7-mavzu. Korreksion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim



Yüklə 298,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.03.2023
ölçüsü298,65 Kb.
#87386
  1   2   3   4


7-MAVZU. Korreksion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim (IPSLUSIVE 
EDUSATION). 
 
Reja: 
1. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va 
metodlari. 
2. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi. Aqliy rivojlanishi, eshitish, 
ko‘rish, nutkida nuqsoni bor bolalar.
3. Inklyuziv ta’lim siyosatining huquqiy asoslari. Inklyuziv ta’lim tamoyillari. 
Muvaffaqiyatli inklyuziya resurslari. Inklyuziyaning komponentlari, mezonlari va 
ko‘rsatkichlari.
4. Inklyuziv ta’lim variantlari: doimiy, to‘liq; doimiy, noto‘liq; vaqtinchalik, 
qisman; epizodik; masofaviy ta’lim.
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida 
turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va 
tarbiyalash 
bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. 
Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus — nuqson, 
kamchilik, logos — fan. ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki psixik 
kamchilikka ega. Maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga 
asoslangan, salomatlik imkoniyatlari chcklangan bolaning individualligi hamda 
shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi 
fan sanaladi. 
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika 
fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida 
pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan. 
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish) 
pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal 
bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki 
to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi. 
Ana shu lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik 
kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj 
bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini 
rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan 
ekanligi qayd etiladi. 
Korrektsion pedaaoaikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va 
(mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki 
kamaytirishdan iborat. 
Korreksion-pedaaogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi 
hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning 
amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim. 
Diagnostika 
korrektsion, 
korrektsion-rivojlantiruvchi, 
korrektsion- 
profilaktik faoliyatlar bilan birqatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, 
psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korrektsion-
pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida 


anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit 
jarayon. 
Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal 
bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. 
Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va 
psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: 
- rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va 
korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash; 
- differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal 
bolalarning muammolarini hal etish; 
- anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish; 
- rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan 
ishlab chiqish; 
- bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish 
bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 
- anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora- tadbirlar tizimini 
ishlab chiqish; 
- anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining 
samaradorligini oshirish. 
Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. Korrektsion pedagogika 
quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega: 
Anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga 
tayyorlash, ularda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan 
maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda 
bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki 
ko’rish qobiliyatini yo’qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. 
Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko’ra ko’proq darajada 
o’qitishga bog’liq. Shuning uchun anomal bolalar o’qitilmasa yoki o’qitish kech 
boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar etkaziladi. psixik funktsiyalarning 
shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi
nuqsonlar o’ta jiddiy bo’lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay 
qolishi mumkin. 
Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini 
tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida 
ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o’quvchilar ijtimoiy hayot, 
shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan 
funktsiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining 
darajasini pasaytirishga yordam beradi. 
Anomal bolalarni tarbiyalash — korrektsion pedagogikaning asosiy 
tushunchasi bo’lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga 
mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy 
hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. 
Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o’rtasidagi yaqin aloqa, bir-
birlarifii qo’llab- quvvatlash, bir-biriga yordam ko’rsatish, talabchanlik hamda 
oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi. 


Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini 
inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o’ziga xizmat ko’rsatish, mehnat 
ko’nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash 
ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash 
atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo’lishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni 
tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o’rnini bosuvchi imkoniyatni 
rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy 
baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim. 
Korrektsiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi 
nuqsonlarni tuzatish, yo’qotish va pasaytirishni nazarda tutadi. 
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal 
rivojlanishi xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-
tadbirlari tizimidan iborat. Korrektsion - tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan 
tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korrektsion —
tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o’qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat 
tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta’limi 
jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o’z ishlarini rejalashtirish 
ko’nikmalari, og’zaki ko’rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy 
baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida 
anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun 
sharoitlaryaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-
korrektsion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas 
olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur 
bo’ladi. 
Kompensatsiya (yunoncha 
«compensatio» 
— 
o’rnini to’ldirish, 
tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini 
to’ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining 
zahira imkoniyatlariga tayanadi. 
Litimoiv reabilitatsiva (yunoncha «rehabilitas» — layoqati, qobiliyatini 
tiklash) 
tibbiy-pedagogik 
mazmunida 
anomal 
bolaning 
psixofiziologik 
imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni 
ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korrektsion pedagogika 
nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi. 
Reabilitatsiya nuqsonlarini yo’qotish va yumshatishga yo’naltirilgan maxsus 
tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida 
amalga oshiriladi. Rcabilitatsiya jarayonida kasallik oqibalida buzilgan 
funktsiyalarning o’rni to’ldiriladi. Rcabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli 
kategoriyalari uchun maxsus o’quv muassasalari tizirnida hal etilib, unda o’quv 
jarayonini 
tashkil 
etish 
xususiyatlari 
bolalarning 
anomal 
rivojlanishi 
xususiyatlariga qarab bclgilanadi. 
Ijtimoiv adaptatsiya (yunoncha «adapto» — moslashish) — anomal 
bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari 
tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni 
tashkil etish qiyin, sodir bo’layotgan o’zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish 


qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ulaming layoqati etmaydi. 
Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun 
imkoniyat yaratadi. 
Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va 
maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, 
uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko’nikmalami 
shakllantirishni ta’minlaydi. 
Anomal o’quvchilar hilan olib boriladigan korrektsion ishlarning asosiy 
yo’nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’Igan bolalarni 
o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish — murakkab ijtimoiy- pedagogik muammo 
hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar bilan korrektsion ishlar 
quyidagi vo’nalishlarda olib boriladi: 
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini 
aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o’rganish. 
Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korrektsion- 
pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o’rganish. 
Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat 
qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi 
etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash. 
Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarga 
korrektsion-pedagogik ta’sir ko’rsatish texnologiyasi, shakl-, metod va vositalarini 
ishlab chiqish. 
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va 
xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil 
qilish. 
Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus 
muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo’nalishlarini aniqlash. 
Anomal bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi 
o’qituvchilarni tayyorlashda zarur o’quv-metodik bazasini yaratish. 
Korrektsion-tarbiyaviy 
ishlar 
anomal 
bolalarning 
rivojlanishidagi 
kamchiliklarni yo’qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-
tadbirlar tizimidir. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni 
tuzatishga yo’naltirilgan bo’lmay, balki umumiy rivojlanti- rishga qa ratilgan. 
O’quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning 
shakllanayotgan shaxsini o’zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa 
sanaladi. 
Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini 
o’zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, 
qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat. 
Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga 
o’z vaqtida malakali yordam ko’rsatishni ta’minlovchi differcnsial ta’lim tizimi 
bo’lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga 
qaratilgan 
bilimlarni 
tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o’qishidagi 


kamchiliklarni yo’qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko’nikmalarni 
shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish. 
Korrektsion-pedagogikaning paydo bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. 
Rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-
pedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos — 
noto’g’ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini 
buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi. 
Ijtimoiy 
jamiyat 
taraqqiyoti 
tarixi 
anomal 
bolalarga 
bo’lgan 
munosabatlarning uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini 
ko’rsatadi. 
Antik davrda qadimgi Spartada bir necha yuz yilliklar davomida sog’lom 
tana, kuch, chidamlilik yuqori o’ringa qo’yilib, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan 
bolalar yo’q qilinardi. Mazkur davrda yangi tug’ilgan chaqaloqlarni qabila 
boshliqlariga olib kelardilar, ular bolalarni sinchiklab ko’rib agarda ijtimoiy 
talablarga javob bera olsalar, ular ota-onalariga tarbiyalash uchun qaytarilar edi. 
Agarda bolada birorta nuqson topilsa uni qabila boshliqlari Tayget jarligiga tashlab 
yuborar edilar (eramizdan avvalgi 4-5 asrlar). 
Evropada o’rta asrlarda bolaning rivojlanishidagi har qanday nuqson qora, 
yovuz kuchlarning namoyon bo’lishi sifatida e’tirof etilib, psixik kasalliklari 
bo’lgan kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilganlar. 
Uyg’onish davridan boshlab XIX asrning o’rtalarigacha Evropa 
defektologiya fani va amaliyotida bolaning aqliy rivojlanishidagi nuqsonlar 
muammosi borasidagi qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin. 
Ruhiy kasallarga nisbatan insonparvarlik vondashuvi ilk bor fransuz 
shifokori, psixiatori Filipp Pinel (1745— 1826-yillar) tomonidan ilgari surilgan. U 
ruhiy kasalliklarni klassifikatsiyalagan (turlarga ajratgan). 
Rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarga nisbatan pedagogik yondashuv 
18 asr oxirlari — 19 asr boshlarida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarni maxsus 
usullar vordamida o’qitish va tarbiyalash g’oyasini Iogan Genrix Pestalotssi 
(1746— 1827-yillar) asoslagan bo’lsada, biroq, o’z davrida bu fikr qo’llab-
quvatlanmadi. I.G.Pestalotssi «aqli zaiflar» bilan ishlash tamoyilining mohiyatini 
asoslab berdi: bolaning imkoni etgan bilimlarni berish, didaktik materiallardan 
foydalanishda aqliy va jismoniy tarbiya uyg’unligiga erishish, ta’limni ishlab 
chiqarish mehnati bilan bog’liq holda tashkil etish. 
Aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalashga nisbatan tibbiv-pedagoeik 
yondashuv asoschisi fransuz psixiatori Jan Itar (1775—1838-yillar) hisoblanadi. U 
aqli zaifligi murakkab bo’lgan bolaga ta’lim va tarbiya berishga urindi. Garchi 
kutilgan natijaga erisha olmasada, bunday toifa bolalarni sezgi va motorika 
organlarini mashq qildirish yordamida rivojlantirish yo’Iini ko’rsatib berdi. 
Anotomik-fiziologik yondashuv rivojiga nemis psixiatri Emil Krepelin 
(1856—1926-yillar) katta hissa qo’shdi.
Frantsuz psixologi Alfred Bine va vrach-psixiatr Tomas Sjmon test sinovlari 
metodini asoslaydilar. Shu bois ular intellektual zaiflikni o’rganishning 
psixometrik yo’nalishi asosch5kukkuqilari hisoblanadilar. 


Yuqorida qayd etilgan yondashuvlar asosida XX asr boshiga kelib quyidagi 
uch asosiy yondashuv qaror topdi: 
Tibbiy-klinik 
yondashuv 
aqli 
zaiflarning 
etimologiyasini 
bilish, 
intellektining buzilishiga sabab bo’lgan omillar, shuningdek, anatomik- fiziologik 
va genetik buzilishni o’rganish g’oyasini ilgari suradi. 
Psixologik yondashuv psixikasi buzilgan bolalarning psixik faoliyati, 
emotsional holati hamda shaxsini o’rganishga yo’naltirilgan. 
Pedagogik yondashuv intellckti buzilgan bolalarni o’qitish hamda 
tarbiyalashning pedagogik tamoyillari, metodlari, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf 
etish yo’llarini o’rganish g’oyasiga tayanadi. 
Rossiya korrektsion pedagogikasi tarixi Evropa defektologik fani bilan uzviy 
bog’liq. 
Petr I., Ekaterina I.I. lar anomal bolalar uchun davolash muassasalari, 
mehribonlik uylari va maxsus maktablarni barpo etish haqida farmon chiqarganlar. 
19 asr oxiri 20 asr boshlarida anomal bolalarni o’qitish va tarbiyalashni 
yo’lga qo’yuvchi ko’plab jamiyat hamda ijtimoiy tashkilotlar tashkil etildi. 
Sobiq Sho’ro davrida bolalikni himoya qilish va bolalar nuqsonlari bilan 
bog’liq muammolarni o’rganishga alohida e’tibor qaratildi. 
1918-yilda maxsus dekret qabul qilindi. Unda anomal bolalarga yordam 
berishda asosiy vazifa ularni alohida ajratish emas, balki ularni o’qitish va 
tarbiyalashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu yili Rossiyada 
birinchi maxsus ta’lim-tarbiya muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil etildi. 
O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)- ning 
rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, ayni vaqtda 
u o’z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o’zbek xalqi hayoti va 
turmushiga chuqur singganligi va o’zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. 
O’zbek xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo’lib, ularga 
rahmdillik, mehribonlik ko’rsatgan. 
Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus o’quv muassasalari 
(ko’zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-intcrnatlar, aqli zaiflar uchun 
yordamchi 
maktab-internatlar) 
faoliyat 
olib 
bormoqda. 
O’zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni (1997-yil)ning 23-bandida psixik 
yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish va 
davolash maxsus (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilishi 
ta’kidlab o’tilgan. 
O’tgan asrning 60—70-yillarida respublikada korrektsion pedagogika 
bo’yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo’lida 
ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967-yili Nizomiy noniidagi Toshkent 
davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya 
bo’limi ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni 
tayyorlash yo’lga qo’yildi. 
Hozirgi kunda respublika olini defektologlari ommaviy umumiy o’rta ta’lim 
maktablarida korrektsion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal bolalarning 
maktabga moslashishlari uchun yordam ko’rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga 
tayyorlash borasidagi muammolarni o’rganmoqdalar. 


Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va 
omillari. Olib borilgan tadqiqotning ko’rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan 
bolalarning soni ko’p bo’lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda. 
«Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me’yordan, 
umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto’g’ri rivojlanishni anglatadi. 
Rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarda iismoniv voki psixik 
kamchiliklar (nuqsonlar) bo’ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida 
chetlanishlaming sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo 
bo’lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to’la yo’qotish, ayrimlarini esa tuzatish, 
uchinchi xillarining o’rnini to’ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida uni 
o’qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi. 
Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlaming klassifikatsiyasi bo’yicha 
yagona qarash mavjud emas. 
M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlarini 
ko’rsatadilar: 
Sensor xislati etishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko’rish, nutqi 
qobiliyatlari, tayanch-harakat apparat va sensomotorikasining funktsiyasi 
buzilgan). 
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar. 
Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo’lgan 
bolalar. 
Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi). 
Aqli 
zaif 
bolalar 
(debillik, 
imbetsillik, 
idiotiya 
darajasidagi 
oligofrenlar).Psixik kasallikning boshlang’ich ko’rinishi (shizofreniya, epilepsiya, 
isteriya va boshqalar) namoyon bo’ladigan bolalar. 
N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlaiga ajratishni taklif 
etadi: 
Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo’lgan bolalar. 
Funktsional etuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo’lgan bolalar. 
Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar. 
Defektolog V.S.Raxmanova rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni 
quyidagicha guruhlarga ajratishni taklif etadi: 
Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va psixik rivojlanishdan ortda 
qolgan bolalar). 
Nutqi buzilgan bolalar. 
Sensorli nuqsonlarga ega bolalar (ko’rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan) 
Tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar. 
Rivojlanishida kompleks buzilish bo’lgan bolalar. 
Anomal bolalarda nutqiy qobiliyatning buzilishi umumiy qonuniyat 
hisoblanadi. 
Bolaga korrektsion ta’sirko’rsatishningsamaradorligi mavjud nuqson 
xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funktsiyalarining buzilganlik darajasi, 
bolaning yoshi, nuqsonlar o’mini to’ldirishga imkon bemvchi qobiliyati, tibbiy-
pedagogik ta’sir ko’rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya 
sharoitlarining mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog’liq. Anomal bolalarning 


ma’lum guruhi faqat psixologik-pedagogik ta’sirga muhtoj bo’lsalar, boshqa 
guruhlari ularga esa davolash- sog’lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini 
talab etadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma’lum 
muvaffaqiyatlarga erishishning garovidir. 

Yüklə 298,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin