzilishi bo’lgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida 
funktsional yoki organik chetlanishlar ko’zga tashlanadi. Miyaning organik 
zararlanishi sababli issiq, transportda yurish, arg’imchoqda ko’p vaqt tebranish 
bolalarga yomon ta’sir ko’rsatadi, boshlari og’riydi ko’ngillari ozadi va boshlari 
aylanadi. Tez charchab qoladilar, qattiq ta’sirlanishlari. jahllari chiqishi bilan 
ajralib turadilar. Ular emotsional barqaror emaslar, ularning kayfiyatlari tez 
o’zgaradi, serjahl, agressiv, bezovta bo’ladilar. Shuningdek, ularda sustlik va 
lanjlik kuzatiladi. Bunday bolalar tinch o’tira olmaydilar, butun dars davomida 
ishchanlik va diqqatini saqlab turish qiyin bo’ladi. Juda tez xafa bo’ladilar, gapga 
quloq solmaydilar. Tanaffusdan keyin sa darsda diqqatlarini jamlashlari qiyin 
bo’ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy xotiraning 
bo’shligi, yaxshi tushunmaslik holatlari kuzatiladi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi. 
Logopedik punkt vazifalari quyidagilardan iborat: 
Logopedik punkt o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlaridagi 
buzilishlarni tuzatish mavjud bo’lgan nutqiy buzilishlari natijasida kelib chiqish 
ehtimoli bo’lgan ikkilanichi nuqsonlarning oldini olish, nutqidagi buzilishlarni o’z 
vaqtida aniqlash pedagog va ota- onalar o’rtasida korrektsion-logopedik bilimlarni 
tashviqot qilish. O’quvchilar bilan logopedik puntkda korrektsion ishlar butun 
o’quv yili davomida individual va guruhli shaklda olib boriladi. Nutqi buzilganlik 
o’ta jiddiy bo’lsa o’qitish maxsus ta’lim muassasalarida olib boriladi. Bunda 
o’quvchi bilan davolash-sog’lomlashtirish va psixologik - pedagogik ishlarni birga 
olib borish nutqiy buzilishni tuzatishning muhim sharti hisoblanadi. 
Logopedik yordam ko’rsatish sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy ta’minlash 
tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik 
dispanserlarda logopedik kabinetlari mavjud bo’lib, bu erda nutqida buzilishi 
bo’lgan bolalarga logopedik yordam ko’rsatiladi. Eshitish qobiliyati buzilgan 
o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Eshitish qobiliyatining buzilishi sabablari, 
ularni turlarga ajratish. Anomal bolalar orasida eshitish qobiliyati turli darajada 
nuqsonli bo’lgan bolalar ko’pchilikni tashkil etadilar. Eshitish — borliqni tovushli 
hodisalar shaklida aks ettirilishi, inson (tirik jonzod)ning tovushlarni anglash va 
farqlash qobiliyati. Eshitish eshitish organi voki tovush analizatori (tovush ta’sirini 
qabul qiluvchi va airatuvchi murakkab nerv tizimi) yordamida amalga oshiriladi. 
Eshitish qobiliyatining buzilishi ko’p hollarda muddatli bo’ladi. Masalan, 
o’rta qulog’ning tashkil topishi. shamollash, oltingugurt to’siqlarining yuzaga 
kelishi, tashqi va o’rta qulog’ining anomal tuzilishi (quloq suprasining bo’lmasligi 
yoki etarlicha rivojlanmaganligi, eshitish yo’llarining bitib qolishi, quloq 
pardasidagi nuqsonlar va boshqalar) kabi holatlarda. Zamonaviy meditsina ularni 
davolashning samarali metodlariga ega. Ularqatoriga konservativ va operativ 
metodlami kiritish lozim. Odatda samarali davolash, ba’zan uzoq vaqt davolash 
tadbiri olib borilganda eshitish qobiliyati tiklanadi. 


Eshitish qobiliyatining buzilishiga yuqumli kasalliklar bilan og’rish, 
zaharlanish, akustik yoki kontuziyali jarohatlar ham sabab bo’lishi mumkin. 
Qulog’i og’irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko’ra: nasliy tug’ma va kelib 
chiqqan tarzda turlarga ajratiladi. Yoshlikda eshitish qobiliyatining buzilishiga olib 
keluvchi sabablar orasida quyidagilari alohida ko’rsatiladi: homiladorlikning 
birinchi uch oyida onaning virusli kasalliklar bilan og’rishi (qizamiq, kor, gripp. 
gepatit viruslari va boshqalar), rivojlanishdagi tug’ma nuqsonlari (masalan, labi va 
tanglayidagi yoriq), chala tug’ilish, kichik vaznli tug’ilishi (1500 dan kam) hamda 
yomon tug’ilishi kabilar. Eshitish qobiliyatining buzilishiga homiladorlik davrida 
onaning spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilishi, antibiotiklarni qabul 
qilishi ham sabab bo’lishi mumkin. Karlikning nasliy o’tishi holati juda kam 
kuzatiladi. 
Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
- eshitish qobiliyatining zararlanganlik darajasi; 
- eshitish qobiliyati zararlanganda nutqiy rivojlanish darajasi; 
- eshitish qobiliyatida buzilishning yuzaga kelish vaqti. 
Yuqorida ko’rsatilgan mezonlarga ko’ra eshitish qobiliyatining buzilishi 
qulog’i og’irlik va karlik kabi guruhlarga ajratiladi. 
Karlik bu eshitish qobiliyatining qattiq yo’qotilishi bo’lib, bola mustaqil 
ravishda nutqni egallay olmaydi va qulog’iga juda yaqin masofadan gapirilganda 
ham aniq eshitmaydi. Ammo baland tovushlar, yaqin masofadan nutqning ba’zi 
tovushlarini qabul qilishga imkon beruvchi eshitish qobiliyati saqlanib qoladi. 
Qulog’i og’irlik - bu eshitish qobiliyatining qattiq pasayishi (80 detsibaldan 
kam) bo’lib, eshitish qobiliyati qoldig’i yordamida qulog’i oldida baland ovoz 
bilan gapirilganda bola nutqni eshita oladi. Bola minimal nutq boyligini mustaqil 
ravishda egallay oladi. 
Karlar va qulog’i og’irlik (yomon eshituvchilar) nutqni qabul qilish usuli 
bo’yicha farq qiladilar. Karlar so’z nutqini ko’rib (suhbatdoshining lablari va 
yuziga qarab) va eshitib ko’rish (tovushni kuchaytirish apparati yordamida) qabul 
qiladilar. 
Yomon eshitadiganlar atrofdagilar bilan tabiiy munosabatlar jarayonida 
baland ohangda so’zlashish asosida nutqni eshitib qabul qiladilar. 
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o’rta ta’lim 
maktablarida korrektsion o’qitish. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va 
tarbiyalash masalalari bilan surdopedagogika shug’ullanadi. Surdopedagogika 
(yunoncha «surdus» — kar) — eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va 
tarbiyalash jarayonini o’rganuvchi korrektsion (maxsud) pedagogikaning yana bir 
muhim sohasi. 
Eshitish analizatorining normal ishlashi bolaning umumiy rivojlanishi uchun 
alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Eshitish analizatori buzilganda bolaning nutqi, 
psixologik rivojlanishi yomonlashadi, idrok etish faoliyati, umumiy rivojlanishi 
ortda qoladi. Statistik ma’lumotlariga qaraganda eshitish organi funktsiyasi 
buzilgan va eshitmaydigan bolalar soni doimiy ravishda ortib bormoqda. 
Ayni vaqtda surdopedagogika oldida quyidagi vazifalar turibdi: 


eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar, ularning individual xususiyatlari. shuningdek, 
eshitishi, nutqi buzilishi xususiyatiga ko’ra ularni o’qitish qonuniyatlarini 
pedagogik jihatdan o’rganish; 
eshitish qobiliyati buzilgan turli kategoriyadagi bolalar uchun maxsus ta’lim 
mazmunini ishlab chiqish, uni ilmiy jihatdan asoslash va amaliy amalga oshirish; 
eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni o’qitishning didaktik va maxsus 
metodikalarini yaratish; 
qoldiq eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha maxsus ta’lim 
texnologiyalarini yaratish, pedagogik sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va 
boshqalar. 
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabida eshitish qobiliyati bir oz pasaygan 
bolalar o’qishi mumkin. O’qituvchi bola tomonidan darsda bildirilayotgan fikrlarni 
yaxshi eshita olishiga e’tibor berishi. buning uchun bolani birinchi yoki ikkinchi 
Yüklə 298,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin