yoritilgan, ko’rish qobiliyatida nuqsoni bo’lgan bolaning ish o’rni esa qo’shimcha
yoritilgan bo’lishi kerak. O’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o’qituvchining nutqi
katta ahamiyatga ega bo’ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo’lishi zarur.
O’qituvchi o’zining har bir harakati mohiyatini so’z yordamida sharhlab borishi
kerak.
Sinfida ko’r yoki yomon ko’radigan bola bo’lgan o’qituvchi ularning
individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko’radigan
tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.
Tayanch-harakat apparati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish.
Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari.
Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o’qitish va tarbiyalashda
muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati
funktsiyalarining buzilishi tug’ma voki orttirilgan bo’lishi mumkin. Tavanch-
harakat apparati patologiyasi quyidagi turlaiga ajratiladi:
- nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BTSP), poliomielit);
- tayanch-harakat apparatining tug’ma patologiyasi; sonning tug’ma
chiqqanligi; bo’yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa
nuqsonlari; umurtqa pog’onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo’l
yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo’li barmoqlarining
anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug’ma mayiblik);
- orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa
miya, bosh miya va qo’l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit;
skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomielit), skelet
tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo’lgan bolalarda asosiy buzilish
harakatlanishdaai nuason hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 %
ini serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va
nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo’ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat
davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik
korrektsiyaga ham muhtoj bo’ladilar.Harakatlanish buzilishlari o’rtacha darajada
bo’lgan bolalar yurishni o’rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar,
ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining engil shaklida
bolalar uyda va ko’chada mustaqil, qo’rqmay yura oladilar, o’zlariga to’la xizmat
ko’rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: